Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
p
va ko‘ndalang V s to‘lqinlarning tarqalish tezligi qiy- matlari maydoncha gruntining seysmik xossalari bo‘yicha toifasini belgi- lashda qo‘shimcha omil vazifasini o‘taydi va injenerlik-geologik ish- lanishlar natijalariga qarab, nazariy yoki tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Qurilish maydonchasining seysmikligi SMT xaritasida mavjud bo‘lsa, uni 6.4-jadval hamda injener-geologik izlanishlar natijasiga asoslanib o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi. Tog‘ jinslari xususiyatlarini, ya’ni mustahkamligini, ularda seysmik to‘lqinning, tarqalish tezligini, yer osti suv sathi chuqurligini hisobga olgan holda, zilzila kuchining umumiy o‘zgarishini ballarda hisoblab chiqarish mumkin: DI = DI v si + DI yessch + DI rx , bunda: DI — seysmik kuchning o‘zgarishi, ballarda; DI vsi — tog‘ jinsining seysmik qattiqligini o‘zgarishi hisobiga, ( r .Vr ) DI yessch — yer osti suvlarining sath chuqurligini o‘zgarishi hiso- biga, DI r — rezonans hodisasining o‘zgarishi hisobiga. Imorat va inshootlar qurilishi rejalashtirilayotgan hududularda tarqal- gan tog‘ jinslarida seysmik kuchning ma’lum ballarda oshishi yoki kama- yishini S. M. Medvedev (1962) tomonidan taklif etilgan formula yorda- mida ham aniqlash mumkin: 1 0 1 2 0,04 0 0 akt 0 1,67 lg h i V V I e . Bo‘shoq tog‘ jinslarining rezonans xususiyatini hisobga olgan holda, yer qimirlash ballarda o‘zgarishi esa quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi (Jo‘rayev, Abdusalomov, 1989): 2 0,04 0 0 akt 0 0 1,67 lg 3,32 lg h i i i V Ti i V T I e . Bu yerda, V 0 va V i — o‘rganilayotgan va o‘rta (etalon qilib olingan) tog‘ jinslarining ko‘ndalang seysmik to‘lqin tezligining qiymati, m/s; D i va D 0 — o‘rganilayotgan va o‘rta tog‘ jinslarining zichlik qiymati, g/sm 3 ; h — tog‘ jinslari qatlamlaridagi mavjud yer osti suvining yotish chuqurligi, m; T i va T 0 — o‘rganilayotgan va o‘rta tog‘ jinslarining tebranish davri, m/s; d i va d 0 — o‘rganilayotgan va o‘rta tog‘ jinslari- dagi to‘lqin tezligining so‘nish koeffitsiyenti, e — doimiy qiymati, e»2,71. Yuqorida qayd etilgan ikki usuldan foydalanib tuzilgan xarita katta aniqlikka ega bo‘ladi. Birinchi holda seysmilogik, mikroseysmik hamda o‘rganilgan gidrogeologik, geomorfologik, injener-geologik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida u yoki bu hudud uchun seysmik ballarning o‘zgarishi (ïðèðàùåíèå ñåéñìè÷åñêîé áàëüíîñòè) xaritasi tuziladi, u asosida esa mikroseysmik rayonlashtirish xaritasi yaratiladi. Bu xarita shahar, qishloq qurilishida tuziladigan bosh loyihaga asos bo‘lib, qurilish inshootlari va imoratlar o‘rnini belgilashda katta ahamiyatga ega. Qurilish ishlarini 6 balli rayondan 7 balli rayonga ko‘chirish yoki yer qimirlash kuchini 1 ballga oshirish, qurilish qiymatini 8—10% oshirishga olib keladi. Seysmik faol hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog‘i zarur, ya’ni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qo‘yiladi, ular quyidagilardan iborat: — shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning bo‘lishi, ya’ni zilzila sodir bo‘lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun yengil qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur; — suv havzalarining bo‘lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish maqsadida foydalanish uchun suv zaxi- rasiga ega bo‘lish; — inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 marotaba katta bo‘lishi, chunki imorat talafot ko‘rganda bir-biriga ta’sir qilmasligi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling