Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

4.2. MAGMATIK TOG‘ JINSLARI
Magmatik guruhga kiruvchi tog‘ jinslar yer qobig‘idagi mavjud ham-
ma tog‘ jinslarining asosiy qismini tashkil qiladi. Magmatik tog‘ jinslari


5 4
Yerning ichki qismidagi mineral massa — magmaning
1
yuqoriga qarab
ko‘tarilishi va yer qobig‘i qavatlari ichida yoki ularning ustiga chiqib
qotishi jarayonida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham bu jinslar o‘zlari-
ning qayerda paydo bo‘lishiga qarab, o‘z navbatida intruziv va effuziv-
vulqon, ya’ni vulqonlarning otilishi jarayonida vujudga kelgan tog‘ jins-
lariga ajratiladilar.
Intruziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga yetib chiqmay, yer
qobig‘ining ichki qismi qavatlari orasidagi yoriqlarga batolit, shtok,
lakkolit, lopolit, dayka, sill (qatlamlararo tomirlar) holatida kirib
qotishi va uzoq vaqtlar davomida sovishi jarayonida paydo bo‘ladi
(4.1-rasm).
Batolitlar noto‘g‘ri gumbaz ko‘rinishdagi eng yirik magmatik shakl
bo‘lib, ba’zan uzunasiga 200 km dan ham katta maydonni egallaydi.
O‘zining yer qobig‘idagi o‘rni bo‘yicha magma o‘chog‘iga yaqin
bo‘ladi.
Shtoklar batolitga yaqin yonma-yon joylashgan bo‘ladi. Maydoni
esa uning maydonidan ancha kichik bo‘lishi bilan xarakterlidir.
Lopolit magmatik jinslarning tovoqsimon shakli. Magmaning ko‘ta-
rilish va tog‘ jinslari qatlamlari oralig‘idagi qulay joylarda yig‘ilib qotishi
natijasida vujudga keladi.

Magmatik — grekcha xamirga o‘xshash massa degan ma’noni anglatadi. Bu massa
yer qobig‘ining ayrim ostki qismlarida (o‘choqlaridagi) mavjud o‘tli xamirsimon massa
bo‘lib, tarkibiga ko‘ra silikat qotishmalaridan, har xil gazlardan, o‘rta haroratli bug‘lardan
tashkil topgan murakkab moddalardan iborat. Ana shu o‘choqlarda harorat va bosimning
o‘zgarishi jarayonida oquvchan holga o‘tadi va tog‘ jinslari yoriqlari bo‘ylab harakat
qiladi.
4.1-rasm. Intruziv shakllari (R.A.Deli bo‘yicha, G.N.Popovdan, 1991)
1 — sill; 2 — lakkolit; 3 — lopolit; 4

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling