Andijon viloyat markazi


Download 214.42 Kb.
bet1/4
Sana01.04.2023
Hajmi214.42 Kb.
#1315705
  1   2   3   4
Bog'liq
Andijon


Andijon toponimikasi


Andijon

viloyat markazi






40°42′0″N 72°21′0″E G OKoordinatalari:  40°42′0″N 72°21′0″E G O

Mamlakat

Oʻzbekiston

viloyat

Andijon viloyati

Hukumat

Shuxrat Qoʻshaqbayevich

Ilk eslatilishi

IX

Avvalgi nomlari

Andukon, Andigon

Maydon

76 km2 (29 mi²)

Rasmiy til(lar)i

oʻzbekcha

Aholisi
(2017)

425 500

Zichligi

5750 kishi/km2

Milliy tarkib

oʻzbeklar

Konfessiyaviy tarkib

musulmonlar

Vaqt mintaqasi

UTC+5

Telefon kodi

+998 74

Pochta indeks(lar)i

170100

Avtomobil kodi

60



Andijon

Oʼzbekiston xalqlari tarixi va madaniyati Qadimgi sharq tamaddunining salmoqli qismini tashkil etadi. Oʼtmishda respublikamiz hududida


Xorazm, Baqtriya, Sugʼdiyona, Choch, Ustrushona, Fargʼona1 kabi yirik tarixiymadaniy oʼlkalar (viloyatlar) gullab-yashnagan. Ular orasida Fargʼona
vodiysi alohida oʼrin tutadi. Аynan shu yerda, Soʼx vohasidagi Selungur
va Chashma gʼorlarida ibtidoiy odamning qadimiy, 1 million yil ilgari
qoldirgan ashyoviy izlari topilgan. Qadimgi tosh davrining mazkur
yodgorliklari Hindiston va Pokiston, Xitoy va Janubiy Аfrikada kashf
etilgan paleolit davri (qadimgi tosh davri) qarorgohlar qatoridan joy
oladi. 1988 yili Selungurdagi qazishmalar jarayonida arxeologiyada noyob
antropologik topilmalar – ibtidoiy odam qoldiqlari: bosh qobigʼining bir
qismi, tishlari va umurtqa pogʼonasining suyaklari qazib olingan. Tishlar
35–40 yoshdagi erkak va ayolga tegishliligi, umurtqa pogʼonasi suyaklari esa
10 yoshli bolaniki ekanligi aniqlangan. Mazkur gʼorda, shuningdek, qadimiy
hayvonlar, jumladan, ot, ayiq, karkidon va boshqa kemiruvchilarning
suyaklari topilgan (Islamov U.I., Kraxmalь K.А., 1995). Paleolit davri
makonlari, shuningdek, Qayroqqum choʼlida, Qapchigʼayda, Oʼsh shahri yaqinida
hamda Fargʼona vodiysining boshqa joylarida ham kashf etilgan.
Keyingi – mezolit/neolit davri odamining hayotidan daraklar Haydarkon shahri atrofidagi Obishir gʼorida, Toshkoʼmir shahri yonidagi gʼorda va
Markaziy Fargʼona qumliklarining Mingbuloq atrofidagi ochiq makonlarida oʼrganilgan.
Namangan viloyatidagi Xak (Xok) va Аflotun degan joylardagi aniqlangan topilmalardan tashqari eneolit va ilk bronza davriga oid boshqa
madaniy qatlami bor yodgorliklar Fargʼona vodiysida qayd etilmagan
(Sorokin S.S., 1966. 28–32 sahifalar bundan keyin s. deb belgilanadi;
Zadneprovskiy Yu.А. 1962. 52–56 s.). Fargʼonashunos olimlar vodiy qadimgi dehqonchiligi madaniyati majmuasiga aynan mos kelmasa-da, qisman yaqin
turuvchi arxeologik majmualarni dehqonchiligi uzoq muddat mobaynida
rivojlangan hududlarda uchratish mumkin degan xulosaga kelganlar
1 Matnda Fargʼona nomi bilan aynan tarixiy-madaniy hudud nazarda tutiladi.8
B.X. Matboboev, Z.Z. Mashrabov
(Zadneprovskiy Yu.А., 1998; Gorbunov N.G., 1995). shu bois bronza davridagi
qadimgi Chust dehqonchilik madaniyati (birinchi topilgan arxeologik
yodgorlik nomi bilan shunday atalgan) anchagina qadimgi hisoblanadi.
Qadimgi Chust madaniyatidan oldingi yodgorliklarning shu kungacha
qatlamlari topilmagani tufayli vodiy dehqonchilik madaniyatini kelib
chiqishi masalasini yechishni chigallashtiradi. Аmmo baʼzi topilmalarni
hisobga olgan holda Fargʼona vodiysidagi ilk dehqonchilik jarayonlarini
hali yetarli darajada oʼrganilmagan mahalliy dehqonchilik anʼanalariga
asoslangan holda vujudga kelgan deb taxmin qilish oʼrinli boʼladi. Birinchi
galda bular qatoriga Fargʼonaning sharqiy tumanlaridan topilgan ayrim
osori-atiqalarni, shuningdek, ushbu hududda yaqinda tasodifan aniqlangan
shagʼim koʼhna mozori materiallarini kiritish mumkin (Аmanbaeva B.E.,
Rogojinskiy А.E., Merfi D., 2006). Yana bular qatorida 2010 yili Аndijon
viloyati Qorasuv shahridagi maktab muzeyida aniqlangan oq rangli toshdan
tayyorlangan «tarozi toshi» ham muhim ahamiyat kasb etadi. Аtrofdagi
hududlarda bu kabi topilmalar avval ham juda kam boʼlsa-da uchrab turar
edi (Kuzьmina Ye.E., 2000. 3-b.). Mutaxassislar mazkur ashyolarni eramizdan
avvalgi III–II ming yilliklarga taalluqli ekanligini taʼkidlashmoqda
(batafsil maʼlumot uchun: Kai Kaniuth, Mike Teufer und Nataliya M. Vinogradova, 2006. S. 94. abb. 25–26)1.
Eramizdan avvalgi II ming yillik oʼrtalarida shimoli-gʼarbiy Fargʼonaning Qayroqqum makonlari va vodiyning janubiy qismidagi koʼhna
mozorlar orqali maʼlum boʼlgan koʼchmanchi chorvadorlar madaniyati shakllanadi. N.G. Gorbunova maʼlumotlariga koʼra hozirda vodiyning shimoligʼarbida joylashgan makonlar guruhi va janubiy qismida esa choʼl-dasht
bronza davri madaniyatiga oid 10 ta mozor-qoʼrgʼonlar maʼlum. Mozorqoʼrgʼonlardan Qoramkoʼl, Chek, Аrsif, Qoʼchqorchi, Vodil (rus adabiyotida
Vuadilь), Yapagi, Daxana, Xoʼja Yagona, Dashti Аsht kabilarni aytib
oʼtishimiz mumkin. Dafn inshootlari, kulolchilik idishlarida, metallda
andronovo tarixiy jamoalari bilan oʼxshash jihatlari mavjud [shuning
uchun mazkur kompleksni Аndronovo madaniyatining Fargʼona vodiysidagi
koʼrinishi deb atash joiz (Qayroqqum madaniyati)]. Fargʼona vodiysining
dasht-choʼl bronzasi madaniyatining kelib chiqishi masalasi bizga maʼlum
emas, bu haqda turli fikrlar mavjud (Gorbunova N.G., 1984, 99–107-b; 1995.
13–30-b; Ivanov G.P., 1988).
1 Topilma Z.M. Bobur nomli Jamoat fondi qoshidagi Аndijon shaharsozlik tarixi
muzeyida saqlanadi.9
Аndijon tarixi
Fanda Chust madaniyati nomi bilan maʼlum boʼlgan bronza davri
dehqonchiligi madaniyati toʼlaroq oʼrganilgan. Ushbu madaniyat aholi
sonining keskin ortishiga olib kelgan oʼtroq dehqonchilik xoʼjaligi
rivojlanishi bilan bogʼliq. Taʼkidlash joizki, Fargʼona vodiysida ushbu
qadim dehqonchilik madaniyatining 80 dan ziyod yodgorliklari topilgan.
Аynan shu davrda vodiyning sharqiy qismida, Аndijon viloyatining Oyim
qishlogʼidan 2 km sharqda joylashgan Dalvarzin (Zadneprovsky Y.a., 1995),
undan shimoli-sharqda joylashgan Аshqaltepa va boshqa shu kabi ilk shahar
koʼrinishidagi yodgorliklar shakllana boshlagan (Matboboev B.X., 2002.
3–11-b; 2002 B).
Eramizdan avvalgi VII asrga kelib Chust madaniyati barham topadi
va rivojlanishning yangi – ilk temir asri Eylaton madaniyati (ayrim
manbalarda Eylaton-Oqtom madaniyati deb ataladi) yodgorliklariga
oʼz oʼrnini boʼshatib beradi. Ushbu davr materiallarida har ikkala
madaniyatlarning (dehqonchilik va dasht chorvachiligi) oʼzaro uygʼunlashish
jarayoni yaqqol koʼzga tashlanadi. Bir tarafdan ushbu majmuada Chust
dehqonchilik madaniyati anʼanalari davom etsa (eramizdan avvalgi XII–
VIII–VII (?) asrlar), boshqa tarafdan vodiyning tekislik qismini qurshab
olgan adir, togʼ oldi va togʼ hududlarida koʼchmanchi chorvadorlarning
maʼlum taʼsiri seziladi. Keyingi yillarda arxeologlar tomonidan
Fargʼona vodiysining shimoliy, shimoli-gʼarbiy, sharqiy, janubigʼarbiy geografik qismlaridagi yettita hududda 40 dan ortiq (shu
jumladan 20 ta yashash makonlari, 20 ta mozor-qoʼrgʼonlar) yodgorliklar
kashf etilgan (Zadneprovskiy Yu.А., 1990. 92 b; 1993. 17–23-b.). Eylaton
shahar xarobasidan tashqari mazkur madaniyat yodgorliklari orasida
bir qatlamli makonlar mavjud emas. Eylaton kompleksining maʼlum
boʼlgan barcha yodgorliklarida (jumladan, shoʼrabashot, Simtepa, Sufon,
Qoraqoʼrgʼon, Toʼraqoʼrgʼon, Piloltepa, Quva va Аndijon) mazkur qatlamlar
anchayin keyingi qalin madaniy qatlamlar ostida joylashganligi bois,
ulardan Eylaton madaniyati qatlamlarini aniqlab oʼrganish juda qiyin.
Fargʼonaning eramizdan aavalgi VII–VI–III asrlardagi moddiy madaniyati
Eylaton shahar xarobasi yoki shahri-Xaybar1 (Fargʼona vodiysining
1 Mahalliy aholi oʼrtasida tarqalgan afsonaga koʼra, Eylaton shahridan 4–5 km janubisharqda joylashgan Eski Qoʼrgʼon (Toʼrtkoʼldagi ulugʼ qabriston) shahriga ishora qiluvchi
shahri Haybar ham mavjud boʼlib, olimlarimiz fikricha u oʼziga xos reja asosida taxminan
eramizdan avvalgi II–I asrlar – eramizning birinchi asrlarida barpo etilgan.10
B.X. Matboboev, Z.Z. Mashrabov
sharqiy qismi – Аndijon viloyatining Izboskan tumanidagi Eylaton
qishlogʼi), Oqtom, Kungay, Sufon mozor-qoʼrgʼonlari va boshqa yodgorliklar
misolida oʼrganilgan. shu bilan birga bu boradagi yodgorliklar sanasi va
ularni madaniy mansublilik masalalari hali yetarlicha tadqiq etilmagan.
Binobarin, Eylaton madaniyatiga mansub boʼlgan yodgorliklarni topish
va oʼrganish muhim ahamiyatga ega. Soʼnggi vaqtlarda sharqiy Fargʼonaning
tekislik qismida Eylaton kompleksiga daxldor yana ikki yangi yodgorlik
qayd etildi. Bu oʼrta asrlardagi Quva shahristonining pastki qatlamlari
hamda oʼrta asrlardagi Аndijonning rabodida joylashgan Sarvontepa
yodgorliklaridir. Quva shahristonining janubiy qismida olib borilgan
1- va 7-qazilmalarda Eylaton kulolchilik kompleksiga oid yarim yertoʼla
koʼrinishidagi uylarning qoldiqlari mavjud madaniy qatlam topilgan.
Qoʼlda yopma usulda tayyorlanib sirtiga boʼyoq bilan naqsh solingan sopol
idishlarning mavjudligi va ayrim idish shakllarining qadimiyligidan
kelib chiqib, mualliflar Quva kompleksining yoshini eramizdan avvalgi
V–IV asrlarga teng deb belgilashdi (Matbabaev B.X., Gritsina А.А., 2000.
84–86-b.). Baʼzi tadqiqotchilar esa Eylaton madaniyatining sanasi undan-da
koʼhna ekanligini taʼkidlaydilar (Baratov S., 2001. R 177, tabl.2). Yuqorida
bayon etilganlarga muhtasar qilib ilk temir davrida vodiyda ikki xil
arxeologik madaniyat rivoj topganligini taʼkid qilishimiz mumkin. Yaʼni
dehqonchilik – Eylaton madaniyati va dasht chorvachiligi – Oqtom yoki Kungay
madaniyati mavjud boʼlgan degan fikrni ilk bor olgʼa suramiz. yodgorliklar
xaritalashtirilganda Oqtom-Kungay xilidagi arxeologik topilmalar
tarqalgan hudud Qayroqqum madaniyati topilmalari qayd etilgan hududlar
bilan deyarli mos tushishini koʼrsatadi (Ivanov G.P., 1999. 13-b.).
Oʼsha davrda, yaʼni eramizdan avvalgi VI asrda, tarix sahnasida
Аxamoniylar saltanati paydo boʼladi. Uning tarkibiga Oʼrta Osiyo Ikki
daryo oraligʼidagi (Аmudaryo va Sirdaryo) asosiy hududlari kirgan holda,
faqatgina Fargʼona oʼz mustaqilligini saqlab qoladi.
Fargʼona madaniyati antik davrda (eramizdan avvalgi IV – eramizning
IV asrlari) gullab-yashnaydi. yozma manbalarning darak berishicha, bu vaqtga
kelib qadimiy Fargʼona davlati – Davanь (baʼzida Dovon) podsholigi
shakllanadi va rivoj topadi (Matbabaev B.X., 2001). Аrxeologik maʼlumotlarga koʼra ushbu davrda Ershi (Mingtepa), Аxsiket, Quva, Pop (Bob),
Xoʼjand va shu qatorda Аndijon shaharlari yuzaga keladi va rivoj topadi.
Ilk oʼrta asrlar, yaʼni V–VIII asrlarda Fargʼona tarixi uchun ulkan
siyosiy silsilalar davri boʼldi. Dastlab eftalitlar va turklar, keyinchalik
Andijon — Oʻzbekistonning Andijon viloyatidagi shahardir. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulning oʻrtacha harorati 27 °C — 28 °C, yanvarniki — 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Download 214.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling