Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
DONADOR, CHAQIQ CHO‘KINDI TOG‘ JINSLAR
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qum, shag‘al, xarsang toshlar
- Brekchiyalar
- Koglomeratlar
4.3.3. DONADOR, CHAQIQ CHO‘KINDI TOG‘ JINSLAR
Donador, chaqiq jinslar qattiq qoya ona tog‘ jinslarining kimyoviy, mexanik (fizik), organik nurash jarayonida darz ketishi, maydalanishi, sinishi, qulashi, ba’zan o‘z joylarida qolishi yoki o‘z og‘irliklari bilan hamda muzliklarning surilishi ostida vaqtincha paydo bo‘ladigan qor, 6 5 yomg‘ir, daryo suvlari, shamol harakatlari yordamida surilib, oqizilib, uchirilib, olib kelinib yer sathining qulay joylarida (tog‘ yonbag‘irlari, daryo vodiylari, tekisliklar, dengiz, ko‘l havzalari) yotqizilishi va navbat- dagi diogenez, epigenez jarayonida o‘zgarish yo‘llari bilan paydo bo‘ladi. Donador, chaqiq jinslar o‘zlarini tashkil qilib turgan zarralarning katta-kichikligiga qarab yirik, donali jinslarga (donalari kattaligi 2 mm dan oshiq), o‘rta (donalar kattaligi 0,1 dan 2 mm gacha) va mayda donali jinslarga bo‘linadi. Bu jinslar tabiatda bo‘shoq (qum, shag‘al, xarsang toshlar) hamda sementlashgan (qumtosh, konglomeratlar) holatda uchraydilar (4.2-jadval). Qum, shag‘al, xarsang toshlar daryo vodiylarida, tekisliklarda, ko‘l, dengiz havzalarida, tog‘ yon bag‘irlarida tarqalgan bo‘lib, ularni tash- kil qilib turgan zarralarning katta-kichikligi, silliqlanganlik darajasi, qalinligi biz yuqorida ko‘rsatib o‘tgan agentlarning turi, ularning harakat tezligi, material olib kelingan masofaning uzoq-yaqinligiga chambar- chas bog‘liqdir. Birorta daryo vodiysini boshlanish qismidan to quyi qismigacha kuzatsak, uning boshida xarsang tosh, o‘rta qismida shag‘altosh, pastki qismida qumlar tarqalganligini ko‘ramiz. Huddi shu yo‘nalish bo‘ylab kuzatishni davom ettirsak, silliqlanish darajalarining ham o‘zgarib borganligini guvohi bo‘lamiz. Qumtoshlar Yer tarixiy taraqqiyotining ma’lum davrlarida paydo bo‘lgan qumlarning tabiiy sharoitni, o‘zgarishi, katta bosim ostida siqilishi, sementlashib qotishi natijasida hosil bo‘lgan tog‘ jinsidir. Shu- ning uchun ham qumtoshlarda dastlabki qumlarning (sementlashishi- dan avvalgi) granulometrik, mineralogik, kimyoviy tarkibi mujassam- lashgan bo‘lib, ular yirik, o‘rta, mayda zarralardan tuzilgan qumtosh- larga ajraladilar. Qumtoshlarni tashkil qilib turgan minerallarning soniga, turiga, sementlashish darajasiga, qumlarning o‘lchami katta-kichikligiga qarab ularning mustahkamligi, zichligi, suv ta’siriga berilishi (yuviluv- chanligi) ham turlicha bo‘ladi. Eng bo‘sh qumtoshlar — bu gil (loy) sementidagi qumtoshlar bo‘lib, eng mustahkamlari kremnezem, karbonat sementidagi qumtoshlar hisoblanadi. Brekchiyalar har xil granulometrik va mineralogik tarkibidagi qirrali (silliqlanmagan) chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslarining tabiiy sementlashib qotishi jarayonida hosil bo‘ladi. Brekchiyalarni tashkil qilib turuvchi bo‘laklarni bir-birlari bilan birlashtirib turuvchi massa-sement tarkibi ham gil, gil-qum, karbonat, kremnezem bo‘lishi mumkin. Koglomeratlar shag‘al toshlarni sementlashishi yo‘li bilan paydo bo‘lgan tog‘ jinsidir. Konglomeratlarni tashkil qilib turuvchi shag‘al toshlar mineralogik tarkibi bilan brekchiyalarga yaqin bo‘lsada, brek- chiyalardan birdan-bir farqi ana shu shag‘al bo‘laklarining silliqlangan bo‘lishidadir. Konglomeratlarning mustahkamligi, siqilishga bo‘lgan moyilligi jinsning tashkil qilib turvchi shag‘al toshlarning sementlashishi 5—M.Sh. Shermatov 6 6 darajasiga, sementning tarkibiga hamda ana shu jinsning uzoq geologik davrlar mobaynida qanday sharoitni boshidan kechirganligiga bog‘liq. 4.2-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling