Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. QULASH HODISASI
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Surilish hodisasi nima va u qanday sodir bo‘ladi? 2. Surilish hodisasini vujudga keltiruvchi tabiiy va texnogen omillarni aytib bering. 3. Surilish hodisasidan insonlar uchun keladigan zararlar to‘g‘risidagi tushunchangiz. 4. Surilish hodisalaridan saqlanish maqsadida qanday chora va tadbirlar ko‘riladi? 8—M.Sh. Shermatov 1 1 4 7.2. QULASH HODISASI Qulash hodisasi ham surilish hodisasi singari daryo suvlarining tog‘ yonbag‘irlarini yuvib, o‘yib kirib borishi, tektonik harakatlar natijasida, nurash jarayonida hosil bo‘lgan yoriqlarning asta-sekin kengayib borishi va bora-bora tog‘ jinslarini o‘z joyida ushlab turuvchi kuchga qaraganda harakatga keltiruvchi kuchning ortib ketishi natijasida sodir bo‘ladi. Agar surilish hodisasi ko‘p hollarda sog‘ tuproq, gil tuproq, ohaktosh, slanes kabi tog‘ jinslarining harakatga kelishi natijasidagina sodir bo‘lsa, qulash hodisasi tabiatdagi hamma tog‘ jinslari uchun xos hodisadir. Shu bilan birga, surilish hodisasi biron tekislik ustida sirpanib harakatga kelsa, qulash hodisasi jarayonida harakatga keluvchi massa o‘zining tabiiy yotish holatini butunlay o‘zgartirgan holda ag‘darilib tushishi mumkin. Tabiatda qulash hodisalari ayniqsa bahor faslida yuz beradi. Buning sababi kuz, qish fasllarida tog‘ jinslaridagi mavjud yoriqlarga yomg‘ir, qor suvlari kirib to‘ladi va harorat pasayishi bilan ana shu suv yaxlab muzga aylanadi. Bu bilan, birinchidan, muzga aylangan suvning hajmi kengayadi va tog‘ jinslarini pona qoqib yorgandek sekin-asta yora bosh- laydi, ikkinchidan ana shu yaxlab, muzga aylangan suv qatralari yorilgan, tog‘ jins bo‘laklarini qish bo‘yi mahkam ushlab turadi. Bahorda eriydi, bu esa o‘z navbatida yorilgan, bo‘lingan, darz ketgan tog‘ jins bo‘laklari- ning harakatga kelishiga, ya’ni qulash hodisasining sodir bo‘lishiga olib keladi. Kishilar qulash hodisalari oqibatlarini uzoq o‘tmishdan boshlaridan kechirib kelganlar. Bu hodisaning bexosdan yuz berishi, tinch turgan tog‘ cho‘qqilarining bir zumda harakatga kelishi, yo‘lida uchragan daryo vodiylarining to‘silishi va katta hajmdagi ko‘lga aylanishi, shaharlar, qishloqlar, yo‘llar, imorat va inshootlarning buzilib ketishiga yoki butunlay vayron bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. A.K.Larionovning keltirgan ma’lumotiga ko‘ra VI asrda Italiyaning Rovinasso tog‘i rayonida shiddatli qulash hodisasi yuz berib, eski Rim shahri hisoblangan Veleyya shahrini bir zumda vayron qilgan. Qulash shunday tezlik bilan ro‘y berganki, hatto shahardagi biror kishi qochib qutula olmagan. 1608-yilda Alp sistemasiga kiruvchi Monte-Konto tog‘ida bir necha o‘n sekund davomida yuz bergan qulash natijasida Plyur nomli butun bir qishloq 2400 aholisi bilan tog‘ jinslari ostida qolib ketgan. 1911-yilda Pomir tog‘ining baland qismida sodir bo‘lgan qulash oqi- batida 7 milliard tonnadan ortiqroq tog‘ jinsi Sarez vodiysiga ag‘darilib tushgan va tabiiy to‘g‘on hosil qilib, daryoni to‘sib qo‘ygan, natijada uzunligi 80 km, o‘rtacha chuqurligi 40 metr bo‘lgan Sarez ko‘li hosil bo‘lgan. Taniqli geograf va sayohatchi E.Reklyuning yozishicha, 1806-yili Alp sistemasiga kiruvchi Rosberg tog‘i rayonida yuz bergan qulash hodi- sasi juda xarakterli bo‘lib, bu qulash tog‘ning 4 km uzunlikka, 320 metr 1 1 5 kenglikka, 40 metr balandlikka ega bo‘lgan maydonini, ya’ni 40 million kub metrdan ko‘proq tog‘ jinsini harakatga keltirgan. Qulash jarayonida tog‘ jins bo‘laklarining bir-birlariga urilishi va ishqalanishi natijasida chaqmoq chaqib, dahshatli portlash vujudga kelgan tog‘ jinslari bo‘laklari ostida to‘rt qishloq 1000 ga yaqin aholisi bilan yo‘q bo‘lib ketgan. O‘sha joy yaqinida mavjud bo‘lgan Lovers ko‘liga tog‘ jinsi bo‘laklari kelib tushishi natijasida ko‘lda 20 metr balandlikka ega bo‘lgan to‘lqin hosil bo‘lgan, bu to‘lqin o‘z navbatida bir qancha uylarning buzilishiga, yuvilib ketishiga sabab bo‘lgan. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling