Kationlararo gidrolizlanish.Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlar kationlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi kationlar suvning OH- ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan birikmalar hosil qiladi, natijada eritmadagi OH- ionlarining konsentrasiyasi kamayib, H+ ionlarining konsentrasiyasi ortadi. Vodorod ionlarining konsentrasiyasi ortganligi uchun eritma kislotali muhitga ega bo`ladi. Masalan:
NH4CI +H2O NH4OH + HCI
ionli ko`rinishda:
NH4+ + CI- + H2O NH4OH + H+ + CI-
NH4+ + H2O NH4OH + H+
PH < 7
Kuchli kislota va ko`p gidroksidli kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi bosqichli bo`lib, oddiy sharoitda faqat birinchi bosqichi yaxshi boradi va bunda asosli tuz hosil bo`ladi. Masalan
I bosqich
2CuSO4 + 2H2O (CuOH)2 SO4 +H2SO4
Cu2+ +H2O CuOH+ + H+ (PH < 7)
II bosqich
(CuOH)2SO4 + 2H2O Cu(OH)2 + H2SO4
CuOH+ +H2O Cu(OH)2 + 2H+ (PH < 7)
Anionlaaro gidrolizlanish.Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlar anionlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi kuchsiz kislota anionlari suvning H+ ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan birikmalar hosil qiladi,natijada eritmadagi H+ ionlarining konsentrasiyasi kamayib,OH-ionlarining konsentrasiyasi ortadi. Gidroksid ion-larining konsentrasiyasi ortgani uchun eritma ishqoriy muhitga ega bo`ladi, masalan:
CH3 COONa + H2O CH3COOH +NaOH
CH COO- + H2O CH3COOH + OH- (PH>7)
Kuchli asos va ko`p negizli kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi qam bosqichli sodir bo`lib, oddiy sharoitda faqat birinchi bosqichda yaxshi boradi.va bunda nordon tuz hosil bo`ladi, masalan:
. K2CO3 +H2O KHCO3 + KOH
CO32- +H2O HCO-3 + OH- (pH>7)
KHCO3 + H2O H2CO3 +KOH
HCO3- +H2O H2CO3 +OH- (PH>7)
Do'stlaringiz bilan baham: |