Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
orogenik yoki tog‘
hosil qiluvchi harakatlar deb ataladi. Hozirgi vaqtda tog‘ hosil qiluvchi harakatlarni vujudga kelishida gorizontal yo‘nalishdagi kuchlar to‘g‘risidagi, ya’ni plitalar tektonikasi nazariyasining salmog‘i oshib bormoqda. Bu nazariya birinchi marta 1915-yili nemis olimi Alfred Vegener tomonidan uning «Materiklar va okeanlarning hosil bo‘lishi» nomli kitobida olg‘a surilgan bo‘lib, 1950- yillardan boshlab yanada o‘z rivojini topdi. G‘oya fanda «Mobilizm nazariyasi» nomi bilan ham ma’lum. Bu nazariyaga binoan, Astenosferaning 1 ustki qismida qalinligi 70— 100 km bo‘lgan litosfera plitasi yoki uning ayrim qismlari konveksion 2 oqimlar ta’siri ostida harakatga keladi. Keyingi ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, litosfera (yer qobig‘i) qatlamlarining harakati natijasida Avstraliya qit’asi, Shimoliy Amerika va Gavay orollari Yaponiya tomonga sekinlik bilan siljimoqda. Avstraliya va Gavay orollari yiliga 39 sm, Shimoliy Amerika esa 11 sm tezlikda Yaponiya tomon yaqinlashmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda sodir bo‘layotgan zilzilalarga sabab qilib janubdan shimolga qarab harakat qilayotgan Hind plitasi bilan Yevrosiyo plitalarining to‘qnashuvi ekanligi ham ta’kidlanadi (Abdullabekov, 1992). Shuning uchun Yevrosiyoning janubiy qismiga Osiyoning tarqoq seys- mik kamari joylashganligi ham bejiz emas (6.2-rasm). Tog‘ hosil qiluvchi harakatlar Yerning tarixiy taraqqiyoti davomida uch marotaba sodir bo‘lganligi va yerning ustki qobig‘ida katta o‘zgarishlar yasaganligi ma’lum. Birinchisi yer tarixiy taraqqiyotining paleozoy erasining boshlarida, silur nomi bilan ataluvchi davrning 1 Astenosfera — litosfera bilan mantyaning oralig‘idagi, qovushoqligi past, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori, seysmik to‘lqinlar o‘tkazish tezligi nisbatan kam bo‘lgan qatlam bo‘lib, magmatik jarayonlar manbayi va magma o‘chog‘i hisoblanadi. Uning yuqori che- garasi okean tubida 50—60 km va quruqlik ostida 100—150 km, pastki chegarasi ularda 400 va 250 km chuqurlikda deb taxmin qilinadi. 2 Konveksiya — ma’lum bir nuqtada ayni holatda ostenosferada har xil sistemali suyuqlik va gaz massalarining vaqt davomida almashinib turishi natijasida ularning fizik xususiyatlari (temperaturasi, bosimi, zichligi va h.k.)ning o‘zgarish jarayoni. 8 1 oxirlarida paydo bo‘lib, kaledon tog‘ hosil qiluvchi jarayon deb ataladi. Bu davrdagi ko‘tarilish harakatlari Shotlandiya, G‘arbiy Skandinaviya, Grenlandiya, Zabaykalye rayonlardagi tog‘lar bilan bog‘liq. Bu tog‘lar o‘z davrida eng baland tog‘lar bo‘lib, uzoq o‘tmishga ega bo‘lganligi, yemirilish jarayonlarini o‘z boshlaridan qayta-qayta kechirganliklari uchun hozirgi vaqtda ancha pasayib qolgan va balandliklari 1000—1500 metrdan oshmaydi. Paleozoy erasining toshko‘mir deb ataluvchi davrining oxirlarida tog‘ hosil qiluvchi harakatning ikkinchi fazasi hisoblangan gersen (voris) tog‘ hosil qiluvchi harakatlar boshlanadi. Bu harakat shu eraning Perm davri oxirlarida tugab, Ural, Oltoy, Tyan-Shan, tog‘larining dastlabki poydevo- ri xuddi shu davrda paydo bo‘lgan. Bu harakatlar sodir bo‘lish jarayonida biz yuqorida aytganimizdek yer qobig‘i qatlamlari katta kuchga bardosh bera olmay, burmalarni hosil qiladi, ba’zi joylaridan sinadi, natijada katta-katta yoriqlar hosil bo‘ladiki, bu yoriqlar o‘z navbatida yana bir yangi harakatga yo‘l ochib beradi. Ya’ni yerning pastki qavatlarida yuqori bosim, yuqori temperatura ostida yotgan magma deb ataluvchi suyuq mineral massaning yuqoriga yer beti tomon ko‘tarilishiga imkoniyat tug‘iladi. Bu mineral massaning 6.2-rasm. Yer litosferasi plitalarining xaritasi (Abidov bo‘yicha, 1992) Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling