Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Yer geosferalari (qatlamlari). Hozirgi vaqtda Yer to‘g‘risdagi fanlar-
ning aniqlashicha, Yer massasini tashkil qiluvchi «dastlabki» moddalar-
ning sekin-asta quyuqlashishi, joylashishi natijasida konsentrik holatdagi
Yer qatlamlari — geosferalar yuzaga kelgan. Bular: qobiq, Moxorovich
yuzasi
1
, yuqorigi mantiya, mantiya, tashqi yadro va yadro hisoblanadi
(3.3-rasm).

Bu yuza, uni birinchi marta aniqlagan yugoslaviya geofizigi A. Moxorovich nomi
bilan yuritilib, yer qobig‘i bilan mantiya oralig‘ida joylashgan va seysmik to‘lqinlarning
(bo‘ylama to‘lqin — 6,3 dan 7,8 km/s; ko‘ndalang — 3,2 dan 4,3 km/s) nihoyatda
o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlidir.


4 8
Yer qobig‘i — litosfera. Asosiy geologik va injener-geologik hodisa
hamda jarayonlar Yerning ustki qobig‘ida — litosferada sodir bo‘lib,
uning o‘rtacha qalinligi 35—40km. Bu qobiq okeanga yaqinlashishi bilan
yupqalashib, 5—8 km ga, tog‘lik oblastlarga borgan sari qalinlashib,
40—80 km ga yetishi mumkin (3.1-jadval).
3.1-jadval
YER LITOSFERASINING QALINLIGI
(L. M. Peshkovskiy, T. M. Pereskokovalardan, 1971)
 
Hududlar 
Qalinligi, km 
Hududlar 
Qalinligi, km 
Tibet 
70 
Tinch okeani: 
Tyan-Shan 
80 
Shimoliy qismi 

Kavkaz 
50 
Markaziy qismi 
18 
Yevropa (tekislik) 
28 
Shimoliy Amerika 
(tekislik) 
30 
Atlantika 
okeanining 
markaziy qismi 
16 
Yer qobig‘i o‘zining mineral-jins tarkibiga ko‘ra yuqoridan pastga
tomon o‘zgarib boradi. Jumladan, yer qobig‘ining yuqorigi fazoviy
qismi — stratosfera bo‘lib, kontinental va okean tubi 
cho‘kindi jinslaridan
(gil, kalsit, dolomit, ohaktoshlar, qumtoshlar va b.) tashkil topgan.
Keyingi qatlami o‘z tarkibida dengiz tub jinslari bo‘lmagan 

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling