Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar —


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘ladigan yer qimirlashlar —
birinchi, ikkinchi va uchinchi guruhga kiruvchi yer qimirlashlarga
nisbatan juda ham bexosdan yuz berib, butun bo‘ladigan yer qimir-
lashlarning 95 protsentdan ortiqrog‘ini tashkil qiladi. Birinchi, ikkinchi
va uchinchi guruhga kiruvchi yer qimirlashlarni oz bo‘lsa-da oldindan
bilish imkoniyati mavjud bo‘lib, to‘rtinchi guruhga kiruvchi yer qimir-
lashlarni oldindan bilish ancha mushkuldir. Chunki o‘pirilish yuz berishi
ehtimoli bor rayonni geologik, injener-geologik jihatdan tekshirib
o‘pirilishning taxminan yuz berish vaqtini, hosil bo‘ladigan energiya
miqdorini aniqlash, kerakli choralar ko‘rish mumkin. Vulqonlar otilish
harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlarni, ana shu vulqon
otilishidan oldin yuz beradigan ba’zi belgilariga qarab aytish mumkin.


8 6
Ma’lumki, vulqon otiladigan joydan — krateridan vulqon otilishi
boshlanishidan bir necha kun avval tutun chiqa boshlaydi, tutun asta-
sekin quyuqlashadi bu esa vulqonning otilishi yaqinlashayotganligidan
darak beradi. So‘ngra qattiq gulduros ovoz eshitiladi, xuddi shu vaqtda
yer qimirlash hodisasi yuz beradi. Demak, tutun chiqa boshlagan vaqtdan
boshlab tezlik bilan, birinchidan vulqondan, ikkinchidan, yer qimir-
lashdan hamda bu hodisalar natijasida yuz beradigan talafotlardan qutu-
lish choralari ko‘rila boshlanadi.
Tektonik harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan yer qimirlashlar bir necha
o‘n, yuz yillar mobaynida yer qobig‘ining ayrim qismlaridagi jins
qatlamlarining siqilishi, egilib, cho‘zilib, taranglashib borishi natijasida
yig‘ilgan energiyaning yoki yer qobig‘ining ma’lum uchastkalaridagi
radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida yig‘ilgan issiqlik
energiyasining sarflanishi bilan bog‘liqdir. Ya’ni yer qobig‘ining ma’lum
qismlarida yig‘ilayotgan energiya yerning ana shu qismida yotgan jins
qatlamlarini shunday darajagacha siqadi yoki taranglashtiradiki, tog‘
jins qatlamlari qarshilik ko‘rsata olmay qoladi, natijada yer qa’rining
shu qismida (uzunligi ba’zan 100 km dan oshadigan) qattiq yorilish-
portlash hodisasi yuz beradi. Bu hodisa juda ham katta kuchga ega
bo‘lgan tebranma to‘lqinlarni vujudga keltiradiki, bu to‘lqinlar o‘z nav-
batida turli tomonlarga qarab, juda katta tezlikda tarqaladi. Yer ostida
yig‘ilgan energiyaning sarf bo‘lish markazi, ya’ni yorilish hodisasi yuz
bergan joy gipotsentr deb, uning vertikal chiziq bo‘ylab yer yuzasidagi
proyeksiyasi epitsentr deb ataladi. Yorilish markazidan tarqalgan
tebranma to‘lqin eng avval katta zarba bilan gipotsentrga yetib keladi,
shuning uchun ham bu zonada eng ko‘p vayrongarchiliklar yuz beradi.
Epitsentrga gipotsentrdan yetib kelgan to‘lqinlarning bir qismi epitsentrda
bajargan ishlari evaziga so‘nadi, qolgan bir qismi esa epitsentrdan 360°
radius bo‘ylab turli tomonlarga tarqaladi. Bu to‘lqinlar epitsentrdan
uzoqlashgan sari kuchsizlanib boradi. Shuning uchun epitsentrda yer-
ning qimirlash kuchi ba’zan 8—9 ball bo‘lsa, epitsentrdan uzoqlashgan
sari bu qiymmat 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1 bo‘lib, oxiri sezilmaydigan darajada
(yoki 0 ga teng) bo‘ladi.
Hisoblashlar natijasida shuni aniqlaganki, gipotsentrda sarf bo‘la-
digan energiyaning kuchi ba’zan 10
24
—10
25
erg ga yetib, bu bir trillion
ot kuchiga teng kelar ekan, yoki — Dnepr GESi bu energiyaning
quvvatiga teng keladigan elektr quvvatini ishlab chiqarish uchun 300—
350 yil tinmay ishlashi zarur, 1966-yil 26-aprelda Toshkentda yer
qimirlash vaqtida gipotsentrda hosil bo‘lgan energiyaning miqdori
V. I. Ulomovning ma’lumoti bo‘yicha 100 000 000 000 000 J bo‘lib,
quvvati 50 000 000 000 kilovatga yetgan.
Yuqoridagi zilzila turlaridan eng xavflisi tektonik yer qimirlash bo‘lib,
uni chuqur o‘rganish talab etiladi.


8 7
Tektonik yer qimirlashlarning epitsentri, asosan alp tog‘ hosil qiluvchi
jarayon kuzatilayotgan maydonlarda joylashgan bo‘lib, olimlar tomoni-
dan planetamizda bu harakatlarga moyil bo‘lgan ikkita aktiv seysmik
belbog‘ ajratilgan.
Birinchisi — Tinch okean seysmik mintaqasi hisoblanib, bu mintaqa
Tinch okeanini o‘rab turgan tog‘lik oblastlarni (Amerika qit’asining
Tinch okean bo‘yi qirg‘oqlarini), shu hududga joylashgan orol va yarim
orollarni (Alyaska, Aleut, Kamchatka, Kuril, Zond, Yangi Gvineya va
Yaponiya) o‘z ichiga oladi.
Ikkinchisi — Osiyo va Yevropa seysmik mintaqasi hisoblanib, bu
mintaqa Meksika qo‘ltig‘idan tortib, O‘rta Yer dengiz sohillarigacha,
Kavkaz va Markaziy Osiyo tog‘lari osha yana Tinch okeani seysmik
mintaqasi bilan birlashguncha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga oladi. Bi-
rinchi seysmik mintaqa ikkinchi seysmik mintaqaga qaraganda ancha
aktiv hisoblanib, butun yer yuzida bo‘ladigan yer qimirlashlarning qariyb
68 protsentidan ko‘prog‘i ana shu hududga, qolgan 32 protsenti ikkinchi
mintaqaga va qisman planetamizning qolgan qismlariga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimizdagi yer qimirlash rayonlari asosan ikkinchi mintaqaga
to‘g‘ri kelib, bularga Tyan-Shan sistemasiga kiruvchi tog‘ va tog‘oldi
hududlar kiradi.
Ma’lumki, har yili planetamizda bir necha minglab yer qimirlash-
larni seysmograflar yordamida qayd etiladi (6.1-jadval). Bulardan 100—
170 tasi vayron qiluvchi, fojiali, kuchli bo‘lib, imorat va inshootlarning
buzilishiga, yer yuzasida yoriqlar paydo bo‘lishiga, ming-minglab
insonlarning yostig‘i qurishiga sabab bo‘ladi (6.3—6.4-rasmlar).
6.1-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling