Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
QUYOSH SISTEMASI TO‘G‘RISIDA
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
3.2. QUYOSH SISTEMASI TO‘G‘RISIDA
UMUMIY MA’LUMOT Quyosh. Quyosh quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton hamda bir necha minglab osmon jismlari markazida harakat qiluvchi, yuqoridagi planetalarni yoritishda, ularning sathida, atmosferasida, qobiq qatlam- larida yuz beradigan o‘zgarish, hodisa va jarayonlarni boshqarib turadigan birdan-bir manba — kuch bo‘lib hisoblanadi. Quyoshning diametri 1 390 000 km dan oshiqroq, yoinki Quyosh sistemasiga kiruvchi hamma planetalarni qo‘shib hisoblaganda ularning hammasi Quyosh hajmidan 600 barobar kichik bo‘ladi (Bayev, Shisha- kov, 1959). Agar Yerga solishtiradigan bo‘lsak, Yer hajmi Quyosh haj- midan 1 300 000, diametri esa, 109 barobar kichikdir. Yer bilan Quyosh oralig‘idagi masofani ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, bu masofa 150 000 000 km ni tashkil qilib, sekundiga 300 000 km tezlik bilan harakatlanadigan Quyosh yorug‘lik nuri Yerga 8 minut-u 18 sekundda yetib keladi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Quyoshning sirtidagi issiqlik harorati 5000 gradusga yetishi ma’lum (Sattorov, 1973). 1 Quyoshdagi bunday yuqori haroratning mavjudligi uning asosan vodorod (41%) hamda geliy (52%) elementlaridan tashkil topganligi bilan tushuntiriladi. Endi Quyoshning quyosh sistemasiga kiruvchi planetalarga ta’siri masalasiga qaytsak, bu planetalarning unga uzoq-yaqinligiga qarab, ularning sathidagi harorat ham turlichadir. Bu harorat ayniqsa, tun bilan kunning almashishida yaqqol ko‘rinadi. Quyosh bilan Yer oralig‘idagi planetalarda harorat Yerga nisbatan yuqori ekanligi bilan farq qilsa, Yerdan keyingi turuvchi planetalarda bu harorat pastligi bilan xarakter- lanadi. Quyosh sistemasidagi planetalarning unga yaqin-uzoqligi faqat ulardagi issiqlik haroratigagina ta’sir qilib qolmay, balki ularning hajmiga, 1 Koinotda shunday yulduzlar borki, ulardagi issiqlik harorati hatto 50000 gradusga boradi (I. Sattorov, 1973). 4 6 zichlik darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yer guruhiga kiruvchi planetalar (Merkuriy, Venera, Yer, Mars) zichligi nihoyatda yuqori bo‘lib, 3,9—6 g/km 3 oralig‘ida o‘zgarsa, yer guruhiga kiruvchi planeta- lardan keyin joylashgan gigant planetalar (Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton) zichligi 0,7—1,6 oralig‘ida o‘zgaradi, xolos. Bu esa, Quyoshning o‘zidan uzoqda harakat qiluvchi planetalarga bo‘lgan ta’sirining kamayib borishi bilan tushuntiriladi. Quyida ana shu quyosh sistemasiga kiruvchi planetalardan Yer va uning yo‘ldoshi Oy to‘g‘rsidagi qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz. 1 Yer. Quyosh sistemasidagi boshqa planetalardan hajmi, zichligi, o‘ziga xos atmosferasi, tabiiy sharoiti, relyefi, geologik tuzilishi, undagi hayotning mavjudligi va qator xossa hamda xususiyatlari bilan farq qiladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling