Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Liparitlar kvars, dala shpatida tashkil topgan tog‘ jinsi bo‘lib, rangi ko‘pincha qoramtir bo‘ladi. Porfiritlarni


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Liparitlar kvars, dala shpatida tashkil topgan tog‘ jinsi bo‘lib, rangi
ko‘pincha qoramtir bo‘ladi.
Porfiritlarni tashkil qiluvchi minerallar asosan plagioklaz, rogovaya
obmanka, piroksenlardan iborat. Rangi qoramtir, kulrang, ba’zan
yashilroq bo‘lib, tashkil qiluvchi minerallar nisbatiga qarab ular andezit
yoki diabaz porfiritiga ham ajralishi mumkin.
Porfirlar asosan kvars, dala shpati minerallaridan tuzilgan. Undagi
kvars, dala shpati mineral donalari katta-katta holatda bo‘ladi. Bunda
kvars kristallari ko‘p bo‘lib, ko‘zga yaxshi tashlanib tursa, kvarsli porfirlar
deb ataladi. Bu jinsning rangi qo‘shimcha qoramtir-qizg‘ish, och kulrang
ko‘rinishda bo‘ladi.
Andezitlar dala shpati, rogovaya obmanka va boshqa qoramtir mi-
nerallardan, xlorit hamda vulqon oynasidan iborat.
Terregan-vulqon jinslari:
Tuflar mayda (0,01—15 mm) vulqon otqindilaridan yuqori harorat
ostida qizishi va o‘zgarib magma bilan birikib qotishi natijasida hosil
bo‘lgan g‘ovak vulqon jinsidir. Bu jinsning mineralogik tarkibini asosan
vulqon oynasi, qisman dala shpati, boshqa mineral kristallari hamda
biriktiruvchi massa tashkil qiladi.
Masalan, Qurama tog‘ hududida tarqalgan o‘rta donali tuflarning
(T. N. Dolimov, 1971), 14—32 % turli jins bo‘laklaridan, 29—41%
biriktiruvchi massa va boshqa minerallardan iborat. Jinsni tashkil qilib
turgan mineral siniqlari kvars (13—16%), kaliy shpati (15—29%),
plagnoklaz (8—29%), biotit (4—2,8%) hamda ikkilamchi minerallardan


5 9
seritsit, karbonat, magnetit, olunitlardan tuzilgan. Bu jins granulametrik
tarkibida asosan 0,1—0,01, 0,1—2 mm li zarralar qatnashadi.
Tuf peschaniklar (qumli tuflar) magma massasining otilib chiqishi
jarayonida ana shu magma yon atrof jinslarining mayda qum donalari
bilan qorishib qotishidan hosil bo‘ladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling