Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Yer qiyofasi. Yerning tuzilishi, taraqqiyoti to‘g‘risida bir qancha
afsonalar mavjud. Inson yer yuzida paydo bo‘libdiki, uning shakli,
tuzilishi, chegarasi bilan doim qiziqib kelgan. Ba’zi odamlar Yer —
atrofi o‘rab olingan bir bino, deb faraz qilgan bo‘lsalar, ba’zilari
dunyoning chegarasi qandaydir tog‘lar orasida yoki o‘rmonning tamom
bo‘lishida, dengizlarning chetida, deb tushunganlar.
Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida, kishilarning Yer
tuzilishi, chegara va shakli to‘g‘risidagi fikrlari o‘zgarib, endilikda ular
Yerni jism, deb faraz qila boshlaganlar. Hozirgi vaqtda esa, Yer shar-
simon shaklda, ya’ni qutb o‘qi ekvator o‘qidan taxminan 21 km qisqa,
degan xulosaga kelingan. Lekin bu Yer yuzi sip-silliq, degan gap emas.
Yoinki boshqacha qilib aytganimizda, Yer yuzida baland tog‘lar va
chuqur okeanlar mavjuddirki, bu tog‘lar bilan okeanlar orasidagi farq
19—20 km ga boradi (3.2-rasm).

M. Shermatov. Yer va Oy tog‘ jinslari. — Toshkent, «Fan», 1976, 59-bet.
3.2-rasm. Gipografik egri chiziq (K.O. Langedan).


4 7
3.3-rasm. Yer geosferalari va
ularning miqdoriy qiymatlari
(F.Yu.Zigel bo‘yicha):
1
— qobiq (litosfera); 2
Moxorovich yuzasi; 3
  yuqo-
rigi mantiya; 4
— mantiya;

tashqi yadro; — yadro.
Demak, hozirgacha ma’lum bo‘lgan okeanlarning chuqurligi 11 km
dan chuqurroq desak, tog‘larning balandligi 9 km atrofidadir. Yer
yuzining ana shu eng baland qismi bilan eng past qismi oralig‘i har xil
past-balandlik hamda chuqurliklardan iborat. Yerning eng baland deb
hisoblangan Himolay tog‘laridagi Everest cho‘qqisining balandligi 8882
metr bo‘lsa, Tinch okeanining eng chuqur joyi 11034 metrdir.
Yer yuzining umumiy maydoni 510000934 km
2
, uning hajmi
108331978000 km
3
, massasi 5,98 10
27
kg (yoki olti ming trillion tonna-
ga yaqin, o‘rtacha radiusi 6371 km, aylanasi esa 40066 km deb qabul
qilingan. Yer sharining tekislik qismi 21 foizni, tog‘lik qismi 8,2 foizni,
okeanlarning sathi 70,8 foizni tashkil etadi.
Yerning dastlabki paydo bo‘lgan davridan to hozirgacha bo‘lgan ta-
rixiy taraqqiyoti bir necha mlrd yillar davomidagi Yer qatlamlarining
turli-tumanligini ilmiy asosda o‘rganilib, shunday xulosaga kelish
mumkinki, bu davrlar mobaynida quruqlik, tog‘lik, okean hamisha bir-
biri bilan almashib kelgan. Suv bilan quruqlikning o‘rin almashishi Yer
ustida va ostida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan hodisa hamda jarayonlarni
ba’zan tezlashtirsa, ba’zan susaytirib turgan.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling