Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Proluvial lyossimon jinslar prolyuvial lyoss jinslari kabi hosil bo‘lib,
prolyuvial lyosslardan o‘z qatlamlari orasida ma’lum qalinlikdagi, lekin
silliqlanmagan qirrali shag‘al tosh qatlamlarining uchrashi bilan farq
qiladi. Shu bilan birga, proluvial lyosslar lyosslarga xos 7 ta asosiy
xususiyatidan birontasining o‘zgarishi (degratsiyalanishi) bilan proluvial
lyossimon jinslarga o‘tib qoladi (Mavlonov, 1958; Islomov, 1961;
Shermatov, 1971).


6 3
Deluvial lyossimon jinslar eluvial jinslar va nurash materiallarining
yomg‘ir, qor suvlari yordamida tog‘ yon bag‘irlariga olib tushib
yotqizilish yo‘li bilan hosil bo‘ladi.
Alluvial lyossimon jinslar doimiy oqar suvlar olib kelgan mayda tog‘
jinsi parchalarini daryo vodiysi bo‘ylab yotqizilishi natijasida hosil bo‘lib,
tarkibida shu jins yotqizilgan joydan yuqorida tarqalgan hamma tog‘
jinslarining mineral zarrachalari qatnashadi. Alluvial tog‘ jinslarining
qalinligi, ular bo‘lgan maydonning kengligi, shu rayondagi ko‘tarilish
harakatlarining xarakteriga, daryo suvining oqim tezligiga hamda oqizib
kelingan materialning miqdoriga bog‘liqdir.
Fluvioglyasial lyossimon jinslari havo haroratining oshishi bilan muz
qatlamlarining erishi va harakatga kelishi jarayonida tog‘ jinslarining
tirnalishi, ezilishi, maydalanishi natijasida paydo bo‘lgan mayda zarra-
chalarni muz suvlari yordamida oqizib borib, qulay joylarga yotqizilishi
natijasida vujudga keladi.
Lyoss va lyossimon jinslar asosan o‘zlarining tarkibida chang
zarralarining (0,05—0,005 mm) 50 % dan ortiqligi, gil zarralarining
(<0,005 mm) 16—18%, qum zarralari (2—0,05 mm) 3—5% atrofida
bo‘lishi bilan xarakterlidir. Mutaxassislarning hisoblashicha, yer yuzasi-
ning 3 mln km
3
dan ko‘proq maydoni lyoss jinslari bilan qoplangan
bo‘lib, agar bu jinslarni butun Yer sharining quruqlik qismiga yoyilsa,
1 m qalinlikdagi qatlam bilan qoplar ekan. Yer shari bo‘yicha lyoss va
lyossimon jinslar eng ko‘p tarqalgan hudud Xitoy va bizning mamlakati-
miz hisoblanadi. Bu jinslar respublikamiz maydonining 65—70% qismini
egallab yotadi. Shaharlar va hamma imorat inshootlarining 85—90%
shu jinslar ustida joylashgan.
Lyoss va lyossimon jinslarning qalinligi Xitoyda 400—500 m
(F. Rixtgofen, V. D. Obruchev), O‘zbekistonda 100—150 metrga, Uk-
rainada 50 metrga (V. G. Bondarchuk), Zakavkazyeda 40—50 m ga (L. I.
Lomze) etadi.
Lyoss jinslari dengiz yuzasiga nisbatan turlicha balandliklarda tarqal-
gan bo‘lib, I. L. Sokolovskiy Karpat tog‘larida 4000—5000 m balandlikda,
G‘. O. Mavlonov Pomirda 3200 metr balandlikda, A. K. Larionov Shi-
moliy Kavkazda 1300—1500 metr, I. I. Trofimov g‘arbiy Pomirda 4500
metr balandlikda lyoss jinslari mavjudligini yozadilar.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling