Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
LYOSS VA LYOSSIMON JINSLAR
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
4.3.2. LYOSS VA LYOSSIMON JINSLAR
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo‘lish sharoitiga, yotqizish agent- larining (doimiy va vaqtincha oquvchi suvlarning, shamolning, muz- larning, erigan muz va qor suvlarining va h.k.) ko‘rsatgan ta’siri ahami- yatiga qarab, asosan eol va proluvial lyosslarga hamda eluvial, deluvial, proluvial, deluvial-alluvial, proviluvial-alluvial, flyuvioglyasial genetik tipdagi lyossimon jinslarga bo‘linadi. Lyoss jinslari lyossimon jinslardan akademik G‘. O. Mavlonov (1958, 1976) bo‘yicha quyidagi eng asosiy 7 ta belgisi bilan ajraladi: 1. Rangi sarg‘ish-kulrang; 2. Serg‘ovak (46—59%); 3. Kalsiy va magniy karbonat tuzlari uning og‘iriligining 5 % dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi; 4. Aniq tabaqalanmagan, qavat orasida qum, qumtosh, shag‘al qat- lamlari bo‘lmaydi; 5. 0,05 mm dan 0,005 mm gacha bo‘lgan zarralar 50% gacha, 0,005 mm dan kichik bo‘lgan zarralar 10% atrofida bo‘ladi, 0,05—2 mm dan katta zarralar bo‘lmaydi; 6. Tabiiy quruq holatda lyoss jins qatlami o‘zini vertikal (tik) ushlab turish qobiliyatiga ega; 7. Uzoq vaqt suv ta’sir etsa, o‘z og‘irligi ostida cho‘kadi. Agar yuqoridagi xususiyatlardan bittasi bo‘lmasa, lyoss jinsi lyossi- mon jins deb ataladi. Lyoss va lyossimon jinslarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida 20 dan ortiq gipotezalar mavjud. Ana shu gipotezalarga asosan lyoss va lyossimon jinslar eol, proluvial, alluvial, deluvial-proluvial, eluvial, mikrobiologik, fluvioglyasial va boshqa yo‘llar bilan hosil bo‘ladi (Shermatov, 1971). Eol lyoss jinslari nurash jarayoni natijasida yemirilgan tog‘ jinslari- ning mayda zarralarini shamol harakati jarayonida uchirib, Yer sathining ma’lum qulay joylariga olib kelinib, yotqizilish yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Proluvial lyoss jinslari ham nurash jarayonida hosil bo‘lgan material- larning vaqtincha oqar suvlar (ko‘pincha sel suvlari) ta’sirida yuvilishi va oqizilib, tog‘ etaklarining pastki tekislik qismlariga olib borib yotqizi- lishi natijasida hosil bo‘ladi. Eluvial lyossimon jinslar asos (granit, granodiorit, ohaktosh, slanes va h.k.) tog‘ jinslarining nurashi va nurash materiallarining o‘z joyida qolib, qayta-qayta nurash jarayoniga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling