Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

IKKINCHI QISM
3-BOB
PLANETALAR VA YERNING PAYDO BO‘LISHI
3.1. PLANETALARNING VUJUDGA KELISH JARAYONI
Osmon jismlari — planetalar (sayyoralar) va shu jumladan Yerning
paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qator kosmogonik
1
gipoteza va nazariyalar
mavjud. Bularning eng zamonaviysi akademik O. Yu. Shmidt gipoteza-
si bo‘lib, uning tushuntirishicha, bundan bir necha milliard yil
muqaddam hozirgi galaktikamizda
2
(bizning Somon yo‘li deb atalmish
yulduzlar olamimiz son-sanoqsiz yulduzlar va ularning to‘plamlarini
birgalikda tashkil etuvchi yulduzlar sistemasi bo‘lib, bu yulduzlar boshqa
galaktika yulduzlaridan farqli o‘laroq, galaktika markazidan o‘tadigan
va galaktika tekisligiga tik bo‘lgan o‘q atrofida aylanadilar hamda
ularning galaktika markazidan
3
Quyoshgacha bo‘lgan aylanish burchak
tezliklari deyarli o‘zgarmasdir) sovuq gaz, chang zarralaridan tashkil
topgan juda katta tumanlik mavjud bo‘lgan.
4
Vaqt o‘tishi bilan bu tumanlikni tashkil qilgan zarralarning o‘zaro
birlashishi natijasida ayrim-ayrim quyuqlanishlar yuzaga kelgan. Bular
ichida o‘z massasi jihatidan boshqalarga nisbatan bir necha bor kichik
bo‘lgan bizning Quyosh ham bo‘lgan. Keyinchalik Quyosh o‘zining
dastlabki quyuqlanish (paydo bo‘lish) manzilidan boshqa tomonga siljib
chiqqan. Bu siljish vaqtida u o‘zi bilan o‘z atrofida quyuqlashgan zarralar
to‘plamidan bir qanchasini tortib, ergashtirib chiqqan. Shuning uchun
ham bulardan ko‘pchiligi Quyoshning tortish kuchi natijasida uning
atrofida kesmasi 12 milliard km keladigan sharsimon tumanlikni tashkil
qilgan. Bu tumanlikdagi zarralar to‘xtovsiz ravishda aylanma harakatda

Koinot to‘g‘risida, ularning rivojlanishi, kelib chiqishi to‘g‘risida qator gipotezalar,
nazariyalar mavjud bo‘lib, bu gipoteza va nazariyalarni o‘rganadigan, takomillashtiradi-
gan, umumlashtiradigan, yakunlaydigan fan kosmologiya fanidir.

Koinotda, ya’ni Olam bo‘shlig‘ida bizning galaktikamizga o‘xshagan yana ko‘plab
galaktikalar mavjud. Bu galaktikalar ham o‘zlariga ma’lum miqdordagi yulduzlar olamini,
sistemalarini birlashtirib, bizning galaktikamizdan bir necha million yorug‘lik yili ma-
sofasida harakat qiladilar (bir yorug‘lik yili — yorug‘lik nurining bir yil mobaynida bosib
o‘tadigan yo‘li bo‘lib, 9,46•10
12
km ga teng).

Galaktikamizning maydoni shunchalik kattaki, u taxminan 5000 yorug‘lik yiliga
teng keladigan masofaga cho‘zilgan.

Î.Þ. Øìèäò. Èçáðàííûå òðóäû. — M.: Íàóêà, 1960.


4 4
bo‘lganligi uchun sekin-asta
yapaloqlashib, avvalgi shar shak-
lidan disk shakliga o‘tgan. Na-
tijada tumansimon zarralarning
ko‘p qismi Quyoshdan uzoqlash-
gan. Quyoshning tortish kuchi
kamayib, zarralarning o‘zaro
tortish kuchi oshib borgan. Av-
valgi Quyosh atrofini egallab
turgan tumanlik yangidan paydo
bo‘lgan quyuqlanish markazlari
hisobiga kamaygan. Bu quyuqla-
nish markazlari esa, o‘z navba-
tida bizning quyosh sistemamiz,
jumladan, yerimizning dastlabki
kurtaklari bo‘lgan (3.1-rasm).
Ana shu vaqtda, ya’ni Yer-
ning dastlabki paydo bo‘lish
davrida uning atrofi qalin kos-
mik chang qatlami bilan qop-
langan bo‘lganligi uchun, bu
chang qatlamlari osha Quyosh nuri yergacha juda oz miqdorda yetib
kelgan. Shuning uchun ham u vaqtda planetamizda asosan sovuq iqlim
hukm surgan bo‘lib, suv molekulalari yaxlagan holatda bo‘lgan.
Oradan vaqtlar o‘tishi bilan Yer atrofi chang zarralaridan tozalana
borib, natijada Quyosh nuri yer sathini yaxshi isita boshlaydi. Atrofidagi
zarralarning yerga kelib qo‘shilishi, uning markazidagi og‘irlikning ortib,
sekin-asta zichlashib borishiga sababchi bo‘ladi. Yerning ichki qismida
esa, radioaktiv elementlarning parchalanish jarayonlari sodir bo‘ladi.
Natijada yerda tabiiy sharoit o‘zgarib, planetamizning ustki qismi sekin-
asta suv qatlami bilan qoplanib boradi. Akademik D. I. Sherbakovning
fikricha, yer tarixining bu davridan uning yuzasi ozmi-ko‘pmi suv qatlami
bilan qoplangan bo‘lgan.
So‘ngra yer tarixiy taraqqiyotining keyingi davrlarida yer o‘qining
o‘z orbitasi tekisligiga tik bo‘lmasligi natijasida yil fasllari (yoz, kuz,
qish, bahor) vujudga keladi. Yerning ichki qismlarida yuz bergan jara-
yonlar natijasida tektonik
1
harakatlar sodir bo‘la boshlaydi. Shu tariqa

Yerning ichki qismlarida paydo bo‘ladigan kuchlarning ta’siri natijasida yer qobig‘i
qatlamlarining harakatga kelishi, yotishi holatlarining o‘zgarish hodisalarini fanda tektonik
hodisalar, bu hodisalarni vujudga keltiruvchi harakatlarni esa, tektonik harakatlar deb
yuritiladi.
3.1-rasm. O.Yu.Shmidt gipotezasi
bo‘yicha planetalarning paydo
bo‘lishi.


4 5
Yerning ba’zi qismlari ko‘tarilib tog‘larni, ba’zi joylari cho‘kib botiqlik-
larni, okean va dengizlarni hosil qilgan. Mavjud suv qatlamlari ko‘taril-
gan yerlardan botiq joylarga, dengiz, okeanlarga oqib daryo vodiylarini
paydo qilgan. Uzoq geologik davrlar o‘tishi jarayonida bu hodisalar
qayta-qayta takrorlanib, yerning ustki qismlarida juda katta o‘zgarishlar
sodir bo‘lgan. Pirovardida planetamiz hozir biz yashab, ko‘rib turgan
holatga kelgan.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling