Gidrologiya va gidrogeologiya
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
0CmB8agX5K903OS4l0ScL32etcE3m4aZPG62IgtL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqilishni tashkil etish shakli va mazmuni
1. Asosiy qism
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari. Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi yuqorida qayd etilgan yo`nalishlar bo`yicha ta’lim olayotgan talabalarning fanni o`rganishda olingan bilimni qo`shimcha mustaqil ishlarga kiritilgan mavzular bilan mustahkamlash. Bunga erishish uchun talaba o`qituvchi bergan mavzuni tavsiya etilgan adabiyotdan mustaqil o`rganadi, konspekt daftarida topshiriqlarga yozma javob yozadi va referat tayyorlaydi. Buning natijasida talabada adabiyot bilan ishlash malakasi oshadi va mustaqil fikrlash ko`nikmasi hosil bo`ladi. Maqsaddan kelib chiqqan holda uning vazifasi quyidagilardan iborat: - fan dasturi bo`yicha to`liq tasavvurga ega bo`lish; -yangi va darslarda olinmagan, berilmagan bilimlarni va ko`nikmalarni mustaqil o`rganish va o`zlashtirish; -ilmiy-uslubiy, internet ma’lumotlarini izlab topish va ishlatish, tahlillash metodikasini o`zlashtirish; -ilmiy adabiyot va internetdan olingan ma’lumotlar bilan ishlash, ularni izlab topish; -olingan ma’lumotlardan samarali foydalanish; -to`plangan ma’lumotlarga asoslanib, ratsional yechimlarni belgilash; -ishlab chiqilgan yyechim va loyihalarni asoslash va himoya qilish va boshqalar kiradi. Mustaqilishni tashkil etish shakli va mazmuni Mustaqil ish har bir talaba tomonidan topshiriqlarga konspekt daftarida yozma javob yozish va referat shaklida mustaqil ravishda tayyorlanadi. Adabiyotlardan foydalanishda nafaqat namunaviy va ishchi dasturlarda ko`rsatiladigan adabiyotlardan, balki talaba tashqi qo`shimcha adabiyotlardan ham foydalaniladi.Mustaqil ish mavzu, ta’lim rejasi, asosiy matn va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.Mustaqil ish tayyor bo`lganidan so`ng, uni ma’lum 5 bir tartibga keltiriladi va o`qituvchi bilan savol-javob qilinadi va ta’lim mazmunini oydinlashtiruvchi savollariga javob berilganidan so`ng reyting nizomiga asosan ballar bilan baholanadi.Mustaqil ishlar avvalo ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tanlash va to`plashdan boshlanadi.Tanlash, to`plash va tahlil uchun talaba mavzu bo`yicha ma’ruza eshitganidan so`ng, ma’lumotlar esa internet va boshqa ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olinganidan so`ng boshlanadi. Tahlil asosida olingan ma’lumotlar referat ko`rinishiga keltiriladi va baholash mezonlari esa o`qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Xususan “Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash” fanidan talaba mustaqil ishini baholash ikki qismdan iborat bo`ladi. 1-qismda mavzu bo`yicha tayyorlangan referatning to`g`ri tuzilganligi (reja, kirish, asosiy qismlari, xulosa, foydanilgan manbalar) va yoritilganligi bo`yicha baholanadi: - referatda mavzu to`liq ochilgan, to`g`ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bo`lsa, qo`shimcha adabiyot va internet ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – a’lo -mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor, qo`shimcha adabiyot va internet ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – yaxshi -mavzu mohiyati yoritilgan, faqat xulosasi bor, qo`shimcha adabiyot ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – qoniqarli 2-qismda referat mavzusi bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javoblariga ko`ra baholanadi: -talaba javoblarida xulosa va qaror qabul qilish; - ijodiy fikrlay olish; - mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini amalda qo`llay olish; - mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; - tasavvurga ega bo`lish xususiyatlariga ega bo`lsa – a’lo; - talaba javoblarida mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini amalda qo`llay olish; - mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; tasavvurga ega bo`lish xususiyatlariga ega bo`lsa – yaxshi; 6 - talaba javoblarida mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; - tasavvurga ega bo`lish xususiyatlariga ega bo`lsa – qoniqarli Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling