Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YAPONIYADA SURILISH HODISALARI OQIBATIDA VUJUDGA KELGAN
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1.2. SURILISH HODISASIDAN SAQLANISH MAQSADIDA KO‘RILADIGAN CHORA VA TADBIRLAR
YAPONIYADA SURILISH HODISALARI OQIBATIDA VUJUDGA KELGAN
VAYRONAGARCHILIKLAR VA HALOK BO‘LGAN ODAMLAR SONI (Robet L. Shuster ma’lumotlari, 1981) Halok bo‘lgan odamlar Yillar Buzilgan imoratlar soni Soni Boshqa tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lganlarga nisbatan, % 1969 521 82 50 1970 38 27 26 1971 5205 171 54 1972 1564 239 44 Surilish hodisalarining tarqalish va vujudga kelish shart-sharoitlari- ni o‘rganish, tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz hududida bu hodisa asosan aprel—may oylarida, dengiz sathidan 800—1800 m balandlikda, aksariyat lyoss jinslari tarqalgan joylarda, qiyaligi 15—35° bo‘lgan yonbag‘irlarida kuzatiladi. Surilish hodisasi tayyorlanishida qator omillar qatnashsa-da, ularning ichida eng asosiylari bo‘lib surilish jarayoniga moyil bo‘lgan tog‘ jinslari, yog‘adigan yog‘inning miqdori, turi va absolut balandlik hisoblanadi (7.1-jadval). Seysmiklik, odam- larning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari esa, surilish hodisasini tezlash- tiruvchi omillar jumlasiga kiradi. 1 1 3 7.1.2. SURILISH HODISASIDAN SAQLANISH MAQSADIDA KO‘RILADIGAN CHORA VA TADBIRLAR Tekshirishlar natijasida surilish hodisasi sodir bo‘ladi, deb topilgan hududlarda aholi yashashi qat’iy man etiladi. Shu hududda ariqlar qazish, yo‘llar o‘tkazish, haydash, daraxtlarni qirqish ishlariga chek qo‘yiladi. Agar surilish hodisasi davom etayotgan bo‘lsa, doimiy ravishda kuzati- ladi, surilishning xarakteri o‘rganiladi. Buning uchun reperlar o‘rnatish, burg‘i quduqlari qazilib, uning ichiga plastmassadan egiluvchan mosla- malarni joylashtirish, agar yoriqlarning kengayib borishini hisobga olish zarur bo‘lsa, suriluvchi reykalar o‘rnatish ayni muddaodir. Surilish yuz berayotgan maydon juda katta bo‘lmasa uning pastki qismiga — yo‘liga tosh, temir-beton devorlar quriladi. Agar surilish hodisasi juda katta maydonni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, buning chorasi ancha mushkul bo‘lib, temir-beton devorlar yordamida to‘sib, ushlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda ochiq va yopiq suv yo‘llari (drenajlar) qazilib shu hududdagi mavjud yer osti sizot suvlarining chiqib ketishi ta’minlanadi. Ba’zan tuproq qatlamlarida transheyalar qazilib, shu transheyalarda yuqori is- siqlik beruvchi yoqilg‘ilarni yoqish yordamida yuqori (800° dan oshiq- roq) temperaturada qizdiriladi, bunda tuproq mag‘zidagi suvlar bug‘la- nib, tuproqning fizik-mexanik xossalari o‘zgarib ketadi, natijada suri- luvchi massa o‘z joyida turib qoladi. Ba’zi hollarda suriluvchi qatlam bilan shu qatlam ostida yotgan asos jins orasida sizot suvlari sizilib chiqib turadigan turlicha qalinlikdagi qum, qum tuproq, shag‘altosh qatlamlari bo‘lib, bu qatlamlardan uzoq davrlar mobaynida doimiy ravishda sizot suvlari o‘zi bilan mayda qum, tuproq zarrachalarini olib chiqib ketishi jarayonida yuqoridagi qatlam- ning pastki qatlamga jipslashib turishi kamayadi. Natijada suriluvchi kuch, ushlab turuvchi kuchdan oshib ketadi va surilish hodisasi yuz berishi mumkin. Bunday hollarda ana shu ora qatlamning (qum, shag‘altosh qatlami) qalinligi undan oqib chiqib turadigan suvning miq- dori, shu sizot suv paydo bo‘ladigan joy o‘rganilib, sizot suvining oqish yo‘li o‘zgartiriladi yoki quduqlar (drenajlar) qazilib, shu quduqlarga nasoslar o‘rnatiladi va suv nasoslar yordamida so‘rib olinadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling