Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Natay Azimxanovich
Kenesarin (1908—1975).


3 5
qo‘shganlar. Bu borada N. A. Kenesarinning (2.9-rasm) «O‘rta Osiyo
sug‘oriladigan rayonlari grunt suvlari rejimining hosil bo‘lishi» mono-
grafiyasini, M. M. Krilovning «O‘zbekistonning sug‘oriladigan rayonlari
sharoitida grunt suvlarining dinamik balansi va ularni o‘rganish usullari»,
N. N. Xojiboyevning «Gidrogeologik-meliorativ rayonlashtirish» (1968),
«Sug‘oriladigan hududlar grunt suvlari balansini o‘rganish», A. N. Sul-
tonxo‘jayevning «Farg‘ona artezian basseyni» (1972), «O‘rta Osiyo ar-
tezian basseynlarning metallogeniyasi» (1992), A. S .Xasanovning «Mir-
zacho‘l yer osti suvlarining gidrokimyo» asarlarini ko‘rsatish mumkin.
Bugungi kunda mustaqil Vatanimizda gidrogeologiya va injenerlik
geologiyasi fanlarining yanada rivojlanishi, ravnaq topishi uchun hamma
imkoniyatlar mavjud. Chunki mamlakatimizda yuqori malakali muta-
xassislar tayyorlaydigan, fanning hozirgi zamon texnologiyasi, usul va
uslublari bilan qurollangan oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, ilmiy,
loyihalash institutlari, maxsus gidrogeologik, injener-geologik ekspe-
ditsiyalari
1
faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamizda bu sohalarni boshqa-
ruvchi yetuk olimlar va mutaxassislar jamoasi mavjud.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining rivojlanishi, vujudga
kelishi va tarixiy manbalari to‘g‘rsisida tushuncha bering.
2. Issiq, suvsiz hududlarda ajdodlarimiz tomonidan chuchuk suv oqimini vujud-
ga keltirish maqsadida ixtiro etilgan maxsus qurilma to‘g‘risida o‘z fikringizni
ayting.
3. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolarning tog‘ jinslari, minerallar
va tog‘larning paydo bo‘lish to‘g‘risidagi fikrlari nimalarga asoslangan?

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling