Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1.
- 2.4. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI FANLARINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Â.Ì. Ëóêüÿí÷èêîâ. Òåõíîãåííîå çàãðÿçíåíèå ãðóíòîâûõ âîä íåôòåïðîäóêòà-
ìè. Àâòîðåôåðàò äèñ. íà ñîèñêàíèå ó÷. ñòåï. ê.ã.-ì.í. — Ì., 1986, 20 ñ. 4 1 yatlariga va sabablariga, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlari qurilayot- gan maydonning injener-geologik sharoitiga bog‘liq. Bularning ham- masini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari o‘rganadi. Shu- ning uchun gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarini, ularning usul va uslublarini yaxshi bilish, amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarini to‘g‘ri joylashtirishda va qurishda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1. Tabiiy muhit komponentlari nimalardan iborat? 2. Tabiiy muhit komponentlarini biz nima uchun o‘rganamiz? 3. Tabiiy muhit komponentlarini gidrogeologik va injener-geologik nuqtayi nazardan to‘g‘ri o‘rganmaslik va baholamaslik nimalarga olib keladi? 4. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarini rejalashda, joylashtirishda va qurishdagi ahamiyati to‘g‘risida gapirib bering. 2.4. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI FANLARINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI Gidrogeologiya va Injenerlik geologiyasi fanlari o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida, maqsad va vazifalarini bajarish jarayonida eng avvalo geolo- giya yo‘nalishidagi hamma fanlar bilan, hamda fizika, matematika, statistika, mexanika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar bilan yaqindan munosabatda bo‘lib kelgan. Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiya fanlari o‘z maqsad va vazifalari bilan xalq xo‘jaligi obyektlarini rejalash, loyihalash, qurish va qurib bo‘lingan imorat va inshootlardan to‘g‘ri foydalanish, yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan geoekologik masalalarni yechishda qatnashadi. Bu masalalarni hal qilish davomida eng avvalo, geologiya, geomorfologiya, seysmologiya, klimato- logiya va boshqa tabiiy fanlar tomonidan bajarilgan tadqiqot ishlari natijalarini o‘rganadi, tahlil etadi va kerakli xulosalar chiqaradi. Chunki biror bir shahar quriladigan yoki imorat, inshootlar bunyod etilishi lo- zim bo‘lgan joyning tabiiy sharoiti (yog‘adigan yog‘inning turi, oylik, ko‘p yillik miqdori, havo harorati, shamolning harakat yo‘nalishi, tezligi, yer usti oqar suvlari va h.k.), geologik tuzilishi (tog‘ jinslarining genesizi, litologik tarkibi, yotish holati, strukturaviy va teksturaviy xususiyatlari, qalinligi, yoshi va h.k.), geomorfologik holati (yer sathlarning genesizi, shakli, qiyaligi, qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga kelganligi, mustahkamligi va h.k.), seysmik darajasi (hududning necha balli zonaga joylashganligi, tarixiy yer qimirlashlar miqdori, yuz bergan joyi, kuchi, yer qimirlash kuchining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va h.k.) to‘g‘risidagi ma’lu- 4 2 motlarga ega bo‘lmay turib xalq xo‘jaligining birorta obyektini qurish maqsadida mukammal tadqiqot ishlarini boshlash aslo mumkin emas. Gidrogeologik va injener geologik tadqiqot ishlarini o‘tkazish jara- yonida yer osti suvlarining hamda tog‘ jinslarining tarkibini, suvda eruv- chan, kam, yomon eruvchan tuzlarning miqdorini, turlarini, korrozion xususiyatlarini aniqlashda, imorat va inshootlar joylashtirilishi kerak bo‘lgan maydonining qurilishiga loyiq yoki noloyiqligini baholashda kimyo fanining usul va uslublariga murojaat qilinadi va foydalaniladi. Konlarni qidirib topish va tog‘ sanoati uchun kerakli bo‘lgan insho- otlarni rejalash, joylashtirish, qurish jarayonida gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari o‘z uslublari, maxsus ishlab chiqarilgan uslubiy qo‘llanmalari bilan Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling