Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER QIMIRLASH HODISASI (ZILZILA)


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

6.2. YER QIMIRLASH HODISASI (ZILZILA)
Yer ostida turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan kuchlar ta’sirida yer
qobig‘i qatlamlarining u yoki bu darajada tebranishi yer qimirlash
hodisasidir.
Yer qimirlash hodisasi tabiatda yuz beradigan salbiy hodisalar ichi-
da eng dahshatliysi bo‘lib, to‘satdan yuz beradi, sanoat markazlarini,
gidrotexnik inshootlarni, qo‘yingki, katta-katta shaharlarni, qishloqlarni
vayron qiladi, kishilarni sarosimaga soladi, ayniqsa, asab va yurak
kasaliga mubtalo bo‘lgan kishilar sog‘lig‘iga yomon ta’sir qiladi.
Yer qimirlash hodisasi o‘zining sodir bo‘lish sabablariga ko‘ra 4 asosiy
guruhga bo‘linadi:


8 4
1) yer osti jins qatlamlarining o‘pirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer
qimirlashlar;
2) vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar;
3) insonning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
yer qimirlashlar;
4) tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar.
Yer osti jins qatlamlarining o‘pirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer
qimirlashlar — yer kurrasining u yer bu yerida vujudga kelib, radius
bo‘ylab ta’sir qilish kuchi ancha qisqadir. Yer qimirlashning bu guruhiga
yer osti suvlarining yer pastki qatlamlari bo‘ylab harakati jarayonida
paydo bo‘lgan katta-katta bo‘shliqlariga, ana shu bo‘shliq atrof jinsla-
rining qulab tushishi natijasida sodir bo‘ladi. O. K. Langening ko‘rsa-
tishicha, bunday yer qimirlash 1915-yili Xarkov oblastining Volchansk
rayonida ham qayd qilingan bo‘lib, bu silkinish diametri taxminan
100 km keladigan joydan sezilgan. Odamlar binolarning tebranganini,
derazalarning g‘irchillaganini, eshiklarning ochilib ketganligini sezganlar
va ko‘rganlar.
Vulqonlarning otilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar — asosan
Kamchatkada, Gavay orollarida, Amerika qita’sining sharqiy qirg‘oq-
larida, Yaponiya, Italiya hududlarida, Yangi Zelandiyada va Yer shari-
ning boshqa ko‘pgina joylarida qayd qilingan. Bu hodisa yer ostidan
lava deb ataluvchi massaning katta kuch va shiddat bilan otilib chiqishi
bilan bog‘liqdir.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling