Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


TEXNOGEN OMILLAR OQIBATIDA LYOSS


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.4.2. TEXNOGEN OMILLAR OQIBATIDA LYOSS
JINSLARINING TARKIBI, XOSSA VA XUSUSIYATLARINING
O‘ZGARGANLIK DARAJASI
Yuqorida ko‘rsatilgan tabiiy omillar lyoss jinslarining dastlabki paydo
bo‘lish tabiiy sharoiti bilan, uzoq geologik o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lib,
ularning tarkibi, xossa va xususiyatlari o‘zgarishi, cho‘kish jarayoni sodir
bo‘lishi uchun shart-sharoit vujudga kelmaguncha, ya’ni texnogen
omillar ta’sir etmaguncha o‘z tabiiy holatini, o‘z hajmini o‘zgartirmaydi.
Texnogen omillardan eng asosiysi insonlarning xo‘jalik va injenerlik
faoliyatlari natijasida cho‘kuvchi jins qatlamlariga yer osti va yer usti
suvlarining ta’siri bo‘lib, jins g‘ovaklaridan sizib o‘tishi, g‘ovaklarni hosil
qilib turuvchi mineral zarrachalar (qum, chang,gil) tabiiy joylashuvi-
ning buzilishiga, harakatga kelishiga va bir-birlari bilan zichlashib
joylashishiga sababchi bo‘ladi. Zarralarning bir-birlariga nisbatan
harakatlari jarayonida ana shu mineral zarralarning atrofini o‘rab
turuvchi suvda eruvchan tuzlar erib o‘z holatlarini o‘zgartiradi. Nati-
jada, birinchidan, cho‘kuvchan jinslar o‘z tabiiy hajmini o‘zgartirishi,
ya’ni mineral zarralarning qaytatdan joylashishi, jipslashishi, ularda
mavjud bo‘lgan g‘ovaklarni kamayishi hisobiga; ikkinchidan, suvda
eruvchan tuzlarni erib pastki qatlamlar tomon olib ketilishi hisobiga
kamaytiradi — cho‘kish jarayoni yuz beradi.
G‘. O. Mavlonov, P. M. Karpovlarning ma’lumotiga qaraganda lyoss
jins qatlamlarining Mirzacho‘l rayonida cho‘kish darajasi 0,33 metrga


1 2 0
borishi, X. A. Asqarov Shimoliy Toshkent rayonida bu darajaning 3 metr-
ga yetishini, A. I. Islomov Toshkent oldi rayonida 2,79 m, E. V. Qodirov,
A. M. Xudayberganov Ko‘korol massivida 2 metr, G‘. O. Mavlonov,
S. M. Qosimovlar Zarafshon vodiysida 2,5 metr, M. Sh. Shermatov
Chotqol tog‘i oblastida 2,5—2,75 metr, Q. P. Po‘latov Janubiy Sharqiy
Qarshi cho‘lida 0,79 metr, G. A. Akgayev Turkmanistonning Kopetdog‘
tog‘ining g‘arbiy etaklarida 2 metrga borishini aniqlaganlar.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling