Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
Ko’l va botqoqliklar yotqiziqlarining umumiy geologiyasi
Download 153.5 Kb.
|
Ko'l va botqoqliklar yotqiziqlari
3. Ko’l va botqoqliklar yotqiziqlarining umumiy geologiyasi
Ko‘llarning ishi dengiz suv havzalarining faoliyatiga juda o‘xshash, ammo ulardan asosan ko‘lami bilan farq qiladi. U sohilni va tubining sohilbo‘yi qismini emiradi, emirilgan materiallarni saralaydi va havzaning ichki qismiga tashib yotqizadi.Ko‘llarning emiruvchi geologik ishi (ko‘l abraziyasi) asosan sohilbo‘yi qismida urinma to‘lqinlar ta’sirida sodir bo‘ladi. To‘lqinlar ta’sirida sohil emiriladi va asta sekin chekinadi Yemirilish jadalligi suv havzasining kattaligiga bog‘liq. Kichik ko‘llarda abraziya minimal bo‘ladi. Ko‘llarning emiruvchi jarayonlari sun’iy suv havzalarida batafsil o‘rganilgan. Ba’zi ko‘llarda 5 yil davomida sohil 50 m ga chekingan.Ko‘lning sohilni emiruvchi faoliyati natijasida hamda daryolar, soylar va shamollar keltirgan barcha materiallar to‘lqinlar va suvosti oqimlaritomonidan butun suv havzasiga tarqatiladi va uning tubida yotqiziladi. Tashilish mexanik shaklda ham, chin va kolloid eritmalar qabilida kimyoviy shaklda ham amalga oshiriladi.Cho‘kindi to‘plash (akkumulatsiya) faoliyati ko‘llarning geologik ishida muhim o‘rin tutadi.Ko‘llarda cho‘kindilarning barcha genetik: terrigen, organogen va xe4mogenturlari hosil bo‘ladi. Cho‘kindilarining u-yoki bu tipining ustuvorligi iqlim sharoitlariga, relefga, ko‘llarning oqar-oqmasligiga va sho‘rligiga bog‘liq. Ko‘l yotqiziqlari nisbatan tinch gidrodinamik rejimda hosil bo‘lganligi tufayli gorizontal qat-qatlikka ega bo‘ladi.Nam iqlimli hududlarda joylashgan chuchuk oqar ko‘llar uchun terrigen (bo‘lakli) cho‘kindilar xarakterli bo‘ladi. Bunga quruqlikni o‘rab turgan tog‘larning parchalangan relefi sababchi bo‘ladi.Terrigen yotqiziqlar illardan, qumlardan, ba’zan graviy va g‘o‘laklardan iborat bo‘ladi. Yirik ko‘llar yotqizqlarining taqsimlanish ida dengizlardagi kabi muayyan zonallik kuzatiladi. Qoyali sohillar bo‘yida, daryo va soy deltalarida dag‘alroq qum- graviy-g‘o‘lakli material to‘planadi. Suv havzasining ichki qismiga mayda alevritli va gilli zarralar olib ketilib, bu yerda illi yotqiziqlar hosil bo‘ladi. Kichik ko‘llarda illi cho‘kindilar bevosita sohil yaqinida boshlanadi.Ko‘llarning yupqa gorizontal qat-qatlilikka ega bo‘lgan qum-gilli cho‘kindilari tasmali gillar deyiladi. Ulardagi oqish tusli qumli qatlamchalar mo‘‘tadil va sovuq iqlimda bahor-yoz fasllarida to‘planadi. Bu davrda yomg‘irlar yog‘ishi va qorlarning yoppasiga erishi tufayli ko‘llarga ko‘p miqdorda bo‘lakli material tashib keltiriladi. Qish oylari mualloq holdagi juda mayda gil zarralaridan qora rangli gil qatlamchalari hosil bo‘ladi. SHunday qilib, qatlamchalarning har bir jufti cho‘kindi to‘planishning yillik sikliga to‘g‘ri keladi. Nisbatan sayoz ko‘llarning tinch gidrodinamik sharoitlari boy organik dunyoning rivojlanishiga va, demak, organogen yotqiziqlarning shakllanishiga imkon beradi. Tirik organizmlari asosan oliy (osoka, trostnik, qamish va b.) va tuban (ko‘kyashil va diatomli suvo‘tlari) o‘simliklardan tarkib topgan. Ularning orasida cho‘kindi to‘planish jarayonlari uchun muhim bo‘lgan ikkitavaqali mollyuskalar va gastropodalarni ko‘rsatish mumkin. Organogen cho‘kindilar gumid iqlimli hududlardagi chuchuk va sho‘rlashgan ko‘llarida eng keng rivojlangan. Ularga sapropellar, diatomitlar va chig‘anoqli ohaktoshlar kiradi. Sapropel (yunoncha «sapros» - chirigan, «peles» - loyqa) anaerob sharoitlarda (kislorodsiz) juda mayda o‘simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday organizmlar orasida ko‘kyashil suvo‘tlari etakchi ahamiyatga ega. Bu jarayonlarda bakteriyalar katta rol o‘ynaydi. Sapropelli cho‘kindilar to‘planishi davomida ular zichlashib boradi, suvsizlanadi va oqibatda sapropelit deb ataluvchi qo‘ng‘ir ko‘mir turiga aylanadi. Sapropellar ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan va sayoz suv havzalarida hosil bo‘ladi. Yirik va chuqur ko‘llarda esa sapropel gilli cho‘kindilar bilan aralashib ketib, yonuvchi slanetslar hosil bo‘ladi. Chuchuk suvli ko‘llarda diatom suvo‘tlarining kremniyli g‘iloflari to‘plamlaridan iborat bo‘lgan organogen balchiqli cho‘kindilar ham uchraydi. Keyinchalik ular diatomit va diatomitli trepel deb ataluvchi tog‘ jinslariga aylanib ketadi.Turli turkumdagi ko‘llarda xilma-xil xemogen cho‘kindilar ko‘p uchraydi. Ular arid iqlimli o‘lkalardagi, ko‘pincha oqmas ko‘llarda keng tarqalgan. Bu suv havzalariga xos bo‘lgan faol bug‘lanish eritmalarning tuzlarga to‘yinishiga va kimyoviy yo‘l bilan cho‘kmaga o‘tishiga olib keladi. O‘zbekiston zamini kaliy va osh tuzlariga boy, lekin sulfat tuzlari nisbatan kam tarqalgan. Ular uchta mustaqil formatsiyalarga: yuqori yura, quyi bo‘rda dengiz va neogen-to‘rtlamchi kontinental galogen formatsiyalarga ajratiladi. Yuqori yura galogen dengiz formatsiyasi O‘rta Osiyoning janubidagi katta hududni qamrab oladi. O‘zbekistonda bu formatsiya Janubiy Tojikiston cho‘kmasining Surxondaryo qismini, Xisor tizmasining janubiy-g‘arbiy etaklarini va mamlakatimizning g‘arbiy tekisliklarini o‘z ichiga oladi. Lekin tekislik hududlarida bu formatsiya faqat angidrit tarkibiga ega.Hisor tizmasining janubiy- g‘arbiy etaklarida bu formatsiya uchhadli tuzilishga ega. Tuz qatlamlarining ostida oksford ohaktoshlari yotadi. Ularning ustida avval angidritlar (qalinligi 400 m gacha), keyin osh tuzi (450 m va undan ortiq) yotqiziqlari, eng ustida qoplama angidritlar gorizonti (11 m gacha) mavjud. Bu hududda bir qancha konlar (Baybicha, Tyubegatan, Xo‘jaikon va boshqalar) tarqalgan. Baybicha koni qizg‘ish osh tuzidan iborat bo‘lib, uning zahirasi mln.tonnani tashkil etadi. Tyubegatan konida kaliy va osh tuzi yotqiziqlari rivojlangan. Bunda kaliy tuzining zahirasi 1200 mln. tonnani tashkil etadi.Xo‘jaikon konida ham osh tuzi, ham kaliy tuzi mavjud bo‘lib, u Kugitantovning sharqiy etaklarida joylashgan. Bunda konning uzunligi 2,5 km, kengligi 860 m va qalinligi 200m ni tashkil etadi.Neogen-to‘rtlamchi davr kontinental galogen formatsiyalar Farg‘ona vodiysida, quyi Amudaryo va Ustyurtda keng tarqalgan. Farg‘ona vodiysining shimoliy-g‘arbiy qismidagi galogen formatsiya gips va angidritdan iborat bo‘lib, amaliy ahamiyatga ega emas.O‘zbekistonning g‘arbiy qismidagi kontinental galogen formatsiya asosan to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida mavjud va hozirgi zamon sho‘r ko‘llarda cho‘kmaga o‘tmoqda. Bu erda osh tuzi Borsakelmas, Koraumbet va Qamisbuloq konlarida, mirabilit Tumruq konida, 5epsomit Qo‘shqanotov konida mavjud. Sohilbo‘yi zonalarida kontinentlardan tashib keltirilgan kimyoviy nurash va tuproq mahsulotlari bilan boyigan kolloid eritmalarning koagulyasiyasi tufayli temirli cho‘kindilar hosil bo‘ladi. Odatda ular konsentrik po‘choqsimon tuzilishli temir oksidlaridan tarkib topgan mayda ajratmalardan iborat. Bunday hosilalar olitli yoki loviyali temir ma’danlari deyiladi. Ba’zan ular ko‘l tubida yaxlit qatlamlarni hosil qiladi.Katta qalinlikda nurash qobiqlari rivojlanishi xarakterli bo‘lgan tropik va subtropik iqlimli mintaqalardagi ko‘llarda, temirli ma’danlardan tashqari, oolitli tuzilishga ega bo‘lgan glinozemli cho‘kindilar to‘planadi. Ular asosan alyuminiy gidroksidlaridan tarkib topgan va keyinchalik bu metalning qimmatbaho ma’daniga - boksitga aylanadi.yerosti suvlari tomonidan kalsiy karbonat keltirilishi tufayli karbonatli cho‘kindilar: ko‘l bo‘ri, mergeli, ohakli konkretsiyalarning qatlamchalari va linzalari hosil bo‘ladi.Nisbatan mayda ko‘llar odatda cho‘kindilar bilan to‘lib va o‘simliklar bilan qoplanib botqoqlikka aylanib ketadi.Ko‘llarda juda xilma-xil cho‘kindilar to‘planadi va ularning ko‘pchiligi foydali qazilma sanaladi. Bu, birinchi navbatda mineral tuzlar, soda, temir ma’danlari, boksitlar, o‘g‘it va davolash balchiqlari hamda bir qator organik birikmalar olinadigan yonuvchi slanetslar, sapropellardir. Graviy-qum-gilli yotqiziqlar mahalliy qurulish materiallari sifatida foydalaniladi.Botqoqlik yotqiziqlari orasida asosan torf amaliy ahamiyatga ega. U elektrostansiyalarda yoqilg‘i sifatida, kimyo sanoatida bir qator organik birikmalar (ammiak, spirt, fenol, parafin va b.) olish uchun, qishloq xo‘jaligida esa tuproqni o‘g‘itlash, qurilishda issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qadimiy botqoqliklarda ko‘p miqdorda ko‘mir hosil bo‘lgan. Ular diagenez va metamorfizm jarayonlari tufayli torf yotqiziqlarining keyingi ko‘mirlashishi natijasida hosil bo‘lgan. Ko‘mirlashish darajasining oshib borishi bo‘yicha ko‘mirning quyidagi hosil bo‘ladi: qo‘ng‘ir ko‘mir (67-78 % uglerod) toshko‘mir (75-97 %) - antratsit (92-97 %). Torfdan kelib chiqqan barcha ko‘mirlar gumusli va sapropelitdan hosil bo‘lganlari esa sapropelli ko‘mir deyiladi.Qadimiy dengizbo‘yi tekisliklari botqoqliklari sharoitlarida shakllangan ko‘mirli havzalar paralik (yunoncha «paralios» - sohilbo‘yi), kontinentlar ichidagilari esalimnik havzalar deyiladi. Torf yotqizig‘i.Geologik tarixda ko‘mir hosil bo‘lish quruqlik o‘simliklari rivojlana boshlagan devon davridan boshlab kuzatiladi. Eng faol ko‘mir to‘planish karbon, perm, yura va paleogen davrlariga to‘g‘ri keladi. HULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ushbu kurs ishi mobaynida menga berilgan mavzu asosida ko’l va botqoqliklar yotqiziqlari kurs ishi tayyorladim tayyorlash jarayonida juda ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim va kerakli ma’lumotlarni oldim.Ko’l yotqiziqlari xilma-xil buladi. Bu yotqiziqlar ko’lning chuqurligiga, joylashgan urniga, atrofidagi jinslarga va iqlim sharoitiga bog‘liqdir. Chu1 va dashtdagi ko’l yotqiziqlari nam iqlimli ulkalardagi yotqiziqlardan farq qiladi. Mutadil iqlimi ulkalardagi katta ko’llarning yotqiziqlari ichki dengizlardagi yotqiziqqa o 'xshaydi. Ko’lning shag‘al, qum kupchilikni tashkil etgan qirg‘oq qismida tulqinlar ryabi va chig‘anoq tuplamlarining izlari saqlanib qoladi. Havzaning markaziga borgan sari, ayrim vaqtlarda qirg‘oqning xuddi uzidan, il va gil chukindilari tuplana boradi, ayrim vaqtlarda ular organogen yoki kimyoviy yotqiziqlar bilan almashinadilar.Chukindilarning asosiy qismini ko’lning atrofidagi hududda hukmron bulgan jinslar tashkil etadi: morenalar kup tarqalgan hududlarda -qumoqlar, zandra qumlari va boshqalar hukmrondir. Ko’llarda mahalliy sharoitga qarab, kim yoviy va organogen chukindilar tuplana boradi. Botqoqliklarning geologik ishi asosan cho‘kindi to‘planish jarayonlari bilan belgilanadi. Bu erda organogen va kamroq kimyoviy cho‘kindilar to‘planadi. Terrigen cho‘kindilar deyarli uchramaydi.Organogen yotqiziqlar orasida torf juda muhim hisoblanadi. Uning hosil bo‘lishi uchun birlamchi material bo‘lib turli botqoqlik o‘simliklari,moxlar,o‘tlar,butalar va daraxtlarning qoldiqlari hisoblanadi. Bunda uglerod,vodorod,kislorod va azotdan tarkib topgan o‘simliklarning kletchatkalari muhim ahamiyatga ega. Yetarli miqdorda organik qoldiqlar to‘planishi natijasida botqoqliklarga havo kislorodining kirib borishi chegaralangan bo‘ladi. Shuning uchun ham organik massaning keyingi o‘zgarishlari kislorod kam yoki umuman bo‘lmagan O‘zbekistonning g‘arbiy qismidagi kontinental galogen formatsiya asosan to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida mavjud va hozirgi zamon sho‘r ko‘llarda cho‘kmaga o‘tmoqda. Bu erda osh tuzi Borsakelmas, Koraumbet va Qamisbuloq konlarida, mirabilit Tumruq konida, epsomit Qo‘shqanotov konida mavjud. Sohilbo‘yi zonalarida kontinentlardan tashib keltirilgan kimyoviy nurash va tuproq mahsulotlari bilan boyigan kolloid eritmalarning koagulyasiyasi tufayli temirli cho‘kindilar hosil bo‘ladi. Odatda ular konsentrik po‘choqsimon tuzilishli temir oksidlaridan tarkib topgan mayda ajratmalardan iborat. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling