Gidroksihosilalar. Spirtlar. Fenollar. Gomologik qatori, nomlanishi olinish usullari. Tuzilishi, izomeriyasi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oddiy efirlar. Ishlatilishi


Download 234.52 Kb.
bet4/7
Sana08.05.2023
Hajmi234.52 Kb.
#1444057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gidroksihosilalar

Ximiyaviy xossalari. Spirtlarning kislotali xossalari. Spirtlar neytiral moddalar bo`lib, yaqqol ifodalangan kislota va asos xossalariga ega emas. Spirtlar va ularning suvdagi eritmalari elektr tokini sezilarli darajada o`tkazmaydi, indikatorlarga deyarli ta'sir qilmaydi. Lekin spirtlar ma'lum darajada amfoter xossalarini namoyon qiladi. Yuqorida ko`rsatilganidek, spirtlar kuchli kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda kislotaning protonini biriktirib protonlangan spirt yoki alkiloksoniy ionini hosil qiladi

Bu reaksiyada spirt protonni biriktirib olganligi uchun asos xossalarini namoyon qiladi. Endi spirtlarning kislotali xossalari namoyon bo`ladigan ayrim reaksiyalarni ko`rib chiqamiz.
Spirtlarga ishqoriy metallar ta'sir ettirilganda vodorod ajralib chiqib, alkogolyatlar hosil bo`ladi:
2R—OH+2Na  2RO~Na++Hs t
Metil spirtdan hosil bo`ladigan alkogolyatlar- metilatlar, etil spirtdan hosil bo`ladigan alkogolyatlar etilatlar, n-propil spirtdan hosil bo`ladiganlari n-propilatlar va h. k. deb aytiladi. Alkogolyatlar alkoksidlar deb ham yuritiladi.
Spirtlarga galogenid kislotalarning ta'siri. Reaksiya quyidagi umumiy tenglama bilan boradi:
R—OH+HHalR—На1+Н2О
Reaksiya qaytar bo`lganidan uni amalga oshirish uchun spirtga to`yinguncha quruq vodorodgalogenidlar yuboriladi yoki spirtgalogenid kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan qizdiriladi. Ba'zan vodorod bromid o`rniga uning tuzi (NaBr, KBr) bilan konsentrlangan sul'fat kislota olinadi. (ajralib chiqayotgan HBr aktiv ta'sir qiladi):
КBr + H2 SO4 KHSO4 + HBr
ROH+HBr  R-Br+H2O
Spirtning tuzilishi va galogenid kislotalardagi galogenlarning tabiatiga qarab, reaksiya tezlngi turlicha bo`ladi. Galogenid kislotalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati quyidagi tartibda kamayadi:
HI>НВг>НС1
Gidroksilning xlorga almashinishi, ayniqsa, birlamchi va ikkilamchi spirtlarda, ko`pincha suvni tortib oluvchi moddalar (ZnCl2, Na2SO4, CaCl2, H2SO4) ishtirokida olib boriladi. Reaksiyaga kirishish qobiliyati kichik bo`lgan HCI birlamchi ikkilamchi spirtlar bilan faqat ZnC12 ishtirokida qizdirilganda reaksiyaga kirishishi mumkin. Uchlamchi spirtlarda OH gruppa galogenlarga eng oson, ikkilamchilarda qiyinroq, birlamchilarda esa eng qiyin almashinadi.

Download 234.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling