Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER SHARI BO‘YICHA TURLI KUCHGA EGA BO‘LGAN


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

YER SHARI BO‘YICHA TURLI KUCHGA EGA BO‘LGAN
ZILZILALARNING BIR YILDAGI O‘RTACHA MIQDORI
(Q. N. Abdullabekovdan, 1992)
¹ 
Zilzilalar 
Kuchi 
(magnitudasi) 
Zilzilalarning yillik 
o‘rtacha soni 

Dynyo miqyosidagi fojia 

1—2 

Regional miqyosdagi talafotli 
7—8 
15—20 

Lokal miqyosidagi kuchli 
6—7 
100—150 

O‘rtacha kuchli 
5—6 
750—1000 

Joylardagi kuchsiz shikastlantiruvchi 
4—5 
500—7000 
Zilzilalar odamzod uchun juda katta ziyon keltiradi. Katta mehnat
evaziga yig‘ilgan milliardlab miqdordagi mablag‘ bir necha sekund
mobaynida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Masalan, Amerika olimlari
J. T. Alfors va boshqalarning hisoblashlariga ko‘ra faqat Kaliforniya
shtatining o‘zida zilzila bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar 21 mlrd dollarni


8 8
yoki hamma geologik hodisalar va urbanizatsiyalash uchun ketadigan
sarfning 1/3 qismidan ko‘pini tashkil etar ekan (6.5-rasm).
Yer qimirlash hodisasi ba’zan dengiz osti hududlarida ham yuz be-
radi. Dengiz ostida bo‘lgan yer qimirlashlar ayniqsa halokatli bo‘lib,
dengiz qirg‘oqlari va dengiz atrofidagi rayonlarga juda ham katta zarar
keltiradi. Dengiz ostida bo‘ladigan yer qimirlashlar tektonik, vulkanizm
hamda o‘pirilish hodisalari bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Dengiz
ostida yer qimirlaganda kuchli to‘lqinlar paydo bo‘lib, bu to‘lqinlar
ba’zan 30—40 metr balandlikka ko‘tarilgan holda shiddat bilan bir necha
kilometr quruqlik tomon bosib kiradi. Imoratlarni, yo‘llarni, gidrotexnik
6.3-rasm. Tojikiston. 1985-yilgi Qayroqqum zilzilasi jarayonida yer sathida hosil
bo‘lgan o‘zgarishlar (O.M.Borisov olgan rasm).


8 9
6.4-rasm. Gazli. 1984-yilgi zilziladan keyin bazi bir imoratlar holati.
inshootlarni, telegraf-aloqa vositalarini buzib, yer bilan yakson qiladi,
ko‘plab kishilarning halokatiga sababchi bo‘lib, qaytishda butunlay si-
dirib dengizga olib qaytadi. Bunday hodisalar Tinch, Atlantika okeani,
O‘rta Yer dengiz qirg‘oqlarida ko‘plab bo‘lib, yaponlar bu hodisani «Su-
nami» deb ataydilar.
1923-yili 14-aprelda Ust Kamchatka rayonida bo‘lgan sunami
hodisasini P.Novograblenov quyidagicha tasvirlaydi (O. K. Langedan):
«1923-yil 14-apreldagi halokat kechasi soat ikkidan oshganda juda kuchli
zarba (Rossiya Forel shkalasi bo‘yicha 5
1
/
2
ball)bilan boshlanib, bir necha
sekund davom etdi va turar joylarga ancha katta zarar yetkazdi. 15 minut-
dan keyin dengiz tomondan kuchli shovqin eshitildi va go‘yo dengiz
quruqlikka bosib kelayotgandek bo‘lib tuyuldi. Eng kuchli shovqin
janubi-g‘arb tomondan yoki oqim bo‘ylab hisoblanganda, Kamchatka
daryosining o‘ng tomonidan eshitildi. Dengizning quruqlikka bosib
kelayotgandagi shovqin nihoyasiga yetgach, daryo bo‘yidagi nerpa ovlash
imoratlari turgan qumtili tomonidan dahshatli qarsillash va yiqilayotgan
imoratlarning gumburlagan ovozi eshitildi. Undan keyin shovqin asta-
sekin pasaya bordi.
Erta tongda havorang tuman tutuni ichida hayratda qolgan kishilar
ko‘zi oldida qo‘rqinchli manzara namoyon bo‘ldi: qumtilida birorta ham
imorat qolmagan edi, aftidan ular gigant to‘lqinlar bilan yuvib olib ketil-
gan bo‘lsa kerak. Nerpa zavodi o‘rnashgan joyda qandaydir bir shaklsiz
uyum ko‘zga tashlanar edi; faqat radiostansiya binosigina omon qolgan.


9 0
Qishloqning janubi g‘arbiy qismi ham o‘sha ofatga yo‘liqqan ba’zi
uylarni tag-tugi bilan olib ketgan, boshqalari esa yarim vayronaga aylanib
qolgan; uchinchilari — suv bilan to‘lib qolgan. Umuman qishloqning
bu qismi noxush vayrona manzaraga aylangan edi.
U yerda yashovchi kishilar dengiz shovqini, to‘g‘rirog‘i, bosib kela-
yotgan dengiz to‘lqini yaqinlashgandan keyingina qishloqni tashlab,
o‘zlariga najot izlab qishloqning o‘rta qismiga yugura boshladilar»
Ana shunday noxush vayronagarchiliklarni, eng ko‘p insoniy talafot-
larni keltirib chiqargan tabiiy ofat — sunami 2004-yilning 26-dekabirida
Osiyoning janubi sharqiy qismida Hind okeani havzasida yuz berdi.
Rixter shkalasi bo‘yicha 8—9 balldan oshiq kuchga ega bo‘lgan yer qimir-
lash hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada Indoneziya, Tailand va boshqa ularga
6.5-rasm. Kaliforniya shtatida yuz beradigan geologik jarayonlar va urbanizatsiya
oqibatlari uchun sarflanadigan xarajatlarning 1970
2000-yillarga bo‘lgan taxminiy
miqdori (J.T.Alfors bo‘yicha, 1981)


9 1
yaqin hududlar juda katta zarar ko‘rdi. O‘n bir mamlakatda 230 mingdan
ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi, bedarak yo‘qoldi. Ming-minglab
kishilar mayib-majruq bo‘ldi. Ayniqsa, Sumatra oroli va Shri Lanka
hududlari haddan tashqari zarar ko‘rgan bo‘lib, hayotdan ko‘z yumganlar
soni Sumatra orolida 90 mingdan ortiq, Shri Lanka hududida 30
mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
Zilzila o‘chog‘i — gipotsentrning vujudga kelish chuqurliklari
bo‘yicha: yuza 70 km gacha (qobiq), o‘rta 70—300 (qobiq osti) va chuqur
300 dan 700—750 km dan pastda bo‘lgan xillarini ajratish mumkin.
Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 10—40 km,
ba’zan unga yondosh hududlarda (Pamirda) 70 km gacha chuqurlikda
joylashganligi qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘ining chuqurligi o‘zgarishi
bilan uning kuchi ham o‘zgarib borishi aniqlangan (6.2-jadval).
Tabiatda ba’zan eng asosiy — kuchli yer qimirlashlardan 2—8 kun-
dan 30—40 kungacha oldin kuchsiz yer silkinishlari (qimirlashlari) so-
dir bo‘lib ham turadi. Bunday asosiy yer qimirlashlargacha bo‘lgan
kuchsiz yer qimirlashlarni fanda yer qimirlash forshoklari deb, asosiy
kuchli yer qimirlashlardan keyin sodir bo‘ladigan kuchsiz yer qimirlash-
larni esa yer qimirlash aftershoklari deb ataladi. Aftershoklar uzoq 1—
2-yil davom etishi ham mumkin. Lekin ularning kuchi asosiy yer
qimirlashlar kuchidan ko‘p holatlarda 100—1000 marotaba kam bo‘lishi
mumkin.
6.2- jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling