Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasi


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasi nihoyatda yirik — 1:25 000;
1:10 000; 1:5000; 1:2000 masshtabda tuzilishi bilan boshqa rayonlash-
tirish xaritalaridan farq qiladi. Xarita tuzishda eng asosiy manba bo‘lib,
u yoki bu imorat va inshootlar, shaharlar qurish uchun ajratilgan
(tanlangan) maydonning yoki mavjud shaharlar hududini injener-
geologik sharoitini, ya’ni geologik, geomorfologik, seysmotektonik,
gidrogeologik holatini, tog‘ jinslarining tarkibini, xossa va xususiyat-
larini, geologik va texnogen jarayonlar, ularning tarqalish, vujudga kelish,
rivojlanish, barham topish to‘g‘risidagi qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil


1 0 3
qilish natijasida olingan ma’lumotlar hisoblanadi. Shu bilan birga mik-
roseysmik xarita tuzilishi kerak bo‘lgan maydonga yer qimirlashlarning
tebranish darajalarini, ya’ni qanday chastota va amplitudada namoyon
bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganish maqsadida maxsus seysmopriyomniklar
(seysmostansiyalar) o‘rnatiladi. Seysmopriyomniklarni o‘rnatish joylari
injener-geologik sharoitni hisobga olgan holatda amalga oshiriladi.
Olingan natijalar har tomonlama tahlil qilinadi va ma’lum injener-
geologik sharoitga to‘g‘ri keladigan seysmik kuchni oshish yoki kamayish
qiymatlari maxsus formulalar (Medvedev, 1962) yordamida aniqlanadi.
Mikroseysmik rayonlashtirish xaritasini tuzishda qurilish maydonida
yoki unga yaqin hududlarda yuz bergan yer qimirlashlar oqibatlariga,
imorat va inshootlarning buzilish darajalari, yer sathida vujudga kelgan
hamma o‘zgarishlarga (yoriqlar hosil bo‘lishi, qulash, surilish jarayonlariga
va h.k.), ya’ni makroseysmik o‘rganish natijalariga katta e’tibor beriladi.
Olingan hamma ma’lumotlar (injener-geologik, seysmologik, makro-
seysmik, geofizik) chuqir o‘rganiladi, tahlil etiladi. Natijada ma’lum
ballarga (6,7,8,9 va >9) ega bo‘lgan mikrorayonlar ajratilib chiqiladi.
Bu mikrorayonlar shaharlar, suv omborlari, gaz va neft saqlash uchun
ajratilgan maydonlar, imoratlar va boshqa xalq xo‘jaligi imoratlari
quriladigan hududlar uchun tuziladigan mikroseysmik rayonlashtirish
xaritasida o‘z ifodasini topadi.
Demak, mikroseysmik rayonlashtirish xaritasida umumiy va mukam-
mal seysmik rayonlashtirish xaritasida ajratilgan zonalar mukammal
o‘rganishlar natijasida yanada maydaroq mikrorayonlarga ajratilib chiqiladi.
Boshqacha qilib aytganda, umumiy yoki mukammal seysmik rayonlashtirish
xaritalarida ajratilgan 8 balli zona mikroseysmik rayonlashtirish xaritasida
yer qimirlash kuchi 7,8,9,>9 ball bo‘lgan mikrorayonlarga ajratilib chiqiladi.
Bu xarita hamma imorat va inshootlarni qurilishda ularning mustahkamligini
ta’minlashda kerakli antiseysmik chora va tadbirlar belgilashda birdan-bir
asosiy yuridik hujjat bo‘lib hisoblanadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling