Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Opok, trepel va diotomitlar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3.5. TEXNOGEN JINSLAR Texnogen jinslar
- O‘ZBEKISTONNING BA’ZI BIR SHAHARLARIDAGI TEXNOGEN JINSLARNING QALINLIGI
Opok, trepel va diotomitlar suv hayvonlari diotom, radiolar va
boshqalarning skeletlarini, ammorf kremnezem mahsulot massalarining cho‘kishi va ularning turli biokimyoviy yo‘llar bilan o‘zgarishi jarayonida hosil bo‘ladi. Diotom va trepellar opokka qaraganda g‘ovak hamda yengilligi bilan ajraladi. Shuni aytish kerakki, kimyoviy va biokimyoviy yo‘llar bilan hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari boshqa cho‘kindi tog‘ jinslariga nisbatan kam tarqalganliklari bilan xarakterlidir. 4.3.5. TEXNOGEN JINSLAR Texnogen jinslar deganda odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari natijasida paydo bo‘lgan jinslar tushuniladi. Bu jinslarni fanda ba’zi antropogen jinslari deb ham yuritiladi (F.V.Kotlov, 1967, A.M.Xudayberganov, 1970). Demak, texnogen jinslar kishilik jamiyati- ning butun tarixiy taraqqiyoti davomida ularning yashash sharoiti bilan bog‘liq holda vujudga kelgan. Respublikamiz hududida bu jinslar nihoyatda ko‘p tarqalgan bo‘lib, o‘zlarining paydo bo‘lish sharoitiga qarab shaharlar, imoratlar bunyod etilishi, buzilishi va qayta qurilishi bilan, kanallar, ariqlar qazilishi bilan, konlarning ochilishi va ishlatilishi jarayonlari bilan, suv, gaz omborlari, to‘g‘onlar, tabiiy bo‘lmagan ko‘llarni vujudga keltirilishi sharoiti bilan, yerlarni o‘zlashtirilishi, bir qancha minglab yillar davomida sug‘orilishi, yo‘llar o‘tkazilishi oqibatida paydo bo‘lgan jinslarga bo‘linadi. Jumladan, shaharlar, imoratlar bunyod etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinslar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Xiva va boshqa shaharlar hududida ko‘p tarqalgan bo‘lib, qalinligi 1,5 m dan 20 metrga yetadi (4.3-jadval). 4.3-jadval O‘ZBEKISTONNING BA’ZI BIR SHAHARLARIDAGI TEXNOGEN JINSLARNING QALINLIGI Qalinligi, m ¹ Shaharlar O‘rtacha Eng ko‘p Texnogen jinslarning mahsuliy tarkibi 1 Toshkent 8—10 20 2 Samarqand 6—8 15 3 Xiva 2—3 5—6 4 Buxoro 2—3 5—6 5 Andijon 1,5—2 4—5 6 Shahrisabz 1,5—2 2—3 7 Qo‘qon 1,5—2 2—3 Gil, sog‘ tuproqlar, qum, qumoq tuproqlar, g‘ishtlar, chaqiq toshlar, sopol va keramika buyumlari, temir-tersaklar, kul, har xil xo‘jalik chiqindilari, yog‘ochlar, ularni chirishidan vujudga kelgan mahsulotlar va h.k. Suv chiqarish, sug‘orish majmualari bilan bog‘liq bo‘lgan texnogen jinslarga bundan yuz, hatto bir necha minglab yillar avval tog‘ yon- bag‘irlaridan o‘tkazilgan hamda hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan ariqlar, 6 9 kanallar atrofida vujudga kelgan jinslar kiradi. Bu kanallarga Toshkent oldi hududidagi va Toshkent shahari maydonini kesib o‘tgan Zax, Xonum, Bo‘zsuv, Anhor, Qoraqamish, Bo‘rijar kanallarini, Samarqand shahrini kesib o‘tuvchi Dargom, Buxoro yaqinidagi Zarafshon darayosidan ajratib olingan Shohrux kanallarini ko‘rsatish mumkin. Ana shu kanallar bo‘ylab vujudga kelgan texnogen jinslarning qalinligi ularning ishlash davri va rejimiga qarab, 2—3 metrdan 8—10 metrga yetadi. Litologik tarkibi bo‘yicha bu jinslar gil va lyossimon jinslar guruhiga kiradi. Qazilma konlari bilan bog‘liq bo‘lgan texnogen jinslar respublika- miz hududidagi faoliyat ko‘rsatgan va faoliyat ko‘rsatayotgan hamma konlar atrofida mavjud. Jumladan, Angren, Olmaliq atroflarida bu jins- lardan qalinligi 45—95 metrga yetadigan tepaliklar vujudga kelgan. Bu jinslar o‘z litologik tarkibi bo‘yicha nihoyatda har xil bo‘lib, gil, qum, shag‘al, hatto xarsang toshlardan tashkil topgan. Yo‘l qurilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan texnogen jinslari Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan hamma hududlarda, shaharlararo, davlatlararo harakatdagi hamma temir va avtomobil yo‘llari o‘tkazilgan hududlardagi mavjud tabiiy tog‘ jinslari tarkibiga bog‘liq o‘zgarib boradi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling