Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER QIMIRLASH HODISASIDAN


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

6.2.2. YER QIMIRLASH HODISASIDAN
SAQLANISH YO‘LLARI
Ma’lumki, seysmologiya fanining asosiy vazifalariga yer qimirlash
hodisasini qayerda vujudga kelishi, qanday kuch bilan sodir bo‘lishini
va nihoyat qaysi vaqtda (yil, kun, soatda) yuz berishini oldindan
aniqlashdek nihoyatda murakkab va ma’suliyatli ishlar kiradi. Bu vazifa-
lardan birinchi va ikkinchisi yer qimirlashlar sodir bo‘ladigan joylarni
va ana shu joylarda vujudga keladigan zilzila kuchini maxsus xaritalar
yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday xaritalarga umumiy seysmik
rayonlashtirish, mukammal seysmik rayonlashtirish va mikroseysmik ray-
onlashtirish xaritalari kiradi. Bu xaritalar bajarilishi lozim bo‘lgan va-
zifalariga qarab mayda, o‘rta va yirik masshtablarda tuziladi.
Umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi butun respublika hududi
uchun yaxlit bitta xarita holatida mayda: 1:5 000 000, 1:1 000 000
masshtablarda tuzilib, unda mamlakatimiz hududining qayerida, qan-
day kuch bilan yer qimirlash hodisasi yuz berishi mumkinligi ko‘rsati-
ladi. Xaritani tuzish uchun asos bo‘lib, respublika va unga yondosh
hududlarda bo‘lib o‘tgan yer qimirlashlarning tarixiy tahliliy natijalari,
geologik, geofizik, seysmotektonik, geodinamik nuqtayi nazardan o‘tka-
zilgan tadqiqotlarning natijalari hisoblanadi. Xarita xalq xo‘jaligining
hamma obyektlarini — shaharlarni, imorat va inshootlarni loyihalash
va rejalash jarayonida birdan-bir manba bo‘lib xizmat qiladi.
Mukammal seysmik rayonlashtirish xaritasi umumiy seysmik ra-
yonlashtirish xaritasiga nisbatan yirikroq, o‘rta 1:500 000; 1:200 000;
1:1 00 000 masshtablarda respublikaning ayrim regionlari, ma’muriy
viloyatlari hududlari uchun tuziladi. Bu xaritani tuzishda qo‘llaniladi-
gan ma’lumotlar ham miqdoriy, ham sifat jihatidan mukammal bo‘ladi.
O‘rganilayotgan maydonning geologik; tektonik, geomorfologik tuzilishi
zilzilalarning epitsentrlari, ularning chuqurligi, kuchi (magnitudasi)
haqidagi, yangi va hozirgi zamon harakatlarining intensivligi, elektr va
magnit maydonlarining o‘zgarish qonuniyatlari, tog‘ jinslarining xossa
va xususiyatlari, gidrogeologik sharoiti ana shular jumlasiga kiradi. Xa-
rita xalq xo‘jaligi obyektlari — shaharlar, imorat va inshootlar qurilishi
lozim bo‘lgan joylarning eng yaxshi variantlarini tanlashda qo‘llaniladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling