Gidrologiya va gidrogeologiya


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana27.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1133440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
0CmB8agX5K903OS4l0ScL32etcE3m4aZPG62IgtL

1. Asosiy qism 
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari. 
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi yuqorida qayd etilgan yo`nalishlar 
bo`yicha ta’lim olayotgan talabalarning fanni o`rganishda olingan bilimni 
qo`shimcha mustaqil ishlarga kiritilgan mavzular bilan mustahkamlash. Bunga 
erishish uchun talaba o`qituvchi bergan mavzuni tavsiya etilgan adabiyotdan 
mustaqil o`rganadi, konspekt daftarida topshiriqlarga yozma javob yozadi va 
referat tayyorlaydi. Buning natijasida talabada adabiyot bilan ishlash malakasi 
oshadi va mustaqil fikrlash ko`nikmasi hosil bo`ladi.
Maqsaddan kelib chiqqan holda uning vazifasi quyidagilardan iborat: 
- fan dasturi bo`yicha to`liq tasavvurga ega bo`lish; 
-yangi va darslarda olinmagan, berilmagan bilimlarni va
ko`nikmalarni mustaqil o`rganish va o`zlashtirish; 
-ilmiy-uslubiy, internet ma’lumotlarini izlab topish va 
ishlatish, tahlillash metodikasini o`zlashtirish; 
-ilmiy adabiyot va internetdan olingan ma’lumotlar bilan 
ishlash, ularni izlab topish; 
-olingan ma’lumotlardan samarali foydalanish; 
-to`plangan ma’lumotlarga asoslanib, ratsional yechimlarni
belgilash; 
-ishlab chiqilgan yyechim va loyihalarni asoslash va himoya 
qilish va boshqalar kiradi. 
Mustaqilishni tashkil etish shakli va mazmuni 
Mustaqil ish har bir talaba tomonidan topshiriqlarga konspekt daftarida yozma 
javob yozish va referat shaklida mustaqil ravishda tayyorlanadi. Adabiyotlardan 
foydalanishda nafaqat namunaviy va ishchi dasturlarda ko`rsatiladigan 
adabiyotlardan, 
balki 
talaba 
tashqi 
qo`shimcha 
adabiyotlardan 
ham 
foydalaniladi.Mustaqil ish mavzu, ta’lim rejasi, asosiy matn va foydalanilgan 
adabiyotlar ro`yxatidan iborat.Mustaqil ish tayyor bo`lganidan so`ng, uni ma’lum 



bir tartibga keltiriladi va o`qituvchi bilan savol-javob qilinadi va ta’lim mazmunini 
oydinlashtiruvchi savollariga javob berilganidan so`ng reyting nizomiga asosan 
ballar bilan baholanadi.Mustaqil ishlar avvalo ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tanlash 
va to`plashdan boshlanadi.Tanlash, to`plash va tahlil uchun talaba mavzu bo`yicha 
ma’ruza eshitganidan so`ng, ma’lumotlar esa internet va boshqa ilmiy-uslubiy 
adabiyotlardan olinganidan so`ng boshlanadi. 
Tahlil asosida olingan ma’lumotlar referat ko`rinishiga keltiriladi va baholash 
mezonlari esa o`qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi.
Xususan “Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash” fanidan 
talaba mustaqil ishini baholash ikki qismdan iborat bo`ladi. 
1-qismda mavzu bo`yicha tayyorlangan referatning to`g`ri tuzilganligi (reja, 
kirish, asosiy qismlari, xulosa, foydanilgan manbalar) va yoritilganligi bo`yicha 
baholanadi: 
- referatda mavzu to`liq ochilgan, to`g`ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari 
bo`lsa, qo`shimcha adabiyot va internet ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – a’lo 
-mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor, qo`shimcha adabiyot va 
internet ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – yaxshi 
-mavzu mohiyati yoritilgan, faqat xulosasi bor, qo`shimcha adabiyot 
ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – qoniqarli 
2-qismda referat mavzusi bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga 
javoblariga ko`ra baholanadi: 
-talaba javoblarida xulosa va qaror qabul qilish; - ijodiy fikrlay olish; - 
mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini amalda qo`llay olish; - 
mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; - tasavvurga ega bo`lish xususiyatlariga 
ega bo`lsa – a’lo; 
- talaba javoblarida mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini 
amalda qo`llay olish; - mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; tasavvurga ega 
bo`lish xususiyatlariga ega bo`lsa – yaxshi; 



- talaba javoblarida mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; - tasavvurga 
ega bo`lish xususiyatlariga ega bo`lsa – qoniqarli

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling