Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 

 
N
e
o
li

d
a
v
ri
b
o
sh
la
ri
d
a
n
e
ra
m
iz
g
a
c
h
a
b
o
‘l
g
a
n
b
ir
in
c
h
i
1
0
0
0
y
il
li
k
o
ra
li
g
‘i
d
a
;
2
 —
 e
ra
m
iz
n
in
g
b
o
sh
id
a
n
k
e
y
in
g

y
il
la

m
o
b
a
y
n
id
a
a
h
o
li
n
in
g
o
‘s
is
h
d
a
ra
ja
si
.
*
G
il
b
e
rt
M
.G
ro
sv
e
n
o

a
n
d
e
tc

E
N
D
A
N
G
E
R
E
D
E
A
R
T
H

C
a
rt
o
g
ra
p
h
ic
D
iv
is
io
n
o

N
a
ti
o
n
a

G
e
o
g
ra
p
h
ic
S
o
c
ie
ty

1
9
8
8
.


3 8
3—5 metr chuqurlikda yotadi. Shayxontohur va Akmal Ikromov rayonlari
maydonidagi yer osti grunt suvlarining sathi bundan 10 yillar avvalgi
holatiga nisbatan (20—25 m) 7—15 metrga ko‘tarilgan. Yunusobod, Sobir
Rahimov, Chilonzor tumanlari hududida yer osti grunt suvlarining sat-
hi yiliga 0,12—0,45 m ga ko‘tarilayotganligi kuzatilgan.
Yer osti grunt suvlari sathining ko‘tarilishi o‘z navbatida shahar
hududida tarqalgan lyoss va lyossimon jinslarning tarkibiga va fizik-
mexanik xususiyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 1968-yilda Toshkent
shahri hududida o‘tkazilgan injener-geologik tadqiqot ishlari natijalari
bilan 2002-yilda o‘tkazilgan tekshirish natijalarini qiyoslaganda lyoss
jinslarining qator xususiyatlari (cho‘kuvchanligi, namligi, mustahkamligi,
zichligi va b.) o‘zgargan, jumladan, namligi o‘rtacha 15—18 % dan
20—25 % ga, zichligi 1,5 dan 1,80 g/sm
3
ga oshgan (2.11-rasm).
Xalq xo‘jaligining hamma sohalarida suvdan foydalanish nihoyatda
yomon ahvolda. Faqat qishloq xo‘jaligining o‘zida eng yaxshi suvning
48—50 % ishlatilayotganligi, bundan 25 % esa yo‘l-yo‘lakay sug‘orish,
2.11-rasm. 1968—2003-yillarda Toshkent shahar hududidagi Lyoss va lyossimon jinslar
zichligini texnogen omillar ta’sirida oshishini ko‘rsatuvchi chizma.
A) Lyoss jinslari zichligining 1968—1970-yillardagi holati; B) Lyoss jinslari zichligining
1970—2002-yillardagi holati. 12 — ho‘l holatdagi zichlik, g/sm
3
34 — quruq holatdagi
zichlik, g/sm
3
. Qavs ichida o‘rganilgan namunalar miqdori.


3 9
suv uzatish sistemalarining nosozligi, suvning tog‘ jins qatlamlariga
bekorga singib ketishi oqibatida behuda sarflanmoqda. Ana shularning
natijasida bugungi kunda «Orol fojiasi» vujudga keldi. Agar 1950—60-
yillarda Orol dengizining maydoni 68,3 ming km
2
, undagi suv sathining
abs. balandligi 53,0 m bo‘lgan bo‘lsa, 1966-yillarga kelib T. E. Mavlo-
novning ma’lumotiga ko‘ra uning maydoni 2 martaga, suvning hajmi
3,5 martaga kamaydi, suv sathining abs. balandligi 36,0 metrga pasayadi.
Dengizning qurib qolgan qismi maydoni 34 ming km

ni tashkil etadi.
O. E. Semenov, I. V. Rubanov va boshqa mutaxassislarning ma’lumo-
tiga ko‘ra Orol dengizining qurigan maydonidan har yili 7,3 dan 43 mln
tonnagacha tuz shamol ta’sirida uchirilib Orol atrof hududlariga yoyil-
moqda (Mavlonov, 1997). Bu esa o‘z navbatida insonlarning salomat-
ligiga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta’sir etmoqda.
Bugungi kunga kelib respublikamizning hamma sug‘oriladigan
maydonlarida yirik gidrotexnik inshootlari, suv omborlari bunyod etilgan
va bunyod etilmoqda. Faqat Janubiy O‘zbekistonning (Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari) suv xo‘jaligi 32540 km uzunlikka ega bo‘lgan
kanal shohobchalaridan, umumiy suv hajmi 4,6 mlrd kub m bo‘lgan
20 ta katta-kichik suv omborlaridan va 21587 km uzunlikdagi kollektor-
zovurlardan tashkil topgan murakkab injenerlik-melioratsiya tuzilishidan
iborat (Abdullayev va b., 1997). Kanal va boshqa inshootlarni, aholi
yashash punktlarini bunyod etish jarayonida ba’zan ular joylashishi lozim
bo‘lgan maydonlarni injener-geologik va gidrogeologik holatlarini yaxshi
o‘rganmay yoki kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmay amalga oshirilishi, quri-
lib bo‘lgandan keyin esa injener-geologik nazorat ishlarini tashkil
qilinmay o‘z holiga tashlab qo‘yilishi holatlari ham uchrab turadi.
Masalan, Tojikiston Respublikasining Sharora, Oquli Bolo, Oquli Poyon
qishloqlari joylashgan hududning cho‘kuvchan lyoss jins qatlamlari
ustidan 1974-yili kanal o‘tkazilgan. Lekin kanalning Sharora qishlog‘i
ro‘parasidagi qismida «gidroizolatsiya» ishlari bajarilmay kanalga suv
qo‘yib yuborilgan. Keyingi 15 yil mobaynidagi o‘zlashtirish kanaldan
sizib o‘tgan suv hisobiga yer osti grunt suv oqimi vujudga kelgan va
Sharora qishlog‘i joylashgan lyoss jinslari g‘ovaklarining butunlay suv
bilan to‘yinishiga sababchi bo‘lgan. Butun bir katta lyoss massivi
«oquvchan» holatga kelib qolgan. 1989-yili 23-yanvarda sodir bo‘lgan
Xisor yer qimirlashi jarayonida ana shu «og‘uvchan» holatga kelib qolgan
lyoss jinslari qatlamlarida kengligi 900 metr, qalinligi 70 m ga yaqin
bo‘lgan surilish hodisasi yuz bergan. Natijada uyquda yotgan 70 dan
ortiq xonadon egalarining, 760 qoramollar bo‘lgan fermaning odamlari
bilan birga surilish massasi ostida ko‘milib ketishiga sababchi bo‘lgan.
1
Hozir Orol dengizi basseynida 90 dan ortiq suv omborlari mavjud bo‘lib,
ular O‘zbekiston hududida 56 ta, Tojikistonda — 6 ta, Qirg‘iziston-
da — 10 ta, Turkmanistonda — 15 ta, Janubiy Qozog‘istonda — 3 ta.

«Ñòðîèòåëüíàÿ ãàçåòà», 1989, 26 ÿíâàðü.


4 0
Ularning umumiy hajmi 1 mln km
3
dan ortiq (Saidova va b., 2000). Bu
suv omborlarining suvga to‘latilishi va suvdan noto‘g‘ri foydalanilishi
oqibatida yer osti grunt suvlari sathining ko‘tarilishi, yerlarning sho‘r-
lanishi, botqoqlanishi, zaxlash, surilish, cho‘kish, eroziya (yuvilish),
jarliklarning vujudga kelish jarayon va hodisalari nihoyatda ko‘paygan,
birqancha yuzlab gektar sug‘oriladigan eng yaxshi yerlar qishloq xo‘jaligi
oborotidan chiqib, butunlay ishlatib bo‘lmaydigan holatga kelib qol-
gan. Jumladan, faqat Chordara suv omborining 15 yil mobaynida ishlashi
oqibatida 650 ga unumli yer butunlay ishdan chiqqan, yer sathida turli
hajmdagi katta-kichik ko‘llar vujudga kelgan. Shuningdek, Chimqo‘rg‘on
suv ombor ta’sir zonasida 1972-yili zaxlash jarayoniga uchragan yer
maydoni 163,5 km
2
ga, 1985-yili esa bu qiymat 251,6 km
2
ga yetgan
(Saidova va b., 2000).
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining eng asosiy
vazifalaridan yana biri yer osti suvlari, tuproq, tog‘ jinslari qatlamlarining
ifloslanishi sabablarini o‘rganish va aniqlash, ifloslanishdan saqlash
maqsadida kerakli chora va tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
V. M. Lukyanchikovning, A. M. Ryabchikov va A. A. Nelson-Smit
ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili bekorga sarflanadigan
neft mahsulotlari miqdori 45—50 mln tonnani tashkil etadi.
1
Neft
mahsulotlari bilan yer osti suvlarining ifloslanishi Buyuk Britaniyada
boshqa hamma ifloslantirishlarning 39 % ni (R. Xarker bo‘yicha),
AQSHda esa bu ko‘rsatkich xlorid va nitrat ifloslantirishlaridan keyin
uchinchi o‘rinni egallaydi (D. D. Todd bo‘yicha).
N. G‘. Mavlonov va I. A. Petruxinalarning yozishicha, Toshkent
shahri hududida yer osti va yer usti suvlarini, lyoss jinslari aeratsiya
zonasi qatlamlarini ifloslantiruvchi komponentlar — neft mahsulotlari,
og‘ir metallar (xrom, nikel kobalt va b.) va nitratlar ekanligi aniqlangan.
Ularning ko‘rsatishicha, faqat birgina Navoiy va Furqat ko‘chalari
kesishgan joyda bundan 30—35 yillar avval joylashgan avto yoqilg‘i
shoxobchasi o‘rnida kengligi 1 km
2
, qalinligi 15 metr bo‘lgan lyoss jinslari
qatlami o‘ta ifloslangan (Mavlonov, Petruxina, 2000). Insoniyat tarixida
bunday misollar juda ko‘p uchraydi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, «Gidrogeologiya» va «Injenerlik
geologiyasi» fanlari juda ko‘p xalq xo‘jaligi masalalarini hal qilishda
nazariy va amaliy baza hisoblanadi. Respublika xalq xo‘jaligining hamma
sohalari sanoat va fuqaro qurilishlari, gidrotexnik inshootlar va suv
omborlari, avtomobil va temir yo‘l qurilishlari, ko‘priklar, aerodromlar,
metro trassalarining zaminini u yoki bu tog‘ jinslari tashkil etadi.
Ularning boqiyligi, mustahkamligi ana shu tog‘ jinslarining tarkibiga,
fizik-mexanik xossa va xususiyatlariga, mavjud tabiiy geologik va
texnogen jarayon va hodisalarning vujudga kelish, rivojlanish qonuni-
1

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling