Andijon viloyat markazi
Download 214.42 Kb.
|
Andijon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻrta asrlarda
Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahar toponomiyasi haqida turli tadqiqodlar, har xil fikrlarni ilgari suradilar. Masalan, baʼzi manbalarda bu nom "andi", "azoq" uruğlari nomidan olingan deyiladi. Ammo, hozirgi kunda köplab olimlar yakdil fikrga kelishdi. Unga köra, "Andijon" nomi söğdcha "adoq", yaʼni "yakun", "oxir" va "kon" - "ariq", "soy" sözlarining birlashuvidan kelib chiqqan. Yaʼnikim "Adoqkon" degani "Soyning oxirida joylashgan yer" maʼnosini anglatadi. Bu faraz hozirda öz tasdiğini topmoqda. Bilamizki, Andijon shahri Andijonsoy yoqasida, qadimgi Oqböyra soyi oxirida joylashgan. Oʻrta asrlarda[tahrir | manbasini tahrirlash] Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida 7 — 8- asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda 10-asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. 11 — asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. 11—12 — asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, 13- asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. A. 14- asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. 15 — asr 2 — yarmidan A. Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan.
1504-yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876-yil gacha) A. bekligining qarorgohi boʻlgan[1]. Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan. Download 214.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling