Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Kvarsitlar kvarsli (qumtoshlarni) o‘zgarishidan paydo bo‘lib, mine-
ralogik tarkibi, asosan, kvarsdan tashkil topgan bo‘ladi. Kvarsit (qum-
toshga) nisbatan zich, o‘ta mustahkam, qattiq jinsdir. Rangi dastlabki
qumning rangiga qarab oq, kulrang, qizg‘ish bo‘lishi mumkin.


7 2
Kvarsitlar (qumtosh)lardan tashqari opok, trepel, diotomit kabi
kremniyli cho‘kindi tog‘ jinslarining o‘zgarishidan ham hosil bo‘ladi.
Bu tipda hosil bo‘lgan metamorfizm jinslar, asosan, tusi zangor, sariq,
qizg‘ish yo‘l-yo‘llardan (beqasamga o‘xshash) iborat bo‘ladi.
Kvarsitlar qurilish nuqtayi nazaridan o‘ta mustahkam tog‘ jinsi
hisoblanib, g‘ovakligi 0,2—0,5% dan oshmaydi, siqilishga bo‘lgan vaq-
tincha qarshiligi esa 150—200 MPa dan oshib ketadi.
Marmartoshlar ohaktoshlar, dolomit kabi karbonat cho‘kindi tog‘
jinslarining metamorfizm jarayonida qayta kristallanishi yo‘li bilan hosil
bo‘ladi. Bu jins asosan kalsit mineralidan tashkil topgan bo‘lib, rangi
ko‘pincha oq, qizg‘ish, sarg‘ish, kulrangdir.
Marmartoshlar ohaktoshlardan mustahkamligi, g‘ovakligining kamligi
(1 % dan kam), zichligining ancha yuqoriligi (2,50—2,70 g/sm
3
), siqili-
shiga bo‘lgan vaqtincha qarshiligining 200 MPa ga borishi bilan ajralib
turadi.
Gneyslar magmatik (granit, siyenit, diorit va h.k.) va cho‘kindi gil
jinslarning metamorfizm jarayoniga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi.
Agar bu jins magmatik tog‘ jinslarining o‘zgarishidan hosil bo‘lsa, fanda
ortogneyslar, cho‘kindi tog‘ jinslari o‘zgarishidan hosil bo‘lsa, parag-
neyslar deb yuritiladi. Mineralogik tarkibi jihatidan asosan kvars, dala
shpati, sludalar (biotit va muskovit) dan tuzilganligi bilan xarakterlidir.
Skarnalar kontakt yoki termal metamorfizm natijasida ikki jins —
granit magmasining, ohaktoshlarga ta’siri (ohaktoshlar yoriqlaridan
magmaning ko‘tarilishi jarayonida) jarayonida hosil bo‘ladi. Rangi asosan
qoramtir bo‘lib, bu jinsning tarkibida granat, piroksen va qisman epidot,
stavrolit, vallastanitlar uchraydi. Skarnalarning hosil bo‘lish jarayoni
sulfid, mis, magnetit, volfram, molibden kabi ruda konlarining paydo
bo‘lish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir.
Rogoviklar — kontak metamorfizm jarayonida gil slanetslarining
hamda magmatik jinslarning o‘zgarishi yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bu jins
o‘ta zichligi, mikrokristallanganligi, slanetsga xos qattiqligining yo‘qol-
ganligi, kvars, biotit, magnetit, ortoklaz, granat, amfibol, piroksen, silli-
monit kabi minerallarning qayta paydo bo‘lishi bilan, qoramtir, shox
rangligi bilan xarakterlidir. Injener-geolgik nuqtayi nazardan bu jins
nurash jarayoniga chidamliligi, zichligining kamligi, siqilishiga bo‘lgan
qarshiligining yuqori (150 MPa dan ortiq)ligi bilan ajralib turadi.
A. B. Ronov va A. A. Grashevskiylarning hisoblashlaricha, hamma me-
tamorfik jinslar hajmining 65 % ga yaqini gneyslarga, 15 % ga yaqini
kristallangan slanetslarga, 17% chasi amfibolitlarga (o‘rta va asos tar-
kibli otqindi jinslar — bazalt, diabazallar va ularning tuflari o‘zgarishi
natijasida hosil bo‘lgan metamorfik tog‘ jinslari), plagioklazlarga (andezit
va anortit hamda dala shpati, piroksen, granat minerallaridan tashkil
topgan), faqat 2,5% yaqini marmarlarga to‘g‘ri kelar ekan.


7 3

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling