Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Cho‘kindi tog‘ jinslariga ta’rif bering. Cho‘kindi tog‘ jinslari qanday yo‘llar
bilan vujudga keladi?
2. Cho‘kindi tog‘ jinslari o‘zlarining vujudga kelish sharoitlari bo‘yicha qanday
guruhlarga bo‘linadi?
3. Gil jinslari guruhiga qaysi jinslar kiradi, donador, chaqiq tog‘ jinslari
guruhiga-chi?
4. Lyoss jinsining asosiy belgilarini sanab bering. Lyossimon jinslar lyosslardan
qaysi belgilari bilan farqlanadi?
5. Sedimentogenez, diogenez, epigenez jarayonlari to‘g‘risida tushuncha bering.
6. Kimyoviy va biokimyoviy yo‘llar bilan vujudga kelgan tog‘ jinslarini sanab
bering.
7. Texnogen tog‘ jinslari deb qanday yo‘llar bilan paydo bo‘lgan jinslarga ayti-
ladi. Bu jinslar asosan qaysi joylarda ko‘p tarqalgan?
8. Toshkent shahri maydonidagi texnogen jinslar qalinligi qancha, Samarqand
shahrida-chi?
4.4. METAMORFIK TOG‘ JINSLARI
4.4.1. METAMORFIK TOG‘ JINSLARI TO‘G‘RISIDA
UMUMIY TUSHUNCHA
Metamorfik tog‘ jinslari magmatik (intuziv, vulkonogen) va cho‘kindi
tog‘ jinslarini yuqori bosim, yuqori harorat ostida siqilishi, harakatga
kelishi, o‘zgarishi, kimyoviy suyuq eritma va gazlarning ana shu jinslar


7 0
g‘ovaklari, qatlamlari, yoriqlari bo‘ylab sizib o‘tishi jarayonida paydo
bo‘ladi. Bu jarayonlar kompleksi geologiya fanida metorfizm
1
jarayoni
deb yuritiladi.
Metamorfizm jarayoni natijasida magmatik cho‘kindi tog‘ jinslari
o‘zlarining avvalgi struktura va teksturalarini, ba’zan mineralogik, kim-
yoviy tarkibini, fizik-mexanik xossa va xususiyatlarini o‘zgartirishi,
butunlay yangi struktura, teksturaga, yangi mineralogik, kimyoviy tarkib-
ga, fizik-mexanik xossa va xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu jarayon natija-
sida avvalgi tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan minerallardan tashqari
butunlay yangi minerallar ham (disten, stravrolit, sillimonit, grantlar,
epidot guruhiga kiruvchi minerallar, termolit, aktinolit, talk, grafit va
b.) paydo bo‘lishi mumkin.
Metamorfik tog‘ jinslarini, ularning o‘ziga xos mineralogik tarkibini,
fizik-mexanik xossa va xususiyatlarining paydo bo‘lishida metamorfizm
jarayoni turlicha ko‘rinishda yuz berishi mumkin. Shuning uchun ham
bu jarayon ta’sir doirasiga qarab kataklastik, termal hamda dinamotermal
metamorfizm jarayonlariga ajratiladi (Sergeev va boshqalar, 1973).

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling