Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
Download 153.5 Kb.
|
Ko'l va botqoqliklar yotqiziqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi tarkibi
Kurs ishining vazifasi Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish belgilanadi:
Ko’l yotqiziqlari va uziga xos xususiyatlari Botqoqliklar yotqiziqlari va uning turlari Ko’l va botqoqliklar yotqiziqlarining umumiy geologiyasi Kurs ishi tarkibi. Mazkur ish “Kirish”, Asosiy qism, “Xulosa” hamda foydalaniladigan adabiyotlar ruyhatidan iborat. ASOSIY QISM Ko’l yotqiziqlari va uziga xos xususiyatlari KOʻL YOTQIZIQLARI - hoz. va qad. geologik davrlarda mavjud boʻlgan koʻllar tubida paydo boʻlgan yotqiziqlar. Koʻl yotqiziqlari mexanik (qum, shagʻal, gil), kimyoviy (koʻl buri, tabiiy soda, mirabilit, osh tuzi, gidrogalit, gips, astraxanit, epsomit, bishofit, karvallit va b.) yoʻl bilan hamda organik qoldiqlarning chirishidan (torf, diatomit, shifobaxsh balchiqlar) hosil boʻladi. Bularning hammasi chuchuk va shoʻr suvli koʻllarga xosdir. Koʻl yotqiziqlari kontinental yotqiziklarga mansub, lekin dengiz yotqiziqlariga xos belgilarga ham ega. Har xil tabiiy geografik sharoitlarda hosil boʻlgan koʻllar turlari koʻpligi sababli ularning yotqi-ziqlari ham turli-tuman boʻladi. Muzlik koʻllari muzlik va koʻl yotqiziqlarining birikmasidan (mas, turtlamchi davr lentasimon gillari) tashkil topgan, karst koʻllari maʼlum mikdorda karbonatli yotqiziqlar bilan toʻlgan boʻladi. Koʻl-muzlik (limnoglyatsial) yotqiziqlarini alohida toifaga ajratadilar. Gumid iqlimli tekislik koʻllarida, asosan, alevritgilli, arid iqlimli mintaqalarda esa galogen-karbonatli yotqiziklar toʻplanadi. Oʻzbekistonda Qizilqum, Mirzachoʻl, Markaziy Fargʻona va Qoraqalpogʻistonda keng tarqalgan. Ko’l yotqiziqlari xilma-xil buladi. Bu yotqiziqlar ko’lning chuqurligiga, joylashgan urniga, atrofidagi jinslarga va iqlim sharoitiga bog‘liqdir. Chu1 va dashtdagi ko’l yotqiziqlari nam iqlimli ulkalardagi yotqiziqlardan farq qiladi. Mutadil iqlimi ulkalardagi katta ko’llarning yotqiziqlari ichki dengizlardagi yotqiziqqa o 'xshaydi. Ko’lning shag‘al, qum kupchilikni tashkil etgan qirg‘oq qismida tulqinlar ryabi va chig‘anoq tuplamlarining izlar2i saqlanib qoladi. Havzaning markaziga borgan sari, ayrim vaqtlarda qirg‘oqning xuddi uzidan, il va gil chukindilari tuplana boradi, ayrim vaqtlarda ular organogen yoki kimyoviy yotqiziqlar bilan almashinadilar.Chukindilarning asosiy qismini ko’lning atrofidagi hududda hukmron bulgan jinslar tashkil etadi: morenalar kup tarqalgan hududlarda -qumoqlar, zandra qumlari va boshqalar hukmrondir. Ko’llarda mahalliy sharoitga qarab, kim yoviy va organogen chukindilar tuplana boradi. Masalan, magmatik jinslar kup uchraydigan yerlardagi ko’llarda (organik yoki kimyoviy yul bilan) temir rudasi yotqiziladi (Ural, Kareliya, Finlyandiya va boshqalar).Nam iqlimli yerlarda kislorod ko’l tagigacha borib eta olmaydi, shuning uchun uning tagida kup miqdorda plankton va ko’l tagi faunasi chirimasdan tuplanadi. Bu anaerob (kislorodsiz) sharoitda chukindilar to ‘planib, bir necha metr qalinlikka ega bo ‘lgan yarim suyuq holdagi yonuvchi chirindilarni hosil qiladi va nihoyat, kumirga aylanadilar. Rossiyaning Yevropa qismidagi ko’llarda, masalan, Seliger ko’lida gastropod, peletsipod va chig‘anoqlar tuplanib, ohakli suv usimliklari bilan birga g‘ovakli ohak chukindilarini — «ko’l burini» yoki mergelini hosil qiladi.Juda qadim zamonda ulib ketgan diatom planktonlarining chig'anoqlari ko’l tagida katta maydonlarni egallab, qimmatbaho diatomit hosil bulishiga sabab bulgan (Sevan ko’li, Baykal va boshqalar). Ko’l yotqiziqlarining yupqa qatlam lardan iborat ekanligi suv sathining tez-tez uzgarib turishini aks ettiradi, bu qatlamlanishlar ko’l chukindilariga xos xususiyatdir. Chuchuk suvda yashovchi peletsipod, gastropod va ostrakodlaming konlarda hukmronlik qilishi koel yotqiziqlarini dengiz yotqiziqlaridan ajratib turadi. Bunga atroflari qum-gil va karbonatli mayda qatlamlardan, markaziy qismi diatom illaridan tashkil topgan Sevan ko’li misol bulishi mumkin. Oqmaydigan yoki sekin oqib turadigan suvlar tuplangan, bevosita dengizga qushilmagan, urta qismida usimlik usmaydigan havza ko’l deb ataladi. Bir muncha sayoz ut usib suv yuzasigacha chiqqan suv havzalari botqoqlik deyiladi. Ko’llarni urganish bilan limnologiya fani shug’ullanadi. Dunyodagi ko’llarning maydoni Yer sharidagi quruklikning 1,8% ni yoki 27 mln. kv. km ni tashkil etadi. Barcha ko’llarning yalpi suv hajmi 29000 kub km ga teng. Ko’llarning suv tuplanadigan botigi ( kotlovinasi) turli geologik jarayonlar natijasida vujudga keladi. Suv tuplanadigan botig’ining paydo bulishiga kura ko’llar quydagi asosiy tiplarga bulinadi: 1.Tektonik ko’llar. Bu ko’llarning botig’i tektonik harakatlar natijasida yer pustining chukkan, bukilgan hamda yorilgan joylarida vujudga keladi. Tektonik ko’llar odatda ancha chuqur va yon bag’rining tik bulishi bilan ajralib turadi. Yer sharidagi eng katta Kaspiy ko’li hamda eng chuqur Baykal ko’li, shuningdek Shimoliy Amerika Buyuk ko’llari, Buyuk Afrika ko’llari, Onego, Ladoga, Orol, Balxash ko’llari, Issik ko’l, Ulik dengizi, Skandinaviya hamda Balqon yarim orollaridagi yirik ko’llar tektonik ko’llardir. 2. Vulkanik ko’llar. Vulkanik ko’llar sungan vulqanlarning kraterlarida yoki sovib qotib qolgan lava oqimlarining pastkam qismlarida suv tuplanishidan paydo buladi. vulqanik ko’llar Frantsiyada, Yava, Yangi Zelandiya orollarida kup uchraydi. Rossiya teritoriyasida vulkanik ko’llar Kamchatka yarim orolida hamda Kuril orollarida keng tarqalgan. 3. Muzlik ko’llari. Bu tipdagi ko’llar botig’i asosan materik muzliklari bosgan teritoriyalarda muzlik eroziyasi natijasida paydo buladi. muzlik ko’llari Kanadaning shimoliy qismida, Finlandiyada, Taymir yarim orolida kup uchraydi. Muzlik ko’llari hozirgi zamon tog’ muzliklari ishi natijasida ham vujudga keladi. Bunga Alp, Kavkaz, Oltoy tog’laridagi, qisman Urta Osiyo tog’laridagi ba'zi ko’llar ham misol bula oladi. 4. Karst ko’llari - karst hodisasi natijasida vujudga kelgan chuqurliklarga suv tuplanishi natijasida hosil buladigan ko’llardir. Bu ko’llar ohaktosh, gips, dolomit kabi eruvchan jinslar keng tarkqlgan teritoriyalar uchun xarakterlidir. Karst ko’llari kupincha chuqur, biroq kichik buladi. Bundan tashqari dengiz buylarida suv erroziyasi va suv akkumulyatsiyasi natijasida hosil bulgan ko’llar, tug’on ko’llari, eol ko’llari ham mavjud. Ko’l suvi tulqinlari ko’l qirg’og’ini yemiradi ko’l qirg’og’idan yemirilgan jinslar chukib, ko’l tagida tuplanib boradi. Bu chukindilar mexanik va ximiyaviy buladi: ximiyaviy chukindi suv oqib chiqmaydigan ko’llarda hosil buladi, chunki suv oqib chiqadigan ko’llarda bu xil chukindilar suv bilan oqib ketadi. Mexanik chukindi hamma ko’llarda ma'lum bir qonuniyat buyicha chukadi. Dag’al chukindilar suvning ko’lga quyilish joyida chukadi, maydalari ko’lning ichkarisiga borib chuka boshlaydi. Irg’itma tulqin sohilga urulib turgan rlarda dagal chukindilar - tosh, shag’al, qum chukadi. Dag’al va mayda mexanik chukkindilar bilan bir qatorda ko’l tagida organik gil - sapropellar tuplanadi. Ut bosib ketgan ko’llarda sapropellar ko’l tagida bir necha metr qalinlikda tuplanib, ko’l botigini tuldirib yuboradi. Chuqur ko’llarda oqsil moddalarining chirishidan oltingugurt vodorod ajralib chiqadi. Hozirgi yuk bulib ketgan qadimgi ko’llarda kupincha qumir qatlamlari, ganch, tuz, temir rudasi qatlamlari, ko’l buri, ba'zan usimlik va hayvon koldiqlari uchraydiki, bular ko’l yoshini va ko’l xayoti tarixini aniqlashga yordam beradi.
Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling