antratsitga) aylanadi.
Ohaktoshlar dengiz hayvonlari cho‘kindilarining diogenez jarayoni-
da o‘zgarishi va zichlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jins asosan
kalsiydan (CaCO
3
) tashkil topgan bo‘lib, tabiatda ba’zan gil, qum, dolomit
[(CaMg(CO
3
)
2
)] lar bilan aralashgan holda ham uchraydi. Shuning uchun
ham bunday ohaktoshlar gilli, qumli, dolomitli (kalsiy, o‘rnini dolomit
olgan bo‘ladi) ohaktoshlar deb ham yuritiladi. Ohaktoshlar tarkibidagi
gil zarrachalarining miqdori 25—50% bo‘lsa, bunday jins
mergel (ohakli
loyqa) deb ataladi. Ohaktoshlarning rangi qo‘shilgan aralashmalarning
miqdori yoki hosil bo‘lish sharoitiga qarab, oq, och kulrang, sarg‘ish,
qizg‘ish bo‘lishi mumkin. Ana shu aralashmalarning miqdoriga, yotish
sharoitlariga qarab bu jinslarni g‘ovaklik, zichlik, mustahkamlik daraja-
lari ham turlicha bo‘ladi. Ohaktoshlarning zichligi asosan 1,85—2,80 g/
sm
3
, g‘ovakligi 0,5—10% atrofida o‘zgarishi mumkin. Ular qancha yaxshi
kristallangan va dolomitlangan bo‘lsa, qurilish nuqtayi nazaridan
mustahkam, siqilishga bo‘lgan bardoshligi yuqori bo‘ladi.
Gips (CaSO
4
•
2H
2
O), angidrid (CaSO
4
), osh tuzlari (NaCl) den-
giz chekkalari, oqar suvlar qo‘shiladigan joylarning (laguna, liman deb
ataluvchi) sayoz qismlarida, ana shu jinslarning tashkil qiluvchi
elementlari cho‘kib yig‘ilishi va diogenez jarayonida o‘zgarishi natija-
sida vujudga keladi. Bu jinslar tabiatda ko‘pincha loy, qum, qum
tuproqlar bilan birga, ularning oralig‘ida juda katta qalinlikda bo‘lmagan
qatlar holatida uchraydi. Angidrid ba’zan suv ta’sirida, uncha yuqori
bo‘lmagan bosimda (10 g/sm
3
) gipsga o‘tishi ham mumkin. Bu jinslar
sanoatda hamda qurilishda asosiy xomashyo bo‘lib hisoblanadi.
6 8
Do'stlaringiz bilan baham: |