Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Planetamiz harorati. Yer yuzida vujudga keladigan hodisa, jarayon-
larning rivojlanishida yerning ustki va ostki qismlaridagi issiqlik energiyasi katta rol o‘ynaydi. Issiqlik energiyasi asosan ikkita manba — Quyosh energiyasi va yerning ichki qismlaridagi uran, radiy, toriy, kaliy kabi elementlardan ajraladigan issiqlik tufayli paydo bo‘ladi. Quyosh energiyasi ta’siri yer yuzining tuzilishiga, yerning ustki qobig‘ini tashkil etuvchi mineral jins qatlamlarining issiqlikni yutish va qaytarish xusu- siyatlariga, o‘simlik dunyosining tarqalishiga, planetamizdagi suv man- balari — gidrosferaga, havo massasining oqimiga bog‘liq bo‘lib, yer yuzi- ning turli qismlarida turlichadir. Masalan: dengiz sathidan asta-sekin 4—M.Sh. Shermatov 5 0 pasttekislikka, so‘ngra baland tog‘larga ko‘tarilib borsak, havo harorati- ning o‘zgarib borishini ko‘ramiz. Agar Toshkentda — dengiz sathidan 479 m balandlikda o‘rtacha yillik harorat 13,5°C bo‘lsa, Chimyonda — 1438 m balandlikda 8,12°C, Angren platosida (yassi tog‘ida) — 2280 m balandlikda 4,3°C dir. Issiqlikning ikkinchi turi ham yer qobig‘i qatlamlarini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari tarkibi, xossa-xususiyatlari, yotish holatlariga, gidrogeologik sharoitiga, radioktiv elementlarning tog‘ jinsi tarkibidagi miqdoriga qarab, turlicha bo‘lishi mumkin. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yer sathidan pastga qarab haroratning ma’lum darajada o‘zgarib borish zonalari ajratilgan. Bular: 1. Mavsumiy o‘zgarish zonasi; 2. Doimiy haroratli zona; 3. Yer yuzasi haroratiga bog‘liq bo‘lmagan zona. Mavsumiy o‘zgarish zonasi yer sathidan 2—15 m gacha, doimiy haro- ratli zona 15—35 m gacha va yer yuzasining haroratiga bog‘liq bo‘lma- gan zonaning chuqurligi planetamizning turli chekkalarida turlichaligi bilan xarakterlidir. Masalan: Parij observatoriyasi maydonida 23 metr chuqurlikda 100 yil mobaynida harorat doimo +11,83°C, Moskvada 1882-yildan buyon 20 m chuqurlikda +4,2°C (Islomov, Shorahmedov, 1971), Toshkent atrofi hududida 25—30 m chuqurlikda harorat o‘zgar- maydi (Mavlonov, 1985). Umuman, doimiy haroratli zonadan boshlab yer qa’riga kirib bor- gan sari, harorat o‘rtacha har 33 m da 1°C oshib borishi kuzatilgan. Haroratning bunday oshib borishini geotermik bosqich, deb yuritiladi. AQSH hududida bu bosqich 33 bilan 45 metr o‘rtasida (ya’ni har 33 va 45 m chuqurlikda harorat 1°C ga oshib borishi), g‘arbiy Yevropada 25 bilan 36 m, Toshkent oldi hududida 25—30 m (Mavlonov, 1985) orasida o‘zgarishi mumkin. Professor O. K. Langening ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Kaspiy bo‘yida parmalangan quduq chuqurlashgan sari harorat quyidagicha oshib borgan: 500 m chuqurlikda 42,2°, 1000 m da 52,2°, 1500 m da 69,9° 2000 m da 80,5°, 2500 m da 94,4°, 3000 m da 108,3°. Yer qobig‘ini (litosferani) yana bir qancha tashqi qobiqlar: gidro- sfera, biosfera, atmosfera o‘rab turgan bo‘lib, ular Yerning ustida va ichki qismlarida vujudga keladigan hodisa hamda jarayonlar sodir bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling