Degitratlanish reaksiyalari. Ikki molekula spirtni konsentirlangan sul'fat kislota ishtirokida qizdirilsa bir molekula suv ajralib chiqishi hisobiga oddiy efir hosil bo`ladi:
1400С Н2SO4
С2Н5ОН + С2Н5ОН ------------- С2Н5О С2Н5 + Н2О
Radikaldagi vodorod atomi, shu molekulalarning gidroksil guruxi bilan suv hosil qilishi hisobiga to`yinmagan uglevodorodlar hosil bo`ladi.
1800С Н2SO4
СН3 – СН2 – ОН --------- СН2 СН2
Degidrogenlash. Spirt bug`larine yuqori temperaturada (250-300 0C) Pt, temir yoki rux kukunlari ustidan o`tkazilsa, vodorod molekulasini ajratib chiqarish hisobiga birlamchi spirtlardan al'degid, ikkilamchi spirtlardan ketonlar hosil bo`ladi.
Spirtlar yuqori temperaturada alyuminiy oksid katalizator ishtirokida ammiak bilan aminlar hosil qiladi:
Al2O3 0C
С2Н5ОН +NH3 --------- С2Н5NH2 + H2O
Oksidlanish reaksiyasi. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar bir xil sharoitda oksidlansa, birlamchi spirtlardan aldegidlar, ikkilamchi spirtlardan ketonlar hosil bo`ladi, uchlamchi spirtlar esa oksidlanmaydi. Ammo uchlamchi spirtlar kuchli oksidlovchilar ta'sirida oksidlansa, uglerodlar orasidagi bog` uziladi va spirtga nisbatan kichkina molekulalar hosil bo`ladi:
Ishlatilishi. Metil spirit asosan erituvchi sifatida lak va bo`yoq moddalar tayyorlashda, formal'degid olishda va har xil organic moddalar sintez qilishda xomashyo hisoblanadi.
Etil spirt sintetik kauchuk va bo`yoq moddalar ishlab chiqarishda, farmatsevtika sanoatida, dietilefir, etilxloridlarni olishda va parfumeriya sanoatida ko`p miqdorda ishlatiladi.
Oddiy efirlar
Umumiy formulasi R - O - R` bo`lgan kislorod saqlovchi organic birikmalarga oddiy efirlar deyiladi.
Sistematik nomenklatura bo`yicha oddiy efirlarning nomi kata radikalni to`yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi oldiga ikkinchi kichkina radikalni (R – O alka oksigurux) nomi q`oshiladi.
CH3 - O - C2H5 metoksietan, metiletil efir
C2H5 - O - C2H5 etoksietan, dietil efir
C2H5 - O - C4H5 etoksibutan, etil butil efir
Efirlarda radikal izomeriyadan tashqari metamer izomeriya ham bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |