Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Zovur (kanava) yoki ariqsimon


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Zovur (kanava) yoki ariqsimon (transheya ko‘rinishidagi) qazilma
bo‘lib, kengligi 0,5—0,6 m, chuqurligi 3—6 m gacha borishi mumkin.
Bo‘shoq tog‘ jinslarini ona (tub) tog‘ jinslariga nisbatan yotish holati-
ni, qalinligini, yonbag‘ir jarayonlarini vujudga kelishi yo‘nalishini hamda
qazilma boyliklari tarqalishi qonuniyatlarini aniqlishda qo‘llaniladi.
Bo‘shoq tog‘ jinslari bilan uni ostida yotgan ona tog‘ jinslarining tarkibiy
bog‘liqlik darajasini aniqlash maqsadida namunalar olinadi.
Shtolnyalar gorizontal yo‘nalishdagi yer osti tog‘ qazilmasi. Suv om-
borlari va boshqa xalq xo‘jaligi inshootlari quriladigan maydonlarda qiziladi.
Balandligi 1,5—2,0 metrgacha, eni 2—2,5 metr atrofida, uzunligi bir necha
o‘n, hatto 100 metrdan oshiq bo‘lishi mumkin. Shtolnyalardan olingan
namuna va monolitlar laboratoriya sharoitida tog‘ jinslarining siqilishga,
sinishga bo‘lgan qarshiligini aniqlashda ishlatiladi. Shuningdek, shtolnyalar
qurilish maydonidagi tog‘ jinslarini seysmik va boshqa xususiyatlarini
o‘rganish uchun statsionar o‘lchov asboblarini o‘rnatish, yer osti suvlarining
harakat yo‘nalishini tartibga solish maqsadlarida ishlatiladi.
Shaxtalar yer sathiga nisbatan vertikal yoki ma’lum qiyalikdagi tog‘
qazilmasi. Geologik va injener-geologik qidiruv ishlari olib borilayotgan
maydonlarda qaziladi. Kesimi 2½3,3½4 m, chuqurligi 120—150 m ga
borishi mumkin. Ular tog‘ jins qatlamlarining qalinligini, tektonik,
nurash yoriqlari bilan kesilganlik darajalarini, yer osti suvlari chuqurligini
va harakat yo‘nalishini aniqlashda, mavjud tog‘ jinslari fizik mexanik
xususiyatlarini laboratoriyada o‘rganish uchun namuna va monolitlar
olish maqsadlarida ishlatiladi. Shaxtalarni qazish jarayonida tog‘ jins-
larining o‘zidan suvni o‘tkazish, suvga to‘yinishi, ma’lum bosim va vaqt
mobaynidagi deformatsiyalanishi kabi xususiyatlari ham o‘rganilishi
mumkin. Shaxtalardan ikkinchi boshqa tog‘ qazilmalari (shtolnya, shtrek
va b.) qazishda ham foydalanish mumkin.


1 4 4
Tog‘ qazilmalarining (shurf, shaxta, shtolnya va b.) yon, ustki to-
monlarining tabiiy holatini saqlash, odamlarga yetishi mumkin bo‘lgan
talafotlarni bartaraf qilish, oldini olish maqsadida ma’lum qalinlikdagi
yog‘och (taxta, gorbil) qurilmalari bilan mustahkamlanib boriladi. Qazi-
ladigan tog‘ qazilmalarining turi, miqdori, chuqurligi, qo‘yilgan masalani
dolzarbligiga, imorat va inshootlar qurilishi kerak bo‘lgan maydonning
injener-geologik sharoitini murakkablik darajasiga qarab turlicha bo‘li-
shi mumkin. Qurilish maydoni qancha murakkab bo‘lsa, qazilmalarni
soni, ulardan olinadigan namuna va monolitlar, ularning miqdori ham
shuncha ko‘p bo‘ladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling