Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.5.1. KARST HODISASI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Cho‘kish hodisasiga ta’rif bering. 2. Cho‘kish hodisasi vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi geologik va texnogen omillarning bir-birlaridan farqi nimada? 3. Cho‘kish hodisasining oqibatlari to‘g‘risida gapirib bering. 4. Cho‘kish hodisasidan qutulish chora va tadbirlari nimalardan iborat? 7.5. KARST HODISASI 7.5.1. KARST HODISASI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT Karst hodisasi yer usti va yer osti suvlarining suvda eruvchi tog‘ jinslari (ohaktoshlar, dolomitlar, gips, angidrid va b.) qatlamlari yoriqlaridan sizib, oqib o‘tishi jarayonida tog‘ jinslarining erishi, yuvilishi, yemirilishi va hosil bo‘lgan moddalarni olib chiqib ketilishi natijasida vujudga keladi. Bu jarayon oqibatida hosil bo‘lgan turli shakl va kenglikdagi bo‘shliqlarni fanda karst bo‘shliqlari yoki karst deb yuritiladi. Karst so‘zi Karintiya provinsiyasi (Avstriyaning janubida Adriatika dengizi yaqinida)dagi Karst yassi tog‘i nomidan olingan. Mamlakatimizda bu nom bilan g‘orlar paydo va g‘orlarni bo‘lish jarayoni tushuniladi. Karstlarning paydo bo‘lishi uzoq geologik davrlar mahsuli bo‘lib, bu hodisaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, birinchidan, u yoki 1 2 5 bu rayonda tarqalgan suvda yaxshi eriydigan karbonat cho‘kindi tog‘ jinslarining ko‘p-ozligiga, qatlamning qalinligiga va dengiz sathiga nis- batan yotish holatiga (balandligiga); ikkinchidan, yer osti va yer usti suvlarining harakatiga, miqdoriga, kimyoviy tarkibiga; uchinchidan, hozirgi zamon ko‘tarilish harakatlarining tezligiga bog‘liqdir. Suvda eriy- digan tog‘ jinslari qancha ko‘p tarqalgan va ko‘p bo‘lsa, ularda vujudga kelgan yoki keladigan g‘orlar, karst bo‘shliqlarning kattaligi — hajmi shuncha katta bo‘lishi mumkin. Karst bo‘shliqlari planetamizning, jumladan respublikamizning suvda eruvchan tog‘ jinslari tarqalgan hamma hududlarida mavjud. Karst bo‘shliqlari tabiatda ma’lum keng- likdagi, uzunlikdagi, balandlikdagi zallardan tashkil topgan bo‘lishi, hatto o‘ziga xos iqlimga, hayvonot dunyosiga ega bo‘lishi mumkin. Rossiya geografiya jamiyatning haqiqiy a’zosi V. Rasekning yozishicha Turk- manistonning Kopetdog‘ tog‘lari yon bag‘rida Bahoriddin nomi bilan ataladigan g‘or bo‘lib, unda chuqurligi 22 metr, 37° issiqlikdagi oltin- gugurt suvli katta ko‘l qaynab yotadi. G‘orning yer osti zallarida ming- lab ko‘rshapalaklar, har xil qurt-qumursqalar va kemiruvchi hayvonlar yashaydi. Eng katta va chuqur g‘or bo‘shliqlari ohaktoshlarga, dolomitlarga xos bo‘lib, gips, osh tuzi qatlamlarida kichik, qisqa, uncha mustahkam bo‘lmagan karst bo‘shliqlari uchraydi. M. Mamatqulov keltirgan ma’lumotiga ko‘ra Shimoliy Amerikadagi Mamont g‘orining 77 ta zallari, 225 ta yo‘laklari bo‘lib, uning uzunligi hammalari bilan qo‘shib hisoblaganda 280 kilometrdan oshadi. Bu gigant yer osti dunyosida 3 ta ko‘l, 3 daryo va 8 ta shalola bo‘lib, o‘ziga xos manzara kashf etgan. Eng katta hisoblangan zallarning biri Amerika Qo‘shma Shtatlari- dagi Karlobad g‘origa oid bo‘lib, g‘ordagi bir zalning uzunligi 1220 metr, eng keng joyi 190 metr, balandligi 91 metrga yetadi. Karst bo‘shliqlari O‘zbekistonda ham keng tarqalgandir. O‘zbekis- ton hududining juda kattagina qismi (10 mln ga dan ko‘prog‘i) tog‘lar- dan iborat bo‘lganligi, ko‘tarilish harakatlarining ancha tez borayot- ganligi, suvda eruvchi tog‘ jinslari qatlamlarining deyarli katta (2000 metr chamasi) bo‘lishi bu hodisalarning keng tarqalishini taqozo qiladi. Bu g‘orlar ichida O‘zbekiston bilan Turkmaniston chegarasidagi Korluk g‘ori (Hisor tizmasining Ko‘hitong tog‘ tarmog‘ida) o‘ziga xos manzaraga ega — G. I. Ishuninning ma’lumotiga ko‘ra g‘orning kira- verishidagi og‘zining balandligi 1 metr, kengligi 4 metr bo‘lib, ichka- riga kirilagan sari balandligi 10—12 metrga teng, eni 50 metrga oshadi va yana birdan torayib ketadi. Bunday toraygan joylardan odam zo‘rg‘a o‘tishi mumkin. G‘orning kengaygan joylarining uzunligi 100 metr, hatto bundan ham oshiq bo‘lib, bunday joylarda yer osti daryolari, buloqlar, stalaktit, stalagmitlar, ularning bir-birlari bilan qo‘shilishidan hosil 1 2 6 7.4-rasm. Sog‘ tuproqlarda (lyoss jinslarida) vujudga keladigan bo‘shliqlarning — suffozion voronkalarning yer ustidan ko‘rinishi. bo‘lgan ustunlar uchraydi. G‘orda hamisha shamol esib turadi. Hayvonot dunyosidan jayralar, qo‘ng‘izlar, har xil chivinlar, kapalaklar yashaydi. Tektonik ko‘tarilish harakatlarining tezlik bilan davom etishi asosan ko‘p holatlarda tik, pastga suv oqimiga qarab yo‘nalgan bo‘shliqlarni vujudga keltirsa, ko‘tarilish harakatlari susaygan vaqtda g‘orlarni, bo‘sh- liqlarni yon tomonga (diametri) bo‘ylab kengayish holati yuz beradi. Shuning uchun tektonik harakatlarning ba’zan kuchayishi, ba’zan pasayishi g‘orlarni, yer osti bo‘shliqlarini qavatlardan tashkil topishiga olib keladi. Yer ostidagi bo‘shliqlarning bunday qonuniy tarqalishi shu rayondagi tektonik harakatlarning o‘tmishini va hozirini o‘rganishda, ya’ni qaysi davrda qanday tezlikda sodir bo‘lganligini va qancha davom etilganligini bilishda juda katta ahamiyatga ega. Suvda eruvchan tog‘ jinslarining yer betiga chiqib qolishi, ba’zan ana shu jinslarning ustki qismidan pastga qarab yo‘nalgan har xil kattalikdagi voronkasimon bo‘shliqlarni, uzunligi bir necha metr keladigan ariqchalar (jo‘yaklar)ning vujudga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Bo‘shliqlar ustidan qaralganda huddi g‘alvirni eslatib, ko‘p hollarda bir-birlari bilan tabiiy devorlar yordamida ajralib turadi. Bunday quduq kabi pastga yo‘nalgan voronkasimon bo‘shliqlar ponorlar deyiladi. Ponorlar vaqt o‘tishi bilan kengayib, chuqurlashib diametri 1 metrdan, chuqurligi 10 metrdan oshsa va devorlari tekis silindr shaklini olsa, karst quduqlari deb ataladi. Karst quduqlari ba’zan shunchalik uzun bo‘ladiki, ular shaxtalarni eslatadi. A. A. Kruberning ma’lumotga qaraganda Qrimdagi Monastir 1 2 7 Chakrok tabiiy shaxtasining chuqurligi 118 metrga, yerning ustki qismi- dagi diametri 100 metrga yetadi. A. A. Mamatqulovning yozishicha Trestdagi Linder karst shaxtasi- ning uzunligi 323 metrdir. Shuningdek, turli shakldagi bo‘shliqlar lyoss tog‘ jinslari qatlamlarida ham uchraydi. Lyoss jinslarida uchraydigan bo‘shliqlar ohaktoshlarda, dolomit, gipslardagi bo‘shliqlardan o‘z hajmining kichikligi, yer yuzasiga yaqinligi, o‘z ustiga qo‘yilgan og‘irlikka bardosh bera olmay tezda cho‘kib ketishi bilan farq qiladi. Lyoss jinslarida hosil bo‘ladigan bo‘shliqlar ko‘pincha o‘simlik hamda hayvonlarning (kemiruvchilar) yashashi jarayonida paydo bo‘lgan, yer ustidan pastga qarab yo‘nalgan, naysimon, ba’zan aylanma holatdagi turli kattalikdagi bo‘shliqlarga yomg‘ir, yer usti suvlarining oqib kirishi va birorta pastlik-qulay joydan avvaliga sizib chiqishi, keyinchalik mayda-mayda tuproq mineral zarralarini uzoq vaqtlar davomida oqizib ketib turishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday bo‘shliqlar O‘zbekistonning Toshkent oldi rayonlarida, Parkent vodiysida, Shimoliy Farg‘onaning Kosonsoy, Namangansoy vodiylarida va boshqa joylarda ko‘p tarqalgan (7.4-rasm). Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling