Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

4.2.2. EFFUZIV JINSLAR
Effuziv jinslar biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, intruziv jinslardan
to‘liq kristallanmaganligi, donador emasligi, shishasimon ko‘rinishi bilan
ajralib turadi. Bunga birdan-bir sabab intruziv jinslari paydo bo‘lish
jarayonida magmaning sekin-asta sovishi bo‘lsa, effuziv jinslar esa mag-
maning yer usti muhitida juda tezlik bilan sovishi oqibatda paydo bo‘ladi
(4.2-rasm). Shu bilan birga effuziv jinslari o‘zlarining vujudga kelish
sharoitiga qarab sof vulqon-effuziv jinslariga va terrigen-vulqon (piro-
klostik) jinslariga ajratiladi. Sof vulqon-effuziv jinslari faqat magma mas-
sasining o‘zini qotishidan, hech qanday qo‘shimchalarsiz paydo bo‘ladi.
Terrigen-vulqon jinslari intruziv va sof vulqon jinslaridan, struktura
tuzilishida faqat magma jinsi va uning qotishidan hosil bo‘lgan mineral
donalar qatnashmay balki yon-atrofdagi mavjud jinslar ham qatnashishi

Struktura deganda tog‘ jinslarining, ularni tashkil qilib turgan mineral zarrachalarning
katta-kichikligi, shakli yuzasi, kristallanish darajasi, donadorligi, ana shu mineral zar-
rachalarning bir-birlari bilan bog‘lanib, sementlashib turish xarakteri tushuniladi.

Tekstura deganda tog‘ jinslarini, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarralarning
kristallarini (donalarini) bir-biriga nisbatan (tartibli yoki tartibsiz) joylashish xarakteri
tushuniladi.
4.2-rasm. Effuzivlarning yotish shakllari (G.N. Popov bo‘yicha, 1991):
1
shit; 2  effuziv oqimi; 3  effuziv qoplamasi; 4  bolishsimon lavalar;
5
lavali terrigen-vulqon (xarsangtoshli)gumbazlari; 6 portlash jarayonida hosil
bo‘lgan naysimon kanal va undagi terrigen-vulqon jinslari.


5 8
bilan farqlanadi. To‘g‘rirog‘i, ana shu magma mahsulotiga, magma
ko‘tarilib chiqish yorig‘i (yo‘li)ni tashkil qilib turgan (aksariyat sof
effuziv) tog‘ jinslari bo‘laklari ham qo‘shilib, qorishib qotadi. Natijada
o‘ziga xos jinslar — tuflar, tufpeschanik (qumli tuflar), tuf konglomeratlar
(shag‘altosh tuflar), tuf brekchiyalar (chaqiq toshli tuflar) hosil bo‘ladi.
Terrigan-vulqon jinslari klassifikatsiyaga ajratishda ularning tarkibidagi
vulqon materiallari asosiy o‘rnini egallaydi. Agar terrigen-vulqon jinslari
vulqon materiallari 90 % dan oshsa — tuf; 90 % dan kam, ammo
50 % dan oshiq bo‘lsa — tufogen; 50 % dan kam bo‘lsa — tuffit jinslar
deb yuritiladi. Ularni tuzib turgan tog‘ jinslarining bo‘laklari yirik
strukturali bo‘lsa, nomi oldiga brekchiya (tufobrekchiya, tufogen
brekchiya, tuffitli brekchiya), o‘rta yiriklikdagi bo‘laklardan tuzilgan
bo‘lsa, alevrolit so‘zi qo‘shib aytiladi.
Sof vulqon jinslariga bazaltlarni, liparitlarni, dasitlarni, traxitlarni,
andezitlarni, porfiritlarni, porfirlarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Bazaltlar asosan piroksen (avgit, diopsid, gipersten) va qisman boshqa
qoramtir minerallardan tashkil topgan vulqonogen tog‘ jinsi bo‘lib, rangi
qora kulrang, qoramtirdir. Bu jinsi tashkil qilib turgan minerallarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Qurilish nuqtayi nazaridan
mustahkam tog‘ jinslar (granitlar) qatoriga kiradi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling