Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER QIMIRLASH O‘CHOG‘INING CHUQURLIGIGA QARAB


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

YER QIMIRLASH O‘CHOG‘INING CHUQURLIGIGA QARAB
ZILZILA KUCHINING BALLARDA O‘ZGARISHI
(Mavjud manbalarga asosan)
Yer qimirlash o‘chog‘ining chuqurligi, km 

15 
45 
Zilzilaning 
guruhi 
Zilzila 
magnitudasi
1
, m 
Zilzilaning kuchi, ball 

7
1
/

 M8
1
/
2
— 
 10 
9—10 
II 
6
1
/

 M  7
1
/
2
 10 
9—10 
7—8 
III 
5
1
/

 M  6
1
/
2
9—10 
7—8 
5—7 
IV 
4
1
/

 M  5
1
/
2
7—8 
5—7 
4—5 

3
1
/

 M  4
1
/
2
5—6 
4—5 
2—3 
1
Magnituda inglizcha so‘z bo‘lib, kattalik ma’nosini anglatadi. U 1940-yillarining
boshlarida amerika tadqiqotchilari Ch. Rixter va B. Gugenberlar tomonidan zilzila
quvvatining o‘lchami sifatida fanga kiritilgan bo‘lib, nazariy jihatdan zilzilaning
magnitudasi 9 dan oshmaydi. Kuchli zilzilalarni taxlili ko‘rsatishicha, planetamizda yuz
bergan eng kuchli zilzilalarning magnitudasi 8,8 dan oshmagan.


9 2
6.2.1. ZILZILANING KUCHINI YER SATHIDA NAMOYON
BO‘LISHINI BAHOLASH
Insoniyat o‘zining butun tarixiy taraqqiyoti mobaynida ko‘p yer
qimirlashlarni boshidan kechirgan, uning oqibatlari guvohi bo‘lgan. Uzoq
tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishi kishilarning ruhiy holatiga bo‘lgan
ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida
vujudga kelgan o‘zgarishlar yuz bergan hodisaning kuchini baholashga
o‘rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo‘lgan. Quyida 1964-
yili Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish
bo‘yicha o‘tkazilgan davlatlararo yig‘ilishida tavsiya etilgan xalqaro shka-
lani ba’zi bir soddalashtirishlar bilan keltirildi:
1 ball — Sezilmaydigan. Faqat seysmik asboblargina qayd qiladi.
Odamlar sezmaydi.
2 ball — Zo‘rg‘a seziladigan. Uy ichida o‘tirgan ba’zi odamlar se-
zishi mumkin (deraza oynalari titraydi).
3 ball — Kuchsiz. Ko‘pchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch
turgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin titraydi.
4 ball — Sezilarli. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi
odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Ro‘zg‘or anjomlari titraydi,
osilgan jismlar tebranadi.
5 ball — O‘rtacha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘ona-
di.Ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqlik chayqalib
to‘kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi.
6 ball — Kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi. Odam-
larni qo‘rquv bosadi. Ko‘pincha odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy
hayvonlari betoqat bo‘ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidan kitoblar,
javonlardagi idishlar ag‘darilib tushadi.
7 ball — Juda kuchli. Ko‘pchilik odamlarni qo‘rquv bosadi, ko‘cha-
ga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari tomonidan harakat vaqti-
da ham seziladi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo‘ladi, hav-
zalardagi suvlar chayqaladi va loyqalanadi, buloqlarning suv sarfi
o‘zgaradi.
8 ball — Vayron qiluvchi. Xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar butun-
lay vayron bo‘ladi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar
paydo bo‘ladi, uy tepasidagi mo‘rilar yiqiladi, ba’zan daraxtlar butun
tanasi bilan yiqilib tushadi, sinadi, tog‘lik joylarda qulash, surilish
hodisalari yuz beradi, ba’zan buloqlar paydo bo‘ladi, quduqlardagi suv
sathlarida o‘zgarishlar bo‘ladi.
9 ball — O‘ta vayron qiluvchi. Odamlar sarosimaga tushadi, yer
qimirlashga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham
qattiq shikastlanadi, poydevorlaridan siljib, qiyshayib qolishi, temir yo‘l
relslari bukilishi mumkin. Oddiy imoratlar butunlay vayron bo‘ladi, yer


9 3
yuzasida yoriqlar paydo bo‘ladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin,
qulash, surilish hodisalari yuz beradi, sun’iy suv havzalari shikastlanadi.
10 ball — Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson bo‘ladi. Temir
yo‘l relslari to‘lqinsimon shaklga kirib, bir tomonga qarab egilib qoladi,
yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, cho‘kish hodisalari yuz beradi,
suv havzalari to‘lqinlanib qirg‘oqqa uriladi, qoyali yon bag‘irlarda katta-
katta surilish hodisalari sodir bo‘ladi.
11 ball — Halokatli. Hamma imoratlar deyarli vayron bo‘ladi, to‘g‘on
va dambalar yorilib ketadi, temir yo‘llar butunlay ishdan chiqadi, yerning
ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo bo‘ladi, yer ostidan loyqa
balchiqlar ko‘tarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
12 ball — O‘ta halokatli. Kuchli fojiali, yerning ustki qismida katta
o‘zgarishlar yuz beradi. Inson barpo etgan hamma imoratlar butunlay
vayron bo‘ladi, daryolarning o‘zani o‘zgarib, sharsharalar paydo bo‘ladi,
tabiiy to‘g‘onlar vujudga keladi.
Yuqorida keltirilgan shkaladan injenerlik amaliyotida, hisoblash ish-
larida foydalanish mumkin emas, u faqat yer qimirlash kuchi to‘g‘risida
mulohaza yuritishimizda foydasi tegadi, xolos. Zilzila kuchini, tog‘ jinsi
zarrachalarining tebranish tezligini aniqlashda seysmograflardan foydala-
niladi. Seysmograf orqali yozib olingan seysmogrammalar yordamida
zarrachalarning tebranish amplitudasini aniqlab, seysmik to‘lqin tezla-
nishini hisoblash mumkin:
2
2
4

T
a
A
.
Bunda:
a — seysmik to‘lqin tezlanishi, m/s
2
;
A — tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm;
T — seysmik tebranish davri s; 
p = 3,14.
Seysmik to‘lqin tezlanishi aniq bo‘lgan holda seysmiklik koeffitsiyenti
K ni aniqlash mumkin:
a
g

,
bunda: g — erkin tushish tezlanishi.
Bu ko‘rsatkich barcha injener-geologik hisoblashlarda ishlatiladi.
Epitsentrda tog‘ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini (a), u
yerda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo‘lish va
h.k.) taqqoslagan holda Rossiya FA «Yer fizikasi instituti» olimlari
tomonidan yer qimirlashining kuchini ballarda baholash shkalasi ishlab
chiqilganki, bu shkala (6.3-jadval) hozir hamma MDH ga kiruvchi
davlatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.
Tuproqning (yoki yer ustki qobig‘i qatlamining) tebranish tezlanishi
esa o‘z navbatida epitsentrdan hamda gipotsentrdan tarqaladigan seysmik
to‘lqinlarning amplitudasiga hamda davriga bog‘liq bo‘lib, bu qiymatlar


9 4
o‘sha rayonga o‘rnatilgan seys-
mometrlar, seysmograflar yozib
olgan seysmogrammalar (6.6-
rasm) yordamida aniqlanadi.
Seysmik to‘lqinlarning ampli-
tudasi va davri seysmogramma-
lar yordamida aniqlab olingach,
quyidagi formula yordamida tup-
roqning tebranish tezlanishini
o‘ng‘aygina aniqlashimiz mum-
kin:
2
2
4

T
a
A
,
bu yerda: A — amplitudasi;
T — tebranish davri.
Misol uchun yerning biron
qismida bo‘lib o‘tgan yer qimir-
lashda T ning qiymati 1 sekund
va A ning qiymati 900 mm bo‘l-
sin, bu holda keltirilgan formula
yordamida tuproqning tebranish
tezlanishini aniqlay olamiz:
2
2
2
4 3,14
39,23
1
9
9
355,3
T
a






mm/s
2
.
Demak, o‘sha yerda zilzila sodir bo‘lganda tuproqning tebranish
tezlanishi 355,3 mm/s
2
ni tashkil qilgan. Bu qiymatni o‘z navbatida
shkalaga (6.3-jadval) solishtirib ko‘rsak, yer qimirlash kuchi 8 ball
atrofida bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. Bu misolni biz ma’lumot uchun-
gina keltirdik, aslida yuqorida olingan qiymatlar juda katta aniqliklarda
hisoblanadi.
6.3-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling