Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alevrolitlarni
Sof gil jinslar. Sof gil jinslar lyoss va lyossimon jinslardan birinchidan
ko‘l, dengiz havzalarida loyqalarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘lishi bilan, ikkinchidan, ular asosan gil (30%) zarralaridan tashkil topganligi bilan, ana shu zarralarning lyoss va lyossimon jinslar zarralariga nisbatan zich joylashganligi, hajm og‘irliklarining ancha yuqoriligi (ko‘pincha 1,90g/sm 3 dan katta), g‘ovakligining kamligi (20—30% atrofida) kabi xossa va xususiyatlari bilan farq qiladi. Gil mineralli jinslar asosan magmatik jinslarning nurashi jarayonida vujudga keluvchi mahsulot- lardan, ularning qayta yotqizilishidan paydo bo‘lib, mineral tarkibini 6 4 asosan montmorillonit, kaolinit, gidrosluda minerallari tashkil qiladi. Jins tashkil qiluvchi zarralarning yirikligi 0,005 dan mayda bo‘lib, ularni tarkibida yotqizilishi hamda keyingi diognez sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin gil bo‘lmagan qo‘shimchalar, jumladan, temir, aluminiy oksidlari va gidrooksidlari, karbonatlar, sulfatlar, fosfatlar, marganes oksidlari, organik moddalar, shuningdek, kvars, dala shpati, sludalar xloridlar, qum qo‘shimchalari ham bo‘lishi mumkin. Dengiz havzalarida vujudga kelgan gil jinslariga montmorillonit, glaukonitlarni, kontinental (daryo, ko‘l, deluvial, proluviil) sharoitida vujudga kelgan gil jinslariga kaolinit, gidrosluda tarkibli gillar kiradi. Kaolin, montmorillonitli gillar monomineralli gil jinslari bo‘lib, muzliklar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan morena gillari, muz-suv yotqiziqlari hisoblanmish lentali gillar, dengiz gillari esa polimineral (bir mineralli) gil jinslari hisoblanadi. Montmorillonit gillariga respublikamizning Buxoro viloyatidagi Azqamar, Toshkent viloyatidagi Keles, Samarqand viloyatidagi Katta- qo‘rg‘on va qator bentonit konlarni ko‘rsatish mumkin (Zokirov, 1966). Bu gil jinslar nihoyatda katta xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lib, oqlovchi (adsorbentlik), moddalarni yog‘sizlantirishda, neft, yog‘, vino mahsulotlarini tozalashda, keramika, kimyo sanoatida, meditsinada hamda qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bo‘shoq gil jinslari va sof gil jinslarining o‘zgarishi natijasida butunlay yangi xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan jinslar alevrolitlar va argillintlar hosil bo‘ladi. Alevrolitlarni tashkil qilib turgan zarrachalar asosiy miqdorining o‘lchami 0,1—0,001 mm bo‘lib, bu jins gil va qum jinslari oralig‘iga joylashgan. Bu jins bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jinsini epigenez jarayonida qattiqlashishi, sementlashishi natijasida hosil bo‘lgan. Zichligi lyoss jinslaridan ancha yuqori (ko‘pincha 2—10—2,30 g/sm 3 atrofida), g‘ovakligi deyarli kam (10—25%). Argillit gil jinslarining yuqori bosim va harorat ostida ezilishi, siqilishi natijasida o‘zgarib hosil bo‘lgan tog‘ jinsidir. Bu jins o‘zining granulo- metrik tarkibi bilan sof gil jinsiga juda yaqin (gil zarralari 30 % dan ortiq). Faqat gil jinsidan fizik-mexanik xossa va xususiyatlari bilan zichligining yuqoriligi (2,20—2,40 g/sm 3 ), g‘ovakligining kamligi (10— 20% atrofida) hamda ba’zi minerallarni o‘zgargan bo‘lishi bilan farqlanadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling