Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
G‘.O.Mavlonov
(1910—1988). 3—M.Sh. Shermatov 3 4 Davlat texnika universiteti) tugatib, ishlab chiqarishga «Sredazgiprovodxlopok» insti- tutiga ishga kelgan vaqtidan boshlab O‘zbe- kiston hududida tarqalgan lyoss va lyossi- mon jinslarning xossa va xususiyatlarini va ana shu jinslar tarqalgan maydonlardagi geologik, injenerlik-geologik hodisa va jarayonlarni o‘rganish ishlarini boshlab yubordi. 1940-yillarga kelib, bu ishini butun Markaziy Osiyo miqyosida davom ettirdi. Shu bilan birga G‘ O. Mavlonov O‘zbekiston yer osti suvlarini, ayniqsa, yer osti shifo- baxsh suvlarini o‘rganishda hamda seysmo- logiyaga oid katta ishlar qildi. G‘. O. Mav- lonov 300 dan ortiq asarlar yozgan bo‘lib, bu asarlari ichida eng yiriklari — 1958-yili bosilib chiqqan «O‘rta Osi- yoning sharqiy va markaziy qismlari lyoss va lyossimon jinslari va ular- ning injener-geologik xossalari», 1963-yili S. M. Mirzayev, A. I. Islo- movlar bilan birgalikda yaratgan «Toshkent oldi rayoni yer osti suvlari va tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari», 1971-yili bir guruh mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilgan «26 aprel Toshkent zilzilasi», 1972-yili A. Nurmatov bilan birgalikda yozgan «Farg‘ona vodiysi to‘rt- lamchi davr yotqiziqlari», 1972-yili A. A. Xudoyberganov va M. Sh. Sher- matovlar bilan birgalikda yozgan «Chirchiq shahri injener-geologik sha- roiti», 1974-yili bir guruh shogirdlari bilan yozgan «O‘rta Osiyoning regional injenerlik geologiyasi» monografiyalarini, 1985-yili yozgan «Seysmoaktiv hududlarning yer osti qismini o‘zlashtirishning effektiv- ligi» asarlarini ko‘rsatish mumkin. 1964-yildan boshlab G‘. O. Mavlonov injenerlik geologiyasi fanini seysmologiya fani bilan, ya’ni zilzila masalalari bilan bog‘lash ustida ishladi. Bu borada uning A. I. Islomov, S. M. Qosimovlar bilan 1969- yili yozgan «O‘zbekiston hududida seysmik intensivlikning injener- geologik sharoitga qarab o‘zgarishi» nomli ishi katta ahamiyatga ega. U 1973-yili Toshkent va Moskva olimlari bilan hamkorlikdagi «Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini yer qimirlash vaqtidagi o‘zgarish hodisasi» nomli dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan kashfiyotning ham muallifidir. O‘zbekistonda gidrogeologiya fanining, jumladan, regional gidroge- ologiya, gidrogeokimyo, injenerlik gidrogeologiyasi, gidrogeoseysmo- logiya, meliorativ gidrogeologiya sohalarining rivojlanishida N. A. Ke- nesarin va M. M. Krilova, N. N. Xojiboyev, A. N. Sultonxo‘jayev, A. S. Xasanov, S. M. Mirzayev, U. U. Umarov xizmatlari katta. Ular o‘zlarining yirik ishlari bilan gidrogeologiya faniga katta hissa 2.9-rasm. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling