Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Tog‘ jinslari yoshini radiologik usullar yordamida aniqlash


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Tog‘ jinslari yoshini radiologik usullar yordamida aniqlash. Hamma
tog‘ jinslari tarkibida u yoki bu darajada biron-bir radioaktiv element
uchrab turadi. Bular: Uran (U), Radiy (Ra), Toriy (Th) yoki ularning
izotoplaridir. Bu elementlarning shunday xususiyatlari borki, vaqt o‘tishi
bilan ular parchalanib ikkinchi yangi elementlarga: qo‘rg‘oshinga (Rb),
geliyga (He) aylana olishi mumkin.
Parchalanish davri odatda juda uzoq davom etadi. Masalan, Toriy
atomlarining parchalanishi uchun 1•4•10
7
yil kerak bo‘lsa, Uran atom-
larining yarim parchalanish davri 7•10
8
(700 million) yilni tashkil etadi.
Agar yoshini aniqlamoqchi bo‘lgan tog‘ jinsi radioaktiv tarkibi tahlil
qilinsa, uning tarkibidagi uran, toriyning parchalanmay qolgan atom-
larini, hamda qo‘rg‘oshin va geliyga oid yangi atomlarning parchalanish
natijasiga hosil bo‘lgan miqdorini bilib olamiz. Bu bilan tog‘ jinslarining
hozirgi davri va ularning paydo bo‘lgan davri oralig‘idagi vaqtni aniqlab
olishimiz mumkin.
Bu fikr birinchi marta 1903-yilda Per Kuri tomonidan aytilgan bo‘lib,
hozir fanda tog‘ jinslari yoshini aniqlashda yana bir qator: argon, rubidiy-
stronsiy, uglerod (karbon) usullari mavjud. To‘rtlamchi davr tog‘ jinslari
yoshini aniqlashda ayniqsa, uglerod (karbon) usuli katta ahamiyat kasb
etadi, nainki, atmosferada C
14
ning radioaktiv izotoplari mavjud bo‘lib,
uning yarim parchalanish davri 5568 yilga barobar. Bu izotop kosmik
nurlarning ta’siri natijasida vujudga keladi. Xuddi shu vaqt C
14
izotopi
bilan reaksiyaga kirishmaydigan neytronlar ham hosil bo‘ladi. O‘sim-
liklarning hayot kechirishi jarayonida ularning tanasida ham radioaktiv
va radioaktiv bo‘lmagan uglerod bo‘lib, ularning miqdori (nisbati) o‘sim-
liklarning o‘sishi vaqti uchun o‘zgarmasdir. O‘simliklar «o‘lgach» undagi
radioaktiv uglerod parchalanish natijasida kamaya boradi. Shuning uchun
tog‘ jins qatlamlari orasida ko‘milib qolgan o‘simlik qoldiqlaridagi
radioaktiv uglerodning o‘zgargan miqdori, o‘zida o‘simlik tanasini saqla-
gan mazkur tog‘ jinslari yoshi to‘g‘risida fikr yuritishda birdan-bir manba
bo‘lib hisoblanadi. Chunki radioaktiv uglerodning yarim parchalanish
davrini bilishimiz tufayli, o‘simlik tirik vaqtidagi radioaktiv uglerodning
miqdorini u «o‘lgandan» keyin kamaygan radioaktiv uglerod miqdori
bilan solishtirish natijasida o‘simlikni o‘z bag‘rida saqlagan tog‘ jinsi-
ning yoshi aniqlanadi. Bu usul to‘rtlamchi jins yoshini aniqlash bilan
bir vaqtda arxeologik topilmalar yoshini aniqlashda ham asqatmoqda.
Masalan, Sezotris-IIIning qabridagi yog‘ochning yoshi 3621 yil, Misr-
dagi Ptolemeylar devoridagi qabrlardan topilgan yog‘och buyumlarning
yoshi 2190 yilligi shu usulda aniqlangan.


7 8
Radioaktiv parchalanish usuli bilan eng qadimiy tog‘ jinslarining
yoshi aniqlanmoqda. Jumladan, olimlar bu usul yordamida Kavkaz
otqindi tog‘ jinslarining yoshi bir necha million yil ekanini, Kursk magnit
anamaliasining yoshi 1 milliard 950 million yil, Boltiq kristallik qalqoni
yoshi 1 milliard 800 million yildan 3 milliard 100 million yilga borishi,
Chotqol-Qurama tog‘laridagi ba’zi bir otqindi tog‘ jinslarining yoshi
305 million yildan 316 million yilga borishi, Janubiy Afrikaning ba’zi
bir minerallarining yoshi 2,7 milliarddan 3,2 milliard yilga yetishi, Gren-
landiyadagi granit jinslarining yoshi 3 milliard 960 million yilga borishini
aniqlashgan.
A. Xolmsning bergan ma’lumotlariga qaraganda, yer qobig‘ining
qotishi 3,4 milliard yil avval boshlangan. Meteoritlarning yoshi 4,5
milliard yilni tashkil etadi.
Bu yerda yana shuni aytib o‘tish kerakki, radiologik uslublarning
har bir usulining o‘z qo‘llanish chegarasi bor. Jumladan: Uglerod C
14
usuli bilan 2000 yildan 30 000 yillar orasida paydo bo‘lgan tog‘ jinslari
yoshlari aniqlanadi. Kaliy-argon usuli 100 000 va undan katta, rubidiy-
stronsiy usuli 5 million yildan katta, uran-qo‘rg‘oshin usuli 200 million
va undan katta yoshdagi tog‘ jinslari uchun, uran 235 usuli esa 1—4
milliard yoshga taalluqli minerallar va tog‘ jinslari uchun qo‘llaniladi.
Biz yuqorida keltirib o‘tgan usullar, so‘zsiz vaqt o‘tishi bilan kishi-
larning dunyoni bilish to‘g‘risidagi bilimlarining mukammallashishi
natijasida yanada takomillasha boradi, tabiatning yangi, hozir noma’lum
bo‘lgan qonuniyatlarining ochilishi, yangi-yangi qurilmalarning paydo
bo‘lishi, tog‘ jinslarining hozir aniqlangan yoshini yanada aniqlashtirdi,
o‘zgartirishlar kiritadi, yangi ma’lumotlar bilan boyitadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling