Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER QIMIRLASH VAQTINI OLDINDAN


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

6.2.3. YER QIMIRLASH VAQTINI OLDINDAN
AYTISH YO‘LLARI
Yer qimirlash hodisasi vaqtini oldindan aytish masalasi doimo olimlar
e’tiborida bo‘lgan va bu sohada katta ishlar bajarilmoqda. Ma’lumki,
tabiatda yuz beradigan hamma jarayon va hodisalar bir-birlari bilan
bog‘liq holatda vujudga keladi, rivojlanadi va sodir bo‘ladi. Jumladan,
yer qimirlash hodisasining vujudga kelishi yer qobig‘i qatlamlarining
tarkibi, xossa va xususiyatlari, ularda tayyorlanayotgan jarayonlar, ana
shu qatlamlardagi yer osti suvlarining holatlari, yer elektr va magnit
maydonlarining mavjudligi, atmosfera va planetalararo o‘zaro bog‘liqlik
asosida yuz beradi. Hozirgi vaqtda yer qimirlash hodisasini oldindan


1 0 4
bilishning 100 dan ortiq usullari, darakchilari borligi aniqlangan (Abdul-
labekov. 1992).
Bular: 1. Yer elektr maydonining o‘zgarishini o‘rganish. 2. Yer magnit
maydonining o‘zgarishini o‘rganish. 3. Yer osti suvlari tarkibidagi gaz va
mikroelementlarni o‘rganish. 4. Seysmologik — V
r
va V
s
to‘lqinlar hara-
katlarini va asosiy yer qimirlashdan oldin sodir bo‘ladigan silkinishlarni
(forshoklarni) o‘rganish. 5. Yer qimirlash hodisasini takrorlanishi davriyligini
o‘rganish. 6. Yer qimirlash hodisasini tayyorlanish modellarini ishlab chiqish.
7.Hozirgi zamon tektonik harakatlari tezligini o‘rganish. 8. Ionosfera qat-
lamida yuz beradigan o‘zgarishlarni o‘rganish. 9. Tog‘ jinslari qatlamlari-
da yuz beradigan deformatsiyalanish jarayonini o‘rganish. 10. Biologik-
mavjudodlarni (hayvonlar, baliqlar, qushlar va h.k.) tabiatini o‘rganish.
11. Yerning og‘ish holatini (noklometrik) o‘rganish va b.
Yer qimirlash hodisasini bashorat qilishda yuqoridagilardan eng
asosiylari deb 1—4 usullarni ajratish mumkin.
Elektr usuli. Elektr usulining eng asosiy alomatlari bo‘lib, yer
qatlamlarida va havoda elektr tokining hosil bo‘lishi, tog‘ jinslarining
elektr qarshiligi va elektr o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi hisoblanadi.
Bu alomatlar maxsus asboblar orqali seziladi va yozib olinadi. Bunday
o‘zgarishlarni 1924-yili Qurshab zilzilasi jarayonida Jaloloboddan 120 km
masofada turib o‘zbekistonlik olimlar V. N. Mixalkov va E. A. Cher-
nyavskiylar tomonidan kuzatilgan. 1960-yili moskvalik olim G. A. Sobo-
lev Kamchatka yarim orolida bir nechta yer qimirlashlarni oldindan
aytishga erishgan. Gretsiya olimlari P. Varosas, K. Aleksopolos, K. No-
mikos bu usul yordamida 70% aniqlikda zilzilalarni oldindan aytib be-
rishga muvaffaq bo‘lishgan (Abdullabekov, 1992).
1972—1973-yillarda o‘zbek olimlari Q. N. Abdullabekov va bosh-
qalar tomonidan Toshkent poligonida olib borilgan tadqiqot ishlari
natijasida zilzilalar sodir bo‘lishidan bir necha kun oldin, zilzila o‘cho-
g‘idan impuls elektromagnit to‘lqinlari ajralib chiqishi qonuniyatini
amaliyotda aniqladilar. Impulslar oldin yerda hosil bo‘lishi, keyin
bamisoli radioto‘lqinlar singari havoda tarqalishini, impulslarni radio-
to‘lqinlar qabul qilingandek yozib olinishi mumkinligi ko‘rsatildi. Bu
bilan ular Moskva va Tomsk olimlari (A. A. Vorobev va b.) tomonidan
laboratoriya sharoitidagi eksperimentlar asosida ishlab chiqqan nazari-
yasini amaliyotda to‘g‘riligini isbotlashdi.
Agar akademik K. N. Abdullabekov ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak,
«... tog‘ jinslarining elektr qarshiligi nihoyatda katta, elektr o‘tkazuv-
chanligi juda kichik bo‘lsa, to‘planayotgan elektr maydoni borgan sari
kuchaya borib, tog‘ jinslarining elektr sig‘imi bardosh berguncha yig‘iladi,
so‘ngra jinslarning elektr sig‘imi bardosh berolmagach, ularda kichik
portlashlar yuz beradi va natijada impuls elektromagnit signallari hosil
bo‘ladi». Bu signallar bo‘lajak yer qimirlash hodisasini oldindan aytish
imkoniyatini beradi.


1 0 5

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling