Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. GEOXRONOLOGIYA VA GEOXRONOLOGIK SHKALA BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOT
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Metamorfik jinslar deb qanday jinslarga aytiladi? 2. Kataklastik, termal, dinamotermal metamorfizm jarayonlari to‘g‘risida gapirib bering. 3. Metamorfik tog‘ jinslariga misollar kelitiring. Ular bir-birlaridan qaysi xususityalari bilan farq qiladi? 5-BOB GEOXRONOLOGIYA. GEOXRONOLOGIK SHKALA 5.1. GEOXRONOLOGIYA VA GEOXRONOLOGIK SHKALA BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOT Olam-Koinot bag‘ridagi hamma jismlar, ularning olam qonuniyat- lari zaminida birlashtirib turuvchi son-sanoqsiz galaktika, yulduz sistemalari o‘zlarining paydo bo‘lish, rivojlanish vaqtiga, yoshiga ega. Bizning Yerimiz ham mana 4,5—5,5 milliard yillar oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning ustki qobig‘ini tashkil qilib yotgan jins qatlamlari ham o‘zining paydo bo‘lish davriga, yoshiga ega. V. I. Lebedinskiy ta’biri bilan aytganda, Yer shari tabiat tomonidan yozib qoldirilgan qalin Tosh kitobdir. Uni o‘rganar ekanmiz, u ayrim tomlardan (eralardan), boblardan (davrlardan), qismlardan (epoxa, bo‘limlardan), paragraflardan (asrlar, yaruslardan) tuzilganligini ko‘ra- miz. Ana shu tom, qism, paragraflarning mazmuni tahlil etilsa, har bir tom, bob, qism, paragraf yozilishiga ketgan vaqt, undan shu kungacha o‘tgan davrlar va ana shu davrlarda yuz bergan sharoitlarni bilib olamiz. Bu esa Yer geologik tarixiy taraqqiyotining u yoki bu davrida yuz bergan tektonik harakat jarayonlari, planetamiz iqlim sharoitining o‘zgarish qonuniyatlari, nabobot va hayvonot dunyosining almashinish sabablari, quruqlik va dunyo okeani orasidagi tinimsiz kurash jarayonlari, Yerning ichki va tashqi qismida doimiy ravishda yuz beradigan dinamik kuch- larning xarakterlari bilan chambarchas bog‘liq. XIX asrga kelib geologlar dunyoning hamma materiklarida tarqal- gan tog‘ jinslari qavatlari orasida toshga aylangan organik hayotning vakillari to‘g‘risida boy ma’lumotga ega bo‘ldi. Ana shu ma’lumotlar- ning har tomonlama tahlil qilinishi Yer tarixiy taraqqiyotining dastlabki davrlaridan boshlab, hozirgacha bo‘lgan vaqt oraliqlarini ma’lum eralarga, davrlarga, epoxalarga, asrlarga ajratishga muvofiq bo‘lindi. Eralar grekcha so‘zlar bilan belgilangan bo‘lib, birinchisi: arxey — eng avvalgi, ikkinchisi: proterozoy — dastlabki hayot, uchinchisi: paleozoy — qadimiy hayot, to‘rtinchisi: mezozoy — hayotning o‘rta taraqqiyot davri, beshinchisi: kaynozoy — yangi hayot ma’nolarini anglatadi. 7 4 Shuningdek, olimlar Yer tarixiy taraqqiy davrini ikki katta bosqichga: kriptozoy (sirli hayot) va fanerozoy (aniq hayot) bosqichlariga bo‘ladilar. Kriptozoy bosqichiga Yer tarixining poleozoy erasidan oldingi eralar yoki kembriygacha bo‘lgan eralar, fanerozoyga kembriydan keyingi eralar (ordovik, silur, devon va b.) kiritilgan. Bu demak, organik hayot asosan kembriydan boshlab paydo bo‘laboshlagan bo‘lib, keyingi eralarda o‘z taraqqiyotini topgan demakdir. Yuqoridagi holatlarni umumlashtirib shuni aytish kerakki, Yer tarixiy taraqqiyot davomida, uning ichki va tashqi qismlarida yuz bergan voqealarni va yer qobig‘i jinslarini hosil bo‘lish vaqtini pastdan yuqoriga qarab, ketma-ket yotqizilish qonuniyatlarini o‘rganish asosida ularni ma’lum davrlarga bo‘lib ko‘rsatish fanda geoxronologiya deb yuritiladi. Umumiy stratigrafik shkala birliklariga (eonotema 1 , guruh, sistema, bo‘lim, yarus, zona) ekivalent bo‘lgan geoxronologiya bo‘limlarning (eon 2 , era, davr (period), zamon (epoxa), asr, faza) iyerarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysunishi) sis- temasi geoxronologiya shkala ma’nosini anglatadi (Abidov, Ergashev, Qodirov, 2000). Bu yerda guruh (gruppa) — butun bir geologik era davomida paydo bo‘lgan tog‘ jinslarini, sistema — geologik davr mobaynida paydo bo‘lgan tog‘ jinslarini, bo‘lim — geologik epoxa (zamon) davomida paydo bo‘lgan tog‘ jinslarini, yarus — geologik asrlar davomida vujudga kelgan tog‘ jinslarini o‘z ichiga oladi. 5.1-jadvalda geoxronologiya shkalasi keltirib, unda geologik eralar- ning nomlari, davrlar va organik hayotning rivojlanish evolutsiyasi ko‘rsatilgan. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling