Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 164.32 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2020
Hajmi164.32 Kb.
#105753
  1   2
Bog'liq
2 5316539638314174140



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI

KIMYO YO‘NALISHI

2-KURS 018-66-GURUH TALABASI

IBODOVA NAFOSATXONNING

ANALITIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: KOMPLEKSONOMETRIYAGA ASOSLANGAN TITRIMETRIK ANALIZ.

Topshirdi: Ibodova N.
Qabul qildi: Shodiyev G’.

Qarshi-2020

MUNDARIJA:


I.KIRISH.

1.1.Kompleks birikmalarning hosil bo‘lish reaksiyalari va ularning analizdagi ahamiyati.

1.2.Hozirgi vaqtda rivojlanib borayotgan kompleksometrik titrlash usullari.
II. ASOSIY QISM.

2.1.Merkurimetriya

2.2.Kompleksonometriya (Xelotometriya)

2.3.Ishchi eritmalar

2.4.Titrlash egri chiziqlari

2.5.Indikatorlar

2.6.Amalda qo’llanilishi

2.7.Usulni umumiy baholanishi


III. XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.1.Kompleks hosil qilish reaksiyalari.

Kompleks birikmaning hosil bо‘lishiga asoslangan metodlar eng qadimgi metodlardan hisoblanadi. Masalan, iodid ionlarini simob tuzlari bilan titrlash 1834-yilda bajarilgan bo'lib, quyidagi reaksiyalarga asoslangan:


Hg(NO3)2 + 4KI → K2[HgJ4] + 2KNO3
1851-yilda Libix CN- ionlarini Ag+ ioni bilan titrlashni taklif qiladi:

2CN- + Ag+ → Ag(CN)2-

Titrlashning oxirgi nuqtasida AgCN chо‘kmasini hosil bо‘lib, eritma loyqalanadi.

Ag(CN)2- + Ag+ → 2AgCN↓

Bu metodlar hozir deyarli qo’llanilmaydi.

Titrlashning merkurometrik metodi amalda keng qо‘llaniladi. Bu metod bilan CI-, Br-, SCN-, CN- ionlarining miqdorini standart Hg(NO3)2eritmasi bilan titrlab aniqlash mumkin. Indikator sifatida nitroprussid Na2[Fe(CN)5NO] qо‘llaniladi. Ekvivalent nuqtada ortiqcha simob (II) ionlari bilan qiyin eriydigan oq chо‘kma - Hg[Fe(CN)5] NO hosil qiladi.

Merkurometrik titrlashda indikator sifatida difenilkarbazon ishlatiladi. Difenilkarbazon simob (II)ionlari bilan tо‘q kо‘k rang hosil qiladi.

Kompleksonlarning analizda qо‘llanishi

Tarkibida karboksil guruhi tutgan ba’zi bir uchlamchi aminlar, kо‘pchilik metall ionlar bilan juda ham turg‘un kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunday birikmalar kompleksonlar deb ataladi.

1945-yilda Gerold Shvarsenbax bu birikmalardan titrant sifatida foydalanishni taklif etgan. Hozirgi vaqtda kompleksonlarning juda kо‘p xillari sintez qilingan. Eng oddiylari iminodisirka kislotasi HN(CH2SOOH)2, nitrilouchatsetat NOOS- SN2 - N(CH2SOOH)2, etilendiamintetraatsetat kislotasi (EDTA) (NOOS-SN2)2 N-CH2-CH2-N(CH2COOH)2 va hokazo.

Kompleks birikmalar va kompleks hosil bo’lishining analizda ishlatilishi turli- tumandir.



1.Kompleks birikmalar kam eruvchan moddalarni cho’ktirish maqsadida ishlatiladi.

2.Kompleks birikmalardan ionlarni niqoblashda foydalaniladi. Masalan, agar analizga Fe(III) ioni xalaqit bersa uni [Fe(PO4)2]3 va [FeF6]3-, [Fe(C2O4)3]3- shaklida niqoblash mumkin.

3.Komplekslar hosil bo’lishidan kam eruvchan moddalarnia eritmaga o’tkazish uchun foydalaniladi. Masalan , xlorid, bromid va yodid anionlari aralashmasi analiz qilinganda, ularning kumush bilan hosil qilgan kumush xlorid (oq), kumushbromid (och sarg’ish), kumush yodid (sarg’ish) cho’kmalari olinadi

4. Komplekslar hosil bo’lishidan birikmalarning kislota – asos xossalarini o’zgartirish uchun foydalanish mumkin. Masalan, borat kislotaning suvli eritmasiga glitserin yoki mannit qo’shilsa, glitserin yoki mannitborat kislota hosil bo’lib, proton va borat orasidagi bog’lanish susayadi. Natijada, kislotaning kuchi ortadi.

5. Komplekslar hosil bo’lishi moddalarning oksidlanish – qaytarilish potensiallarining o’zgarishiga olib keladi. Bundan bu reaksiyalarning yo’nalishini boshqarishda foydalanish mumkin. Masalan, temir (II) ionini yod yordamida oksidlab bo’lmaydi.

Shuni aytish kerakki,ayrim hollarda komplekslarning hosil bo’lishi analizga halaqit berishi mumkin. Masalan, OH- ioni bilan cho’ktiruvchi ko’pgina kationlar ayrim organik birikmalar (vino, olma, limon kislotalari, glitserin va b.) ishtiirokida cho’kmaydi, chunki bu moddalar ko’plab ionlar bilan mustahkam komplekslar hosil qiladi. Shu sababli analizni boshlashdan oldin xalaqit beruvchi kompleks hosil qiluvchilar eritmadan yo’qotiladi.

EDTA tо‘rt asosli kuchsiz kislota bо‘lib, uning bosqich bо‘yicha ionlanish konstantalari quyidagi qiymatlarga ega: rK1= 2,0; rK2=2,67; rK3=6,16; rK4=10,26. Eritmaning kislotaligiga qarab ligand ham kо‘p yoki kam proton berib H6Y+2, H5Y+, H4Y, H3Y-, HY-2, HY-3, Y-4 bо‘lishi mumkin. Bu kompleksonlar ichida titrant sifatida EDTA va uning 2 ta vodorodi о‘rniga natriy ioni almashgan tuzi Na2H2Y•2H2O keng qо‘llaniladi.

Bu reagent komplekson III, trilon B, xelaton deb ham ataladi. Kislotaning о‘zi suvda kam erigani uchun, uning natriyli tuzidan foydalaniladi.

Komplekson III kо‘p metallarning kationi bilan juda barqaror komplekslar hosil qiladi. Ularning eng afzalligi shundaki, barcha metallar bilan 1:1 nisbatda komplekslar beradi:

Me+2 + H2Y-2 → MeY-2 + 2H+

Me+3 + H2Y-2 → MeY- + 2H+

Me+4 + H2Y2- → MeY + 2H+

EDTA birinchi marta analizda qо‘llanilganda:

Me+2 + H2Y-2 → MeY2- + 2H+

reaksiyasiga asoslanib bо‘lib, ajralib chiqqan vodorod ionlarini standart ishqor eritmasi bilan titrlab metallarning miqdori aniqlangan.

Keyingi vaqtlarda metalloxrom deb nomlangan maxsus indikatorlar bilan titrlash taklif qilinadi.


Download 164.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling