Gidroliz va amfoterlikning analizdagi ahamiyati


Download 73.57 Kb.
bet1/11
Sana09.06.2023
Hajmi73.57 Kb.
#1472760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GIDROLIZ VA AMFOTERLIKNING ANALIZDAGI AHAMIYATI



GIDROLIZ VA AMFOTERLIKNING ANALIZDAGI AHAMIYATI
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I bob. Tuzlar gidrolizi haqida tushuncha………………………………………...6
1.1. Gidrolizning ahamiyati………………………………………………………...6
1.2. Tuzlar gidrolizining turlari……………………………………………….…...13
II bob. Kuchsiz kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz……………...17
2.1. Kimyoviy tuzlar va gidroliz hodisasi……………………………………..….17
2.2. Tuzlar gidrolizining mohiyati……………………………………………..….26
2.3. Labaratoriya…………………………….…………………………………..33
Xulosa…………………………………………………………………………….37
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...38

Kirish.
Keng ma’noda olganda gidrolizlanish bu turli moddalar va suv orasida sodir bo’ladigan almashinib parchalanadigan reaksiyadir. Bunday ta’rif organik birikmalarning murakkab - efirlari yog’lar uglevodlar oqsillarning gidrolizlanishiga va noorganik moddalar-tuzlar, karbidlar, galogenlar, metalmaslarning galogenidlari va boshqalarning gidrolizlanishiga ham taaluqlidir.
Umuman, biror moddaga suv ta’sir ettirilganda, shu moddaning tarkibiy qismlari suvning tarkibiy qismlari bilan birikishiga olib boradigan har qanday reaksiya gidroliz deb ataladi. Agar erituvchi suvdan boshqa modda (spirt, benzol, atseton, ammiak…) bo’lsa,bunday reaksiyalar solvoliz deyiladi.
Gidroliz so’zi yunoncha “gidro-suv, “lizis-parchalayman degan ma’noni bildiradi.
Gidroliz reaksiyalarini quydagicha umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
Kat An +H2O↔Kat OH+H An
Tuz+suv↔asos+kislota
Tenglamadan ko’rinib turibdiki, tuz suvda eriganda u suv molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, yomon dissotsialanuvchi modda hosil qiladi,ya’ni gidroliz reaksiyasi natijasida eritmadagi [OH-] va [H+] ionlarning miqdori keskin o’zgaradi.Aniqrog’i gidroliz natijasida eritmaning pH I o’zgaradi va bu o’zgarish harqanday tuz gidrolizinin gmexanizmi tushunishda, gidroliz tenglamasini tuzishda gidroliz reksiyalaridan amaliyotda foydalanishda asosiy ko’rsatgich hisoblanadi.
Masalan: Fosfor(III)xlorid PCl3suv bilan o’zaro ta’rir etib, fosfit kislota H3PO3 bilan xlorid kislotani hosil qiladi:
PCl3 + 3H2O = P(OH)3 + 3HCl

Ma’lumki, kislotalarni asoslar bilan neytrallab, tuzlar hosil qilish mumkin. Demak, normal tuzlarning, kislota molekulasidagi hamma vodorod atomlarining metallga butunlay almashinishidan hosil bo’lgan tuzlarning eritmalari neytral reaksiyaga ega bo’lishi kerak, deb o’ylash tabiiydir. Biroq bu fikr, kuchli kislota bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar to’g’risidagina o’rinli bo’la oladi. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan yoki buning aksicha, kuchli kislota bilan kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan tuzlar suvda eriganda, neytral reaksiya bera olmaydi. Masalan: temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasi, bizga ma’lumki, vodorod ionlari (gidroksoniy ionlari) borligini ko’rsatuvchi kislotali reasiyani nomoyon qiladi; natriy gipoxlorid NaClO eritmasi gidroksil ionlariga xos bo’lgan ishqoriy reaksiyaga ega; kaliy sianid KCN ( kuchsiz sianid kislota HCN tuzi ) eritmasi ham ishqoriy reaksiya beradi va hokazo.


Bu hodisalarga eritilgan tuz ionlari bilan suv ionlarining o’zaro ta’sir qilishi sabab bo’ladi deb tushuntirish mumkin, ularning o’zaro ta’siri natijasida ortiqcha vodorod va gidroksil ionlari hosil bo’ladi. Suvda vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyasi juda kam bo’lsa ham, bu ionlar suvning dissosilanmagan bir talay molekulalari bilan muvozanatda turadi. Suv ionlaridan birortasining tuz ionlari bilan bog’lanishi muvozanatni buzib, suvning boshqa molekulalarini dissosialanishiga va eritmada suvning boshqa ioni xiyla ko’p to’planishiga sabab bo’ladi, buning natijasida, eritma kislotali yoki ishqoriy reaksiyaga ega bo’lib qoladi.
Tuz ionlari bilan suv ionlari orasida bo’ladigan va odatda suvdagi vodorod va gidroksil ionlari konsentratsiyasining o’zgarishi bilan birga boradigan o’zaro ta’sir tuzlar gidrolizi deb ataladi.
Gidrolizning asosiy sababi, kam dissosialangan moddalar ( molekula yoki ionlar) hosil bo’lishidir.

Suvning dissotsiyalanishi. Dissotsiyalanish konstantasi. Ion kupaytmasi. Bufer eritmalar haqida tushuncha. Tuzlar gidrolizi. Tuzlarning kationi va anioni boyicha gidrolizlanishi. Gidroliz mexanizmi. Gidroliz darajasi. Gidroliz konstantasi.


Kimyo fanida qo’llaniladigan ko’pchilik reaktsiyalar., suvdagi eritmalarda boradi. Suv kuchsiz elektrolit bo’lsada juda oz darajada bo’lsa ham quyidagi tenglamaga ko’ra ionlanadi.
Suvning ionlanishi darajasi juda kichik 25 1 l suvning 1: 10000000 yoki 10 moligina ionlarga ajraladi [H+]=[OH-]=10-7 mon/l 250 .
Demak toza suvdagi kontsentratsiya

Suv ionlanmagan molekulalar xolida bo’lgani uchun ionlanish darajasining har qanday uzgarishi ham suv molekulalarining konstantasiga juda kam ta‘sir etadi. Shuning uchun suvning miqdorini amalda o’zgarmas deb hisoblash mumkin. Shu bilan birga K muvning mikdori ham o’zgarmasdir.
Shunday qilib [N2] = [ON]KN2O 25S da toza suvda [N+] = [ON-]=10-7 demak shu temperaturada KH2O=10-7 10-7 =10 H+ ionlarining kontsentratsiyasi o’rnida bu qiymatning manfiy lagorifimidan foydalanish qulay
RN=1g[N] PH =- lg [H+]


Download 73.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling