Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Dinamotermal metamorfizm —


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Dinamotermal metamorfizm — metamorfizmning boshqa turlaridan
farqli tomoni shundaki, bu metamorfizm birinchidan, yuqori bosim va
yuqori harorat jarayonida sodir bo‘ladi. Ikkinchidan, bu metamorfizm
faqat kichik-kichik uchastkalarda yuz bermay, yer qobig‘i chuqur
qatlamlarini o‘z ichiga olgan holda katta-katta hududlarda yuz beradi.
Shuning uchun ham geologlar bu metamorfizm agar kichik-kichik
uchastkalarda yuz bersa, lokal, yirik hududlarda yuz bersa, regional
dinamotermal metamorfizm deb yuritishadi.
Regional metamorfizm asosan planetamizning geosinklinal oblast-
larida yuz beradi. Bu oblastda yig‘ilgan katta qalinlikdagi cho‘kindi tog‘
jinslarining asta-sekin bukilishi natijasida pastki qatlamlar katta bosim
ostida siqiladi, katta harorat ostida qiziydi. Natijada o‘ziga xos xossa
va xususiyatlarga ega bo‘lgan butunlay yangi turkumdagi tog‘ jinslari
paydo bo‘ladi. Bularga slanetslar, geyslar, kvarsitlar, marmartoshlar misol
bo‘la oladi.
Slanetslar yupqa varaqsimon qatlamlardan tuzilgan metamorfizm
tog‘ jinsi bo‘lib, asosan cho‘kindi tog‘ jinslari — gil, alevritlarning
metamorfizm jarayoni natijasida o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Agar
gillardan, gil slanetslari hosil bo‘lsa, gil slanetslarini yana ham metamor-
fizmga uchrashidan kristallangan slanetslar (fillitlar) paydo bo‘ladi.
Kristallangan slanetslar, gil slanetslaridan, gil slanetslari gil jinslaridan
hajm og‘irliklarning yuqoriligi, g‘ovaklarining kamligi, mustahkamligi-
ning oshiqligi, suvga chidamliligi bilan farqlanadi.
Slanetslar ularni tashkil qilib turgan minerallarning turiga qarab slu-
dali slanetslarga (kvars va sluda minerallaridan tashkil topgan talkli
slanetslarga talk, dala shpati, magnetit va boshqa minerallardan tuzilgan),
xloritli slanetslarga (tarkibida asosan xlorit, qisman talk va boshqa mine-
rallar bo‘ladi), grafitli slanetslarga (ko‘mirning metamorfizm jarayonida
o‘zgarib yonmaydigan holatga kelib qolgani) bo‘linadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling