Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidroseysmogeologik usul.
Magnit usuli. Ma’lumki, odamlar yer qimirlashlar bilan magnit
maydonining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ancha avvalroq, bundan yuz yillar burun bilishgan. Ana shu davrlar mobaynida ular qator nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar o‘tkazishdi. Hatto, tajribalar natijasida tog‘ jinslarining magnitlik xossasi har 100 km qo‘shimcha bosimga taxminan 1% o‘zgarishi aniqlandi. (Abdulla- bekov, 1992). Shuning uchun ham 1967-yildan boshlab O‘zRFA seysmologiya institutida shu usul asosida qator dala va laboratoriya eksperiment ishlari olib boriladi. Natijada ayrim hududlar uchun magnit maydonining yer qimirlashdan oldin bo‘lgan o‘zgarishlarning vaqt va maydondagi qonunlari topildi. Bunday o‘zgarishlar Tovoqsoy (1977), Nazarbek (1980), Pop (1984), Gazli (1976,1984) yer qimirlashlaridan oldin, hamda Chorvoq suv omborini suv bilan to‘latilishi jarayonida suv ombori zamin-poydevoriga tushadigan bosim o‘zgarishi bilan magnit maydoni ham o‘zgarishi orasidagi bog‘liqliklar topildi, bir necha yer qimirlashlarni sodir bo‘lish vaqtlari oldindan aytib berildi. Gidroseysmogeologik usul. Yer qimirlash hodisasini oldindan aytib berish usullari ichida eng samaralisi bo‘lib, yer qimirlash hodisasi yuz berishidan oldin yer osti suvlari tarkibidagi gaz va mikroelementlarning o‘zgarishi, yer osti suvlarining sarfi, bosimi va temperaturasining o‘zgari- shi qonuniyatlarini o‘rganishga asoslangan. Bu usul akademik G‘.O.Mav- lonov boshliq O‘zbekiston va Moskva olimlari tomonidan yaratilgan va 1973-yili davlat kashfiyotlar va ixtirolari qo‘mitasi tomonidan ilmiy kashfiyot deb tan olingan. Bu usulni qo‘llash yordamida Oloy (1978), Pop (1984), Djirgatal (1984), Qayroqqum (1985) va qator yer qimir- lashlarni oldindan aytib berishga erishildi. Bu usulning afzalligi ayniqsa Oloy yer qimirlashini oldindan aytib berishda yaqqol ko‘rinadi (6.7- rasm). Yer qimirlashdan bir-ikki oy oldin Farg‘ona vodiysidagi tekshi- rish ishlari olib borilayotgan aksariyat burg‘i quduqlaridagi suv sathida, haroratida, radon, geliy, karbonat angidrid gazi miqdorida katta o‘zga- rishlar sodir bo‘ladi. Jumladan, Xo‘jaobodda joylashgan 745-burg‘i qudug‘idagi radonning miqdori avvalgi holatiga (35—40 eman*) nisbatan 17—20 emanga kamaydi. Andijondagi 1-burg‘i qudug‘idagi suvning sathi ko‘tariladi, 26-oktabrga kelib, 745-a burg‘i qudug‘ida otilib chiqayotgan suv to‘xtaydi, 1-noyabrga kelib, yer qimirlash sodir bo‘lishidan bir kun oldin suvning otilib chiqishi yana avvalgi holatiga keladi. Yuqoridagi gidro-geoseysmologik o‘zgarishlar, boshqa usullar (elektr, elektromagnit, magnit, seysmologik, deformometrik va b.) bilan olib borilayotgan tek- shirish natijalarida ham kuzatiladi. Natijada 1978-yil 1-noyabr kuni Oloy yer qimirlashining sodir bo‘lish hududi va vaqti aniq bashorat qilindi. Hozir bu yo‘nalishdagi ishlar dunyoning ko‘p mamlakatlarida AQSHda, Xitoyda, Yaponiyada, Turkiyada va MDH da olib borilmoqda. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling