Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 TOG‘ JINSLARINING NISBIY VA ABSOLUT YOSHI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

5.2. TOG‘ JINSLARINING NISBIY VA ABSOLUT YOSHI
Insoniyatning uzoq yillar mobaynida planetamiz, uning tarkibini
tashkil qilib turgan moddalar, undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘plangan
tarixiy tajribasi ularning tabiat hodisalariga va ana shu tabiat hodisalari-
ning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, boshqa hodisalar ko‘rinishiga o‘tishi
qonuniyatlarini o‘rganish, tog‘ jins qatlamlarining, ularni tashkil qilib
turgan mineral zarrachalarning 
nisbiy va absolut yoshi to‘g‘risidagi
tushunchaning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Tog‘ jinslarining 
nisbiy yoshi ana shu tog‘ jinslari qatlamlarining
yotish holatlarini, yotqizilish sharoitini, ularning qalin yupqaligini, ularda

Eonotema
bir necha eratema (guruh) yotqiziqlarini birlashtiradigan umumiy
stratigrafik shkala bo‘limi, o‘z ichiga faqat fanerozoyni (paleozoy, mezozoy va kaynozoyni)
oladi.

Eon — geoxronologiya shkala bo‘limlaridan biri. Geologik vaqtning eonotema
yotqiziqlari hosil bo‘ladigan qismi hisoblanadi. Bir necha million yil davom etadi.


7 5
saqlanib qolgan o‘simlik, hayvonot dunyosining, tog‘ jins qatlamlarini
tashkil qilib turgan mineral zarrachalar tarkibi, xossa va xususiyatlarining
batafsil o‘rganilishi, taqqoslanishi natijasida aniqlanadi va ularni u yoki
bu era, davr, bo‘lim, yaruslarga taalluqli ekanligi belgilanadi. Tog‘ jins-
larining 
absolut yoshi esa tog‘ jins qatlamlari paydo bo‘lgan davrdan
boshlab to hozirgacha ulardagi radioktiv elementlarning parchalanishi,
bir turdan ikkinchi turga o‘tishi va ana shu jarayon uchun ketgan vaqtni
hisobga olish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda oxirgi parchalanish mahsu-
lotining (elementning) yoshi sekin-asta undan oldin paydo bo‘lgan
radioaktiv element yoshiga qadar qaytarib hisoblanadi, so‘ngra bu
element yoshi ham avvalgi ona element yoshigacha qaytarib hisoblanadi.
5.1-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling